Neo–anuzol rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: vismut subnitrati (ishqoriy vismut nitrati) – 0,075 g; rux oksidi (rux oksidi) – 0,2 g; yod – 0,005 g. yordamchi moddalar: tanin – 0,05 g; rezortsinol (rezortsin) – 0,005 g; metiltioniniy xloridi (metilen ko‘ki) – 0,003 g; suppozitoriylar uchun asos: qattiq yog‘, A turi – vazni 2,26-2,50 g suppozitoriy olish uchun yetarli miqdorda, emulgator T-2 – asos vaznining 2% gacha.

Preparatning savdo nomi:

Neo–anuzol

Farmakalogik guruhi:

gemorroyga qarshi vosita.

Dori shakli:

rektal suppozitoriylar

Kulrang-yashil yoki ko‘kish-yashil rangli, torpedasimon shaklli suppozitoriylar. Suppozitoriy yuzasida oq qatlamning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.

gemorroyga qarshi vosita.

S05AX02

Gemorroy, orqa chiqaruv yo‘li yoriqlarida qo‘llanadi.

Rektal, 1 suppozitoriydan sutkada 1-2 marta qo‘llanadi.

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Ma’lumotlar yo‘q.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Retseptsiz

Rektal suppozitoriylar. 5 suppozitoriydan polivinilxlorid plyonkali kontur uyali o‘ramda. 2 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

2 yil.