Preparat qo‘llanganida davolashning birinchi haftasi davomida asosan quyidagi nojo‘ya samaralari paydo bo‘lishi mumkin: allergik reaktsiyalar: kamdan-kam xollarda-qichishish, toshma, ko‘p terlash; kam xollarda o‘ta sezuvchanlik, eritema, dermatit; juda kam xollarda – anafilaktoid reaktsiyalar, eshakemi, angionevrotik shish, ko‘p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi); me’da-ichak yo‘llari tomonidan: ko‘pinchag‘-ko‘ngil aynishi, qayt qilmoq, kamdan kam xollarda- qabziyat, meteorizm, gastrit; juda kam xollarda- qorin og‘rig‘i, dispepsiya, stomatit, qatrosifat ich kelishi, me’da yoki o‘n ikki barmoq ichakda qon ketishi, peptik yara, yarani teshilishi yoki me’da-ichak qon ketishi; juda kam xollardag‘ gepatit, molniyenos gepatit, sariqlik, xolestaz, jigar fermentlarini faolligining oshishi.
yurak-qon tomir tizimi tomonidan: kamdan-kam xollarda- arterial gipertenziya, taxikardiya, o‘zgaruvchan qon bosimi, oqib kelishlar.
markaziy nerv tizimi tomonidan: kamdan kam xollarda-bosh aylanishi, kam xollarda-qo‘rquv hissi, asabiylik, juda kam xollarda- bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, entsefalopatiya (Reye sindromi); ruhiy buzilishlar: xavotirlik xissi, daxshatli tush ko‘rishlar; ko‘rish organi tomonidan: kam xollarda-noaniq ko‘rish; siydik tizimi tomonidan: kam xollarda- dizuriya, gematuriya, siydikni tutilishi, oliguriya, kamdan-kam xollarda- buyrak yetishmovchiligi, oliguriya, interstitsial nefrit; qon yaratish tizimi tomonidan: kam xollarda-anemiya, eozinofiliya, gemarrogik sindrom, kamdan-kam xollarda- trombotsitopeniya, pantsitopeniya, trombotsitopenik purpura; nafas a’zolari tomonidan: kam xollarda-nafas siqilishi, kamdang‘kam xollarda- astma, bronxospazm, ayniqsa atsetilsalitsil kislotasi va boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan bemorlarda; umumiy bzilishlar: kam xollarda- holsizlik, asteniya, juda kam xollarda- gipotermiya.
boshqalar: giperkaliyemiya.