Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Tarkibi:
1 ml eritma 50 mg etilmetilgidroksipiridin suktsinati saqlaydi; yordamchi moddalar: natriy metabisulfiti (Ye 223), inyektsiya uchun suv.
Ta'sir etuvchi modda(XPN):
etilmetilgidroksipiridin suktsinati
Preparatning savdo nomi:
Nikomeks
Farmakalogik guruhi:
nerv tizimiga ta’sir ko‘rsatuvchi vosita.
Dori shakli:
inyektsiya uchun eritma
tiniq, rangsiz yoki biroz sarg‘ish rangli suyuqlik.
nerv tizimiga ta’sir ko‘rsatuvchi vosita.
N07XX.
Bosh miyada qon aylanishini o‘tkir buzilishi;bosh miya jarohati, bosh miya jarohati oqibatlari;distsirkulyator entsefalopatiya;neyrotsirkulyator distoniya;aterosklerotik genezli yengil kognitiv buzilishlar;nevrotik va nevrozsimon holatlarda xavotirli buzilishlar;o‘tkir miokard infarkti (birinchi sutkalarda), majmuaviy davolash tarkibida;turli darajadagi birlamchi ochiq burchakli glaukoma, majmuaviy davolash tarkibida;nevrozsimon va neyrotsirkulyator buzilishlar ustunligi bilan kechuvchi alkogolizmda abstinent sindromni bartaraf etish;antipsixotik vositalar bilan o‘tkir intoksikatsiya;qorin bo‘shlig‘idagi o‘tkir yiringli-yallig‘lanish jarayonlari (o‘tkir pankreatit, peritonit), majmuaviy davolash tarkibida qo‘llanadi.
Nikomeks mushak ichiga yoki vena ichiga (oqim bilan, tomchilab) buyuriladi.
Doza individual ravishda tanlanadi.
Infuzion yuborish usulida preparatni natriy xloridining fiziologik eritmasida (200 ml) suyultirish kerak.
Kattalarni davolash terapevtik samara kuzatilguncha doza asta-sekin oshirib, sutkada 1-3 marta 50-100 mg dozadan boshlanadi.
Nikomeks oqim bilan 5-7 minut davomida sekin, tomchilab – 1 minutda 40-60 tomchi tezlikda yuboriladi.
Maksimal sutkalik doza 800 mg dan oshmasligi kerak.
Bosh miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishlarida Nikomeks majmuaviy davolash tarkibida birinchi 2-4 kun vena ichiga oqim bilan yoki tomchilab kattalarga 200-300 mg dan sutkada 1 marta buyuriladi, so‘ngra mushak ichiga 100 mg dan sutkada 3 marta buyuriladi.
Davolash muddati 10-14 sutkani tashkil qiladi.
Bosh miya jarohatida va bosh miya jarohati oqibatilarida Nikomeks 200-500 mg dan sutkada 2-4 marta vena ichiga tomchilab yuborish orqali 10-15 kun davomida qo‘llanadi.
Dekompensatsiya bosqichidagi distsirkulyator entsefalopatiyada Nikomeksni vena ichiga oqim bilan yoki tomchilab 100 mg dan sutkada 2-3 marta 14 kun davomida buyuriladi.
So‘ngra keyingi 2 xafta davomida preparat sutkada 100 mg dan mushak ichiga yuboriladi.
Distsirkulyator entsefalopatiyani kursli profilaktikasi uchun preparat kattalarga 100 mg dan sutkada 2 marta 10-14 kun davomida mushak ichiga yuboriladi.
Keksa yoshdagi bemorlarda yengil kognitiv buzilishlarda va xavotirli holatlarda preparat 14-30 kun davomida sutkada 100-300 mg dozada mushak ichiga buyuriladi.
O‘tkir miokard infarktida majmuaviy davolash tarkibida Nikomeks nitratlar, beta-adrenoblokatorlar, angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlari, trombolitiklar, antikoagulyantlar va antiagregant vositalar, shuningdek ko‘rsatmalar bo‘yicha simptomatik davolashni o‘z ichiga oluvchi miokard infarktini an’anaviy davolash fonida 14 kun davomida vena ichiga yoki mushak ichiga yuboriladi.
Maksimal samaraga erishish uchun birinchi 5 sutkada Nikomeksni vena ichiga yuborgan afzal, keyingi 9 sutkada Nikomeksni mushak ichiga yuborish mumkin.
Nikomeksni vena ichiga yuborish 30-90 minut davomida 100-150 ml xajmdagi 0,9% li natriy xloridi eritmasida yoki 5% li dekstroza (glyukoza) eritmasida sekin (nojo‘ya samaralardan saqlanish uchun) tomchili infuziya ko‘rinishida amalga oshiriladi.
Zarurati bo‘lganida Nikomeksni kamida 5 minut davomida sekin oqim bilan yuborish mumkin.
Nikomeksni yuborish (vena ichiga yoki mushak ichiga) har 8 soatda sutkada 3 marta amalga oshiriladi.
Sutkalik terapevtik dozasi kuniga tana vazniga 6-9 mg ni, bir martalik dozasi – tana vazniga 2-3 mg/kg ni tashkil qiladi.
Maksimal sutkalik doza 800 mg, bir martalik doza – 250 mg dan oshmasligi kerak.
Turli bosqichdagi ochiq burchakli glaukomada majmuaviy davolash tarkibida Nikomeks 100-300 mg dan sutkada 1-3 marta 14 kun davomida mushak ichiga yuboriladi.
Abstinent alkogolli sindromda Nikomeks sutkada 2-3 marta 100-200 mg dozada mushak ichiga yoki 5-7 kun davomida sutkada 1-2 marta vena ichiga tomchilab yuboriladi.
Antipsixotik vositalar bilan o‘tkir intoksikatsiyada kattalarga preparat 7-14 kun davomida sutkada 50-300 mg dozada vena ichiga yuboriladi.
Qorin bo‘shlig‘ining o‘tkir yiringli-yallig‘lanish jarayonlarida (o‘tkir nekrotik pankreatit, peritonit) preparat birinchi sutkada operatsiyadan oldingi davrda ham, operatsiyadan keyingi davrda ham buyuriladi.
Dozalash kasallikning shakli va og‘irlik darajasi, jarayonni tarqalganligi, klinik kechishning variantlariga bog‘liq.
Preparatni faqat turg‘un ijobiy klinik-laborator samaradan keyingina asta-sekin bekor qilinishi kerak.
O‘tkir shishli (interstitsial) pankreatitda Nikomeks kattalarga 100 mg dan sutkada 3 marta vena ichiga (natriy xloridining izotonik eritmasida) va mushak ichiga buyuriladi.
Yengil darajali nekrotik pankreatitda: 100-200 mg kuniga 3 marta vena ichiga tomchilab (natriy xloridining izotonik eritmasida) va mushak ichiga buyuriladi.
O‘rta og‘irlik darajasi: kattalarga 200 mg dan sutka 3 marta vena ichiga tomchilab (natriy xloridining izotonik eritmasida) buyuriladi.
Og‘ir darajada kechganida: birinchi sutkada ikki marta yuborishga 800 mg puls-dozada, keyinchalik – sutkalik dozani asta-sekin kamaytirish bilan 300 mg dan sutkada 2 marta buyuriladi.
Juda og‘ir darajada kechganida: pankreatogen shok ko‘rinishlari barqaror bartaraf etilguncha sutkada 800 mg boshlang‘ich dozada, holat barqarorlashgandan keyin – 300-400 mg dan sutkada 2 marta vena ichiga tomchilab (natriy xloridining izotonik eritmasida) yuboriladi, keyinchalik sutkalik doza pasaytiriladi.
Ko‘ngil aynishi, og‘iz shilliq qavatini qurishi, allergik reaktsiyalar, uyquchanlik, uyquga ketish jarayonini buzilishi, xavotirlik hissi, emotsional reaktivlik, distal gipergidroz, bosh og‘rig‘i, koordinatsiyani buzilishi, arterial bosimni oshishi, arterial bosimni pasayishi kuzatilishi mumkin.
O‘tkir jigar yoki buyrak yetishmovchiligi, preparatga individual yuqori sezuvchanlik, bolalar, homiladorlik, emizish davrida qo‘llash mumkin emas.
Nikomeks benzodiazepin anksiolitiklar, tirishishga qarshi vositalar (karbamazepin), parkinsonga qarshi vositalar (levodopa) ning ta’sirini kuchaytiradi.
Etil spirtining toksik samaralarini kamaytiradi.
Ayrim hollarda, ayniqsa allergologik anamnezi cheklangan bemorlarda, bronxial astmasi bo‘lgan patsiyentlarda, sulfitlarga yuqori sezuvchanlikda o‘ta yuqori sezuvchanlikning og‘ir reaktsiyalari rivojlanishi mumkin.
Preparatni homiladorlik va emizish davrida qo‘llashning xavfsizligi va samaradorligi haqida ma’lumotlar yo‘q, shuning uchun Nikomeks bu davrda qo‘llanilmaydi.
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yorug‘lik ta’siridan himoyalash uchun ampulalarni tashqi o‘ramida saqlansin.
Doza oshirib yuborilganda uyquchanlik kuzatilishi mumkin.
Davolash – dezintoksikatsion davolash.
Ulashish: 5 81 Views
2 ml dan neytral yorug‘likdan himoyalangan shisha ampulalarda №10 (5x2) blisterlarda karton qutida.
5 ml dan neytral yorug‘likdan himoyalangan shisha ampulalarda №5 (5x1) blisterlarda karton qutida.
Original o‘ramdagi dori vositasining yaroqlilik muddati – 2 yil.
Ampula ochilgandan keyin yaroqlilik muddati Ampulaning ishlatilmagan ichidagisini yo‘q qilish kerak, uni keyingi qo‘llashlar uchun ishlatish mumkin emas.
Suyultirgandan keyin yaroqlilik muddati Mikrobiologik nuqtai nazardan preparatni darhol ishlatish kerak.