MNT va periferik nerv tizimi tomonidan: tez-tez – bosh aylanishi, ataksiya, uyquchanlik; bo‘lishi mumkin – bosh og‘rig‘i, diplopiya, akkomodatsiyani buzilishlari; ba’zida – ixtiyorsiz harakatlar, nistagm, dizartriya, periferik nevrit, paresteziyalar, mushak kuchsizligi, parez simptomlari, gallyutsinatsiyalar, depressiya, charchoqlik hissi, tajavuzkor hulq, ajitatsiya, ta’m tuyg‘ularini buzilishlari, kon’yunktivit, giperakuziya.
Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, og‘izni qurishi, diareya yoki qabziyat, jigar transaminazalarining darajasini oshishi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: kam hollarda – yurak ichki o‘tkazuvchanligini buzilishlari, yakka hollarda – bradikardiya, aritmiyalar, AV-blokada, kollaps, yurak yetishmovchiligi, koronar yetishmovchilik, tromboflebit, tromboemboliya.
Qon yaratish tizimi tomonidan: bo‘lishi mumkin – leykopeniya, eozinofiliya, trombotsitopeniya, kam hollarda – leykotsitoz, agranulotsitoz.
Allergik reaktsiyalar: terining allergik reaktsiyalari, qichishish, limfoadenopatiya, qizish kuzatilishi mumkin.