Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Ta'sir etuvchi modda(XPN):
Nistatin
Preparatning savdo nomi:
Nistatin-RG
Farmakalogik guruhi:
Zamburug‘larga qarshi vosita.
Dori shakli:
Qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Dumaloq, ikkiyoqlama qavariq, yashil tusli och sariqdan sariq ranggacha bo‘lgan, chetlari shikastlanmagan va tashqi ko‘rinishi bir xil tabletkalar.
Ko‘ndalang kesilganda ikki qavati ko‘rinadi.
Zamburug‘larga qarshi vosita.
Ichga qabul qilinganida ovqat hazm qilish yo‘llarida yomon so‘riladi (uning biokiraolishligi 3-5% dan oshmaydi).
Antibiotikning qondagi va ichki a’zolarning to‘qimalardagi terapevtik kontsentratsiyasiga yaqin fungistatik kontsentratsiyasiga, uni faqat katta dozalarda yuborilgandagina erishiladi.
Preparat gematoentsefalik to‘siq orqali o‘tmaydi va orqa miya suyuqligiga kirmaydi.
Ichga qabul qilingan antibiotikning asosiy massasi o‘zgarmagan holda ahlat bilan chiqariladi.
So‘rilgan preparat organizmdan siydik bilan chiqariladi.
Achitqisimon zambrug‘lar Candida turi (Candida albicans va boshqalar) chaqirgan kasalliklarni, shilliq qavati (og‘iz, qin va boshqalar), teri va ichki a’zolari (me’da-ichak yo‘llari, o‘pka, buyrak va boshqalar) kandidozlarini davolashda qo‘llanadi.
Antibiotiklarni (ayniqsa tetratsiklin qatori antibiotiklar, levomitsetin, neomitsin va boshqalar) uzoq qo‘llanishi oqibatida kelib chiqadigan zamburug‘li asoratlarni oldini olishda xam qo‘llanadi.
Ichga, tabletkani chaynamasdan, butunligicha yutiladi.
Kattalarga 500000 TB dozada kuniga 3-4 marta yoki 250000 TB dozada kuniga 6-8 marta buyuriladi.
Sutkalik doza 1500000-3000000 TB ni tashkil qiladi.
Og‘ir tarqalgan kandidozda sutkalik dozani 4000000-6000000 TB gacha oshirish mumkin.
13 yoshdan kattalarga -1000000 dan 1500000 TB gacha kuniga 4 marta qabul qilishga buyuriladi.
O‘rtacha davolash davomiyligi 10-14 kunni tashkil qiladi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: og‘izda achchiq ta’m, dispeptik ko‘rinishlar, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorinda og‘riq.
Allergik reaktsiyalar: tana haroratining oshishi, etni uvishishi, qichishish, teri toshmasi, shu jumladan eshakemi, kam – Stivens-Djonson sindromi.
Boshqalar: fotosensibilizatsiya, taxikardiya, bronxospazm, yuzni shishi, nospetsifik mialgiya; zamburug‘larning rezistent shakllarini tarqalish xavfi bo‘lishi mumkin, bu preparatni bekor qilishni talab qiladi.
Preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik;jigar faoliyatini buzilishi;pankreatit;me’da va o‘nikki barmoq ichak yara kasalligi;homiladorlik va emizish davri;12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Klotrimazol bilan bir vaqtda qabul qilinganida klotrimazolning zamburug‘larga qarshi faolligi pasayadi.
Poliyen qatori antibiotiklari bilan, masalan, amfoteritsin V bilan kesishgan chidamlilik kuzatiladi.
Preparat tizimli mikozlarni davolash uchun qo‘llanmaydi.
Doza o‘tkazib yuborilganida iloji boricha uni tezroq qabul qilish kerak.
Nistatin quyosh nurlariga nisbatan terining sezuvchanligini oshirishi mumkin.
Shuning uchun davolash vaqtida to‘g‘ri quyosh nurlaridan va sun’iy ultrabinafsha nurlanishidan saqlanish kerak.
Yuqori sezuvchanlik paydo bo‘lganda yoki zamburug‘larning rezistent shakllarini ko‘payish hollarida preparatni qabul qilishni to‘xtatish lozim.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Simptomlari: nojo‘ya samaralarning kuchayishi mumkin.
Davolash: preparatni bekor qilish, me’dani yuvish, simptomatik davolash.
Retsept bo‘yicha
Qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 500000 TB kontur-uyali o‘ramda.