Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Tarkibi:
faol modda: drotaverin gidroxloridi – 40 mg; yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, laktoza, tozalangan talk, magniy stearati, povidon.
Ta'sir etuvchi modda(XPN):
drotaverin gidroxloridi
Preparatning savdo nomi:
Nispazm
Farmakalogik guruhi:
Spazmolitik vosita.
Dori shakli:
tabletkalar
och-sariq rangdan sariq rangligacha bo‘lgan, dumaloq, ikki yoqlama qavariq, hidsiz tabletkalar.
Spazmolitik vosita.
A03AD02
Preparat peroral qo‘llanganida me’da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi.
Katta bo‘lmagan kontsentratsiyalarda plazma albuminlari, a- va b- globulinlari bilan bog‘lanadi.
Peroral qo‘llanganida qon zardobidagi maksimal kontsentratsiyasi 45-60 minutda qayd qilinadi.
Preparatning metabolizmi jigarda kechadi.
Biologik yarim parchalanish davri – 16-22 soatni tashkil qiladi.
72 soat ichida amalda organizmdan chiqariladi, taxminan 50% – siydik bilan, 30% – ahlat bilan.
Asosan metabolitlari ko‘rinishida chiqariladi, siydikda o‘zgarmagan holda aniqlanmaydi.
Yo‘ldosh orqali o‘tadi.
Biliar tizim kasalliklarida silliq mushaklarini spazmi (xoletsistolitiaz, xolangiolitiaz, xoletsistit, perixoletsistit, xolangit, papillit).
Siydik chiqarish tizimining silliq mushaklarini spazmi (nefrolitiaz, uretrolitiaz, piyelit, tsistit, siydik pufagi tenezmlari).
Yordamchi vosita sifatida: ovqat hazm qilish yo‘llarining silliq mushklarini spazmida (me’da va o‘n ikki barmoq ichakning yarasi, gastrit, enterit, kolit, kardial sfinkter spazmi va pilorospazm, meteorizm bilan kechuvchi, yo‘g‘on ichakning ta’sirlanish sindromi); zo‘riqishdagi bosh og‘rig‘i; ginekologik kasalliklarda (dismenoreya) qo‘llanadi.
Ichga, kattalarga 40-80 mg dan (40 mg dan 1-2 tabletka) kuniga 3 marta buyuriladi.
6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 10-20 mg bir martalik dozada buyuriladi, maksimal sutkalik doza – 120 mg; 6 dan 12 yoshgacha –20 mg, maksimal sutkalik doza – 200 mg ni tashkil qiladi.
Buyurishlar soni – sutkada 1-2 marta.
Qo‘llash davomiyligi shifokor tomonidan belgilanadi.
Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qabziyat; Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyqusizlik; Yurak – qon tomir tizimi tomonidan: yurakni tez urishi, arterial gipotenziya, aritmiya, qizib ketish hissi; Nafas tizimi tomonidan: bronxospazm, burun shilliq qavatini shishi.
Allergik dermatoz, kuchli terlash, Kvinke shishi juda kam kuzatiladi.
Qanday bo‘lmasin nojo‘ya reaktsiyalar paydo bo‘lganida shifokorga murojaat qilish lozim.
Drotaveringa yoki preparatning qanday bo‘lmasin boshqa komponentiga yuqori sezuvchanlik.
Jigar, buyraklar faoliyatini og‘ir buzilishlari va yurak yetishmovchiligi, II–III darajali atrioventrikulyar blokada, arterial gipotenziya, glaukoma, laktoza tanqisligi, galaktozemiya yoki glyukoza–galaktozani kam so‘rilish sindromi.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas.
Drotaverin gidroxloridini morfin bilan bir vaqtda qabul qilish oxirgisining spazmogen faolligini pasaytiradi, levodopa bilan – uning antiparkinsonik ta’sirini kamaytiradi, rigidlik, tremorni kuchaytiradi.
Preparat spazmolitiklarning (shu jumladan m–xolinoblokatorlarning) samarasini kuchaytiradi; tritsiklik antidepressantlar, xinidin, novokainamid tomonidan chaqirilgan arterial gipotenziyani kuchaytiradi.
Fenobarbital bilan bir vaqtda qabul qilish, drotaverinning spazmolitik ta’sirini kuchaytiradi.
Preparatni boshqa dori vositalari bilan qo‘llash zarurati bo‘lganda, shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Preparatni xomiladorlik va laktatsiya davrida, shuningdek koronar arteriyalarning yaqqol aterosklerozi, AB past bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Preparatning bevosita silliq mushaklarga ta’sir qilishi tufayli, u xolinoblokatorlar guruhi dori vositalarini qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlarida spazmolitik vositasida sifatida ishlatilishi mumkin (glaukoma, prostata bezining gipertrofiyasi va boshq).
Nojo‘ya ta’sirlar paydo bo‘lgan holatlarda preparatni bekor qilish lozim.
Agar preparat qo‘llanganidan so‘ng bemorlarda bosh aylanishi kuzatilsa, ular avtomobilni boshqarish va yuqori diqqatni talab qiluvchi ishlarni bajarish kabi potentsial xavfli mashg‘ulotlardan saqlanishlari kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin qo‘llanilmasin.
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Simptomlari: preparatning nojo‘ya ta’sirlari kuchayadi, atrioventrikulyar blokada, yurakni to‘xtab qolishi, nafas markazining falaji yuz berishi mumkin.
Davolash: qusishni chaqirish va me’dani yuvish.
Surgi vositalarni qo‘llash.
Patsiyent shifokor kuzatuvi ostida bo‘lishi kerak.
Davolash – simptomatik.
Retseptsiz
10 ta tabletkadan PVX/alyumin folga kontur uyali o‘ramda.
Kontur-uyali o‘ramlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.