Naksodjinretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: nimorazol – 500 mg; yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza – 101,2 mg, makkajo‘xori kraxmali – 40,0 mg, metiltsellyuloza 400 – 2,8 mg, stearin kislotasi – 6,0 mg.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

nimorazol

Preparatning savdo nomi:

Naksodjin

Farmakalogik guruhi:

protozoylarga qarshi vosita.

Dori shakli:

tabletkalar

dumaloq, qavariq, bir tomonida sindirish chizig‘i bo‘lgan oq yoki biroz sarg‘ish tabletkalar

protozoylarga qarshi vosita.

R01AV06

Naksodjin® – Trichomonas vaginalis va boshqa sodda xayvonlar (shu jumladan Giardia intestinalis va Entamoeba histolytica) ga, shuningdek anaerob bakteriyalar, xususan Bacteroides va Gardnerella vaginalis ga nisbatan faollik namoyon qiluvchi ximioterapevtik preparatdir. Minimal trixomonatsid kontsentratsiyasi 0,3 dan 3 mkg/ml gacha chegaralarda o‘zgarib turadi.

Nimorazol peroral qabul qilinganida yaxshi so‘riladi. Nimorazol 1 g dozada har 12 soatda uch marta qabul qilinganidan so‘ng qondagi preparatning kontsentratsiyasi birinchi qabuldan keyin 3 soat o‘tgach, 16 mkg/ml, 25 soat o‘tgach – 28 mkg /ml, hamda oxirgi qabul qilgandan so‘ng – 7,5 mkg/ml ga yetadi. Nimorazol organizmdan asosan buyraklar orqali chiqariladi; siydik va vaginal sekretidagi nimorazol va uning faol metabolitlarining kontsentratsiyasi trixomonatsid kontsentratsiyalaridan ancha yuqori. Nimorazol 1 g dozada har 12 soatda uch marta qabul qilinganidan so‘ng nimorazolning 24, 48 va 72 soatlarda o‘lchanadigan vaginal sekretidagi kontsentratsiyasi muvofiq 129 mkg/g, 95 mkg/g va 4 mkg/g ni tashkil qilgan.

Trichomonas vaginalis chaqirgan infektsiyalar, lyamblioz, amebiaz, Gardnerella vaginalis chaqirgan vaginitlar, o‘tkir yarali-nekrotik gingivit (Vintset gingiviti) da qo‘llanadi.

Ichga buyuriladi. Trixomoniaz: Davolash quyida keltirilgan sxemalardan biri bo‘yicha o‘tkaziladi: Kattalar: a) 2 g bir marta ovqatdan keyin; b) har 12 soatda 1 g dan uch marta; v) 5-7 kun davomida 250 mg dan kuniga 3 marta. Bolalar: 5-7 kun davomida uch qabulga bo‘lingan holda kuniga 15 mg/kg dan. Amebiaz: Kattalar: 5-10 kun davomida 500 mg dan kuniga ikki marta. Bolalar: 5-10 kun davomida ikki qabulga bo‘lingan holda kuniga 20 mg/kg dan. Lyamblioz: Kattalar: 5-7 kun davomida 500 mg dan kuniga ikki marta. Bolalar: 5-7 kun davomida ikki qabulga bo‘lingan holda kuniga 15 mg/kg dan. Gardnerella vaginalis chaqirgan infektsiyalar: Kattalar: a) 7 kun davomida 500 mg dan kuniga ikki marta. b) 2 g bir marta. O‘tkir yarali-nekrotik gingivit (Vinsent gingiviti): Kattalar: 2 kun davomida 500 mg dan kuniga ikki marta.

Odatda Naksodjin yaxshi o‘zlashtiriladi. Nojo‘ya samaralari kuchsiz yoki o‘rtacha namoyon bo‘ladi va preparatni bekor qilishni talab qilmaydi. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralarga quyidagilar kiradi: jig‘ildon qaynashi, ko‘ngil aynishi, ba’zida qusish (preparatni ovqatdan keyin qabul qilish bu samaralarni minimumga yetkazishga imkon beradi), teri toshmalari, bosh aylanishi, uyquchanlik, diareya, og‘izda metall ta’mi va og‘izni qurishi, tilni karash bilan qoplanishi, glossitlar va stomatitlar, o‘tkinchi o‘rtacha namoyon bo‘ladigan leykopeniya, dizuriya va siydikning to‘q rangi.

Preparatning har qanday komponentiga o‘ta yuqori sezuvchanlik, markaziy nerv tizimi va qonning og‘ir kasalliklari, og‘ir buyrak va jigar yetishmovchiligi, bolalarda va siydikning (3yoshgacha) qo‘llash mumkin emas. Ehtiyotkorlik bilan O‘tkir nevrologik kasalliklar. Naksodjin® bilan davolanish vaqtida alkogolli ichimliklarni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi (hech bo‘lmaganda preparat qabulidan keyin 48 soat davomida).

Alkogol bilan bir vaqtda qo‘llanganida nimorazol disulfiramga o‘xshash reaktsiyalarni qo‘zg‘atishi mumkin. Nimorazol varfarinning antikoagulyant samarasini kuchaytirishi va fenitoin va litiyning klirensini pasaytirishi mumkin. Fenobarbital Nimorazolning plazmadagi kontsentratsiyasini kamaytirishi, tsimetidin esa – oshirishi mumkin.

O‘tkir nevrologik kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarni davolash shiforkorning qat’iy nazorati ostida o‘tkazilishi kerak. Trixomoniazni davolanganda qayta infektsiyalanishning oldi olish maqsadida ikkala jinsiy sherik, ulardan birida kasallik belgilari bo‘lmagan taqdirda ham, bir vaqtda davolanishlari kerak.

Naksodjin®ni homiladorlik (ayniqsa birinchi uch oyligida) va laktatsiya davrida, mutagen xususiyatlari namoyon bo‘lishi mumkinligi tufayli, qo‘llashdan saqlanish kerak.

Preparatni qabul qilish bilan bog‘liq bosh aylanishi va boshqa nojo‘ya samaralarni paydo bo‘lishi mumkinligi sababli avtomobilni, boshqa mexanizmlarni boshqarishdan va diqqatni yuqori jamlashni talab qiluvchi ishlarni bajarishdan saqlanish tavsiya etiladi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

25 s dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: me’da-ichak diskomforti (jig‘ildon qaynashi, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya), bosh aylanishi, shuningdek nevrologik simptomlar (qotib qolish, sanchiq, paresteziyalar va konvulsiyalar) bo‘lishi mumkin. Davolash: me’dani yuvish va simptomatik davolash.

Retsept bo‘yicha.

Tabletkalar 0,5 g; 6 tabletkadan to‘q shisha flakonda; 1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

5 yil.