Nijagararetsept bilan

Tarkibi:

Plyonka qobiq bilan qoplangan bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: sildenafil tsitrat – 100 mg sildenafilga ekvivalent; yordamchi moddalar: makkjo‘xori kraxmali, mikrokristall tsellyuloza, natriy kraxmal glikolyati, laktoza, tozalangan suv, magniy stearati, kolloid kremniy dioksidi, tozalangan talk, Opadry Blue bo‘yovchisi.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

sildenafil tsitrati

Preparatning savdo nomi:

Nijagara®

Farmakalogik guruhi:

erektsiyani buzilishini davolash uchun preparatlar.

Dori shakli:

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

oval, ikki tomonlama qavariq, bir tomonida “100” gravirovkasi va boshqa tomonidan o‘yig‘i bo‘lgan, ko‘k rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

erektsiyani buzilishini davolash uchun preparatlar.

G04BE03

Sildenafil ichga qabul qilinganidan so‘ng tez so‘riladi. Mutloq biokiraolishligi o‘rtacha 40% (25-63%) ni tashkil etadi. 100 mg dozada ichga bir marta qabul qilinganidan so‘ng Smax 18 ng/ml ni tashkil etadi va och qoringa qabul qilinganida 30-120 minut davomida erishiladi. Sildenafil yog‘li ovqat bilan birga qabul qilinganida so‘rilish tezligi kamayadi; Tmax 60 minutga uzayadi, Smax esa o‘rtacha 29% ga kamayadi. Muvozanatli holatda sildenafilning Vd o‘rtacha 105 l ni tashkil etadi. Sildenafil va uning qonda aylanib yuruvchi asosiy N-desmetil metaboliti plazma oqsillari bilan taxminan 96% ga bog‘lanadi. Oqsillar bilan bog‘lanishi sildenafilning umumiy kontsentratsiyasiga bog‘liq emas. 0,0002% dan kamroq dozasi (o‘rtacha 188 ng) sildenafil ichga qabul qilinganidan so‘ng 90 minutdan keyin spermada aniqlangan. Sildenafil asosan jigarning mikrosomal izofermentlari CYP3A4 (asosiy yo‘li) va CYP2C9 ta’siri ostida metabolizmga uchraydi. Sildenafilni N-desmetilizatsiya natijasida hosil bo‘ladigan, qonda aylanib yuruvchi asosiy metaboliti navbatdagi metabolizmga uchraydi. FDE ga selektiv ta’siri bo‘yicha metaboliti sildenafil bilan bir xildir, in vitro sharoitlarda uni FDE5 ga nisbatan faolligi sildenafilning o‘zining faolligini taxminan 50% ni tashkil etadi. Plazmada metabolitining kontsentratsiyasi sildenafilning kontsentratsiyasini taxminan 40% ni tashkil etadi. N-desmetilmetaboliti keyinchalik metabolizmga uchraydi; uning terminal T1/2 taxminan 4 soatga teng. Organizmda sildenafilning umumiy klirensi soatiga 41 l ga teng, T1/2 terminal fazada – 3-5 soat. Ichga qabul qilinganidan so‘ng sildenafil asosan axlat bilan (dozasining taxminan 80%) metabolitlar holida va kamroq darajada siydik bilan (dozasining taxminan 13%) chiqariladi. Keksa yoshdagi (65 yosh va undan oshgan) patsiyentlarda sildenafilning klirensi pasaygan bo‘ladi, plazmada erkin faol metabolitining kontsentratsiyasi esa yosh patsiyentlardagi (18-45 yosh) kontsentratsiyasidan taxminan 40% ga yuqori bo‘ladi. Yengil (KK minutiga 50-80 ml) va o‘rtacha (KK minutiga 30-49 ml) darajadagi buyrak yetishmovchiligida sildenafil ichga bir marta (50 mg) qabul qilinganidan so‘ng uning farmakokinetik ko‘rsatkichlari o‘zgarmaydi. Og‘ir darajadagi (KK ≤ 30 ml/min) buyrak yetishmovchiligida sildenafilning klirensi pasayadi, bu shunday yoshdagi patsiyentlarda buyraklarni faoliyati normal bo‘lganida AUC (100%) va Cmax (88%) ni ushbu ko‘rsatkichlarga nisbatan taxminan ikki marta oshishiga olib keladi. Jigar tsirrozi (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha A va V sinflar) bo‘lgan patsiyentlarda sildenafilning klirensi pasayadi, shunday yoshdagi patsiyentlarda jigar faoliyati normal bo‘lganida AUC (84%) va Cmax (47%) ni ushbu ko‘rsatkichlarga nisbatan oshishiga olib keladi.

Nijagara preparati jinsiy olat erektsiyasini jinsiy yaqinlik samarali bo‘lishi uchun yetarli darajaga erishish yoki tutib turishga qodir bo‘lmagan erektil disfunktsiyasi bo‘lgan katta yoshdagi erkaklarda qo‘llash uchun ko‘rsatilgan.

Nijagara ichga qabul qilinadi. Ushbu preparatni qo‘llashdan oldin shifokor bilan oldindan maslahatlashish kerak. rejalashtirilayotgan jinsiy faollikdan taxminan 1 soat oldin ichga qabul qilinadi. Bir martalik dozasi 50 mg sildenafilni tashkil etadi. Samaradorligi va o‘zlashtirilishini hisobga olib, dozasi 100 mg gacha oshirilishi yoki 25 mg gacha pasaytirilishi mumkin. Bir martalik maksimal dozasi 100 mg ni tashkil etadi. Maksimal qabul qilishlar soni sutkada 1 martani tashkil etadi. 65 yoshdan oshgan keksa yoshdagi patsiyentlar uchun va buyrak yoki jigar faoliyatini yondosh buzilishlari bo‘lganida preparatning dozasi 25 mg ni tashkil etadi.

Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, qizib ketish hissi, bosh aylanishi, uyqusizlik bo‘lishi mumkin. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: dispepsiya, asteniya, diareya, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi bo‘lishi mumkin. Suyak-mushak tizimi tomonidan: artralgiya, mialgiya, mushaklar tonusini oshishi. Nafas tizimi tomonidan: burunni bitishi, faringit, rinit, sinusit, nafas yo‘llari infektsiyalari, nafasni buzilishi. Sezgi a’zolari tomonidan: ko‘rishni o‘zgarishi (yengil va o‘tkinchi; asosan jismlarning rangini o‘zgarishi, shuningdek yorug‘likni his etishni kuchayishi va ko‘rish o‘tkirligini buzilishi), kon’yunktivit. Boshqalar: grippsimon sindrom, infektsion kasalliklarni rivojlanishi, vazodilatatsiya simptomlari, belda og‘riq, toshma, siydik chiqarish yo‘llari infektsiyalari, prostata bezining faoliyatini buzilishlari; yakka hollarda – priapizm.

Preparatning faol moddasiga yoki to‘ldiruvchilaridan biron-biriga o‘ta yuqori sezuvchanlik.Azot oksidini tsiklik guanozinmonofosfati (tsGMF) bilan ma’lum o‘zaro ta’siri tufayli, sildenafil nitratlarning gipotenziv ta’sirini kuchaytiradi, shuning uchun uni azot oksidi donorlari (masalan, amilnitrit) bilan yoki nitratlarning har qanday shakli bilan birga qo‘llash mumkin emas.Erektil disfunktsiyani davolash uchun qo‘llanadigan vositalarni, shu jumladan sildenafilni jinsiy faollikni kuchaytirish mumkin bo‘lmagan odamlarda (masalan, nostabil stenokardiya yoki og‘ir darajadagi yurak yetishmovchiligi kabi og‘ir darajadagi yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan bemorlar) qo‘llash mumkin emas.Ko‘ruv nervini old noarteriit ishemik nevropatiyasi (NAION) tufayli, bir ko‘zni ko‘rishi yo‘qolgan patsiyentlarga, ushbu holat ilgari FDE5 ingibitorini ta’siriga bog‘liq yoki bog‘liq emasligidan qat’iy nazar, qo‘llash mumkin emas.Quyidagi patsiyentlarning kichik guruhlari: og‘ir daradagi jigar yetishmovchiligi, arterial gipotenziya (arterial qon bosimi < 90/50 mm sim.ust.), yaqin vaqtda kuzatilgan insult yoki miokard infarkti va to‘r pardani, pigmentli retiniti kabi nasliy degenerativ buzilishlari (ushbu patsiyentlarning kamchiligi to‘r pardani genetik buzilishiga ega) da sildenafilning havfsizligi o‘rganilmagan va shuning uchun uni qo‘llash mumkin emas.

CYP3A4 ni ingibitorlari (eritromitsin, tsimetidin) bilan bir vaqtda qo‘llanganida sildenafilning klirensi pasayadi, qon plazmasida sildenafilning kontsentratsiyasi oshadi. Indinavir, sekvinavir, ritonavir bilan bir vaqtda qo‘llanganida sildenafilning qon plazmasidagi Smax va AUC oshadi, bu indinavir, sekvinavir, ritonavir ta’sirida CYP3A4 izofermentini ingibitsiya bo‘lishi bilan ifodalanadi. Ketokonazol yoki itrakonazol kabi CYP3A4 izofermentining kuchli ingibitorlari qon plazmasida sildenafilning kontsentratsiyasini oshirishi mumkinligini kutish mumkin. Nitratlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida nitratlarning gipotenziv ta’siri kuchayadi. Simvastatin qabul qilayotgan patsiyentda sildenafilning dozasi bir marta qabul qilinganidan so‘ng rabdomiolizning simptomlarini rivojlanish hollari keltirilgan.

Sildenafilni qabul qilishni boshlashdan oldin yurak-qon tomir tizimini tekshirish kerak. Jinsiy olatni anatomik deformatsiyasi bo‘lgan patsiyentlarda (masalan, angulyatsiya, kavernoz fibroz yoki Peyron kasalligi) va priapizmni rivojlanishiga moyil kasalliklari bo‘lgan (o‘roqsimon hujayrali anemiya, ko‘pchilik miyeloma yoki leykemiya) odamlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Jinsiy faollikni kuchaytirish mumkin bo‘lmagan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas. Qon oqishiga moyilligi bo‘lgan patsiyentlarda, me’da o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligini zo‘rayish bosqichida, nasliy pigmentli retinitda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Eksperimental tekshirishlarda sildenafilning kontserogenligi yuzasidan dalillar aniqlanmagan. Mutagenligini o‘rganish bo‘yicha bakterial va in vivo sharoitidagi sinamalar manfiy bo‘lgan. Sildenafil preparatini 18 yoshgacha bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari – nojo‘ya ko‘rinishlari kuchayishi mumkin. Davolash – simptomatik. Spetsifik antidoti yo‘q.

Retsept bo‘yicha

4 tabletkadan alyumin folga va PVX blisterda. Har bir blister tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan.

3 yil.