Neotonretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Faol modda: kreatin fosfatning natriyli tuzi – 1 g.

Preparatning savdo nomi:

Neoton

Farmakalogik guruhi:

yurak kasalliklarini davolash uchun boshqa preparatlar.

Dori shakli:

infuziya uchun eritma tayyorlash uchun kukun.

oq kristall kukun.

yurak kasalliklarini davolash uchun boshqa preparatlar.

S01ЕV06

Taqsimlanishi: Vena ichiga bir martalik infuziyada preparatning qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasi 1-3 minut o‘tgach aniqlanadi. Preparatning eng ko‘p miqdori skelet mushaklarida, miokardda va miyada to‘planadi. Jigar va o‘pka to‘qimasida preparatni to‘planishi juda oz. Chiqarilishi: Tez fazadagi yarim chiqarilish davri 30-35 minutni tashkil etadi; sekin fazadagi yarim chiqarilish davri bir necha soatni tashkil etadi. Buyraklar orqali chiqariladi.

Quyidagilarni majmuaviy davolashda qo‘llanadi:o‘tkir miokard infarkti;surunkali yurak yetishmovchiligi;intraoperatsion miokard ishemiyasi;qo‘l-oyoqlarning intraoperatsion ishemiyasi;o‘tkir insult;sport tibbiyotida: jismoniy zo‘riqish sindromini rivojlanishini oldini olish va ekstremal jismoniy yuklamalarga moslashishini yaxshilash uchun qo‘llaniladi.

O‘tkir miokard infarktida: 1-chi sutkada venaga 2-4 g oqim bilan, keyingi 8-16 g ni 200 ml 5% glyukoza eritmasida infuziya usuli bilan tomchilab, 2 soat davomida yuboriladi. 2-chi sutkada 2-4 g dan v/i tomchilab sutkada 2 marta yuboriladi. Zarurati bo‘lganida preparatni 2 g dan sutkada 2 marta infuziya kursini 6 kun davomida o‘tkazish mumkin. Surunkali yurak yetishmovchiligida: 10-14 kun davomida 1-2 g dan sutkada 2 marta v/i tomchilab yuboriladi. Miokardning intraoperatsion ishemiyasida: Oddiy kardioplegik eritma tarkibida 1 l da 3 g miqdorida yuboriladi. Neoton eritma tarkibiga bevosita ishlatishdan oldin aralashtiriladi. Preparatning infuziya kurslarini 2 g dan operatsiyadan oldin 3-5 kun davomida kuniga ikki marta, shuningdek operatsiyadan  so‘ng 1-2 kun davomida o‘tkazish tavsiya etiladi. Oyoqlarning intraoperatsion ishemiyasi rivojlanishi ehtimolida: operatsiyagacha preparatning 2-4 g v/i oqim bilan, keyingi operatsiya davomida va reperfuziya davrida 8-10 g ni 5% glyukoza eritmasida infuziya qilish tavsiya etiladi,

Preparatga yuqori sezuvchanlik, arterial gipotenziya (v/i tez yuborilganida).

Preparatga yuqori sezuvchanlik.18 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Majmuaviy davolash tarkibida qo‘llanganida Neoton antiaritmik, antianginal preparatlar, shuningdek miokardning inotrop faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi preparatlarning samaradorligini oshishiga yordam beradi.

Preparatni ishemiyaning birinchi belgilari namoyon bo‘lgan vaqtdan boshlab maksimal qisqa muddatlarda yuborish lozim. Neoton yurak faoliyatining buzilishlarini shoshilinch ravishda to‘g‘rilash uchun qo‘llash mumkin emas. Homiladorlik va laktatsiya davri Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni xavfsizligi va samaradorligi haqida ma’lumot yo‘q. Shunga qaramasdan, fosfokreatinni hayvonlarning reproduktiv xarakteristikalari va ona qornida rivojlanishiga toksik ta’sir ko‘rsatmasligi ma’lum. Agar ona uchun foyda homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo‘lsa, preparatni homiladorlik davrida qo‘llash mumkin. Emizish davrida preparatni qo‘llash zarurati bo‘lgan holda emizishni to‘xtatish kerak. Bolalarda qo‘llanishi 18 yoshdan kichik bolalarda preparatni qo‘llash to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q.

30oS dan past haroratda saqlansin. Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

Neoton preparatining dozasini oshirib yuborilishi to‘g‘risida hozirgi vaqtgacha xabar berilmagan.

Shifokor retsepti bo‘yicha beriladi

Neoton: infuziya uchun eritma tayyorlash uchun 1 g kristall oq kukun neytral rangsiz shisha flakonda; Erituvchi: 50 ml inyektsiya uchun suv neytral rangsiz shisha flakonda; 1 yoki 4 flakon Neoton preparati 1 flakon erituvchi bilan majmuada, bir martalik tibbiy tomchilagich va qo‘llash uchun yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan; 1 yoki 4 flakon Neoton preparati qo‘llash uchun yo‘riqnomasi bilan majmuada karton qutiga joylangan.

Preparat uchun – 3 yil, erituvchi uchun – 5 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.