Mufleksinretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 4 mg tiokolxikozid; yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, makkajo‘xori kraxmali, magniy stearati, jelatin, natriy laurilsulfat, tozalangan suv. Har bir ampula quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 4 mg tiokolxikozid; yordamchi moddalar: 16,8 mg natriy xloridi, 2 ml inyektsiya uchun suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

tiokolxikozid

Preparatning savdo nomi:

Mufleksin

Farmakalogik guruhi:

markaziy ta’sirga ega boshqa miorelaksantlar.

Dori shakli:

ichga qabul qilish uchun kapsulalar, mushak ichiga inyektsiya uchun eritma

Kapsulalar: sariq granulalar, jelatinli rangsiz kapsulalar №2 Eritma: och-sariq rangli tiniq eritma.

markaziy ta’sirga ega boshqa miorelaksantlar.

M03VX05

So‘rilishi: Mufleksin ichga qabul qilinganda qonda tez taqsimlanadi, plazmadagi cho‘qqi kontsentratsiyasiga 15-45 minutdan keyin erishiladi. Plazmadagi maksimal kontsentratsiyasi 61 ng/ml tashkil qiladi. Taqsimlanishi: Oqsillar bilan bog‘lanishi 13% ni tashkil qiladi. Tiokolxikozid albumin bilan bog‘lanadi. Metabolizm: Yarim chiqarilish vaqti 2,5-5 soat. Chiqarilishi: Qabul qilingan dozaning taxminan 20% o‘zgarmagan metabolitlar ko‘rinishida siydik bilan, 75-81% me’da-ichak yo‘llari orqali chiqariladi.

Mufleksin spastik xarakterga ega bo‘lgan og‘riqlarni yengillashtirish uchun quyidagilarda ko‘rsatilgan: Umurtqa pog‘onasining degenerativ kasalliklarida (qiyshayishida, umutrqa pog‘onasining statik kasalliklarida)TortikolisdaDorsalgiyadaTravmatologik va nevrologik kasalliklardaBo‘g‘imlardagi operatsiyalardan keyingi reabilitatsiya vaqtida.

Mufleksin kapsulalari: o‘tkir mushak og‘riqlarida – 1 kapsuladan kuniga 2 marta ovqatdan keyin stakan suv bilan ichish kerak. Davolash kursi 5-7 kun. Mufleksin ampulalari: 4 mg dan mushak ichiga kuniga 2 marta buyuriladi. Tavsiya etiladigan davolash kursi 3-5 kun. Zarur bo‘lganda davolashni preparatni peroral qabul qilish bilan davom ettirish mumkin. Fizio davolash muolajalarini o‘tkazishda Mufleksinni miorelaksatsiya qiluvchi samarasini kuchaytirish uchun muolajadan 1-2 soat oldin buyuriladi.

Kam hollarda: teri toshmasi, shish, allergik va allergiyadan keyingi reaktsiyalar (allergik vaskulit), gastralgiya, diareya, gipotenziya, ta’sirchanlik va uyquchanlik (mushak ichiga yuborilganda) kuzatilishi mumkin.

tiokolxikozidga yoki kolxitsinga yuqori sezvuvchanlikmushaklar gipotoniyasiyengil falajhomiladorlik va laktatsiya davri14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta’siri kuzatilmagan. Analogik xususiyatlarga ega preparatlar bilan birga qo‘llash mumkin emas.

Preparat buyrak yetishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Ma’lumotlar yo‘q. Dozani oshirib yuborilish simptomlarida simptomatik va tutib turuvchi davolash o‘tkaziladi.

Retsept bo‘yicha

Kapsulalar: 10 kapsula blisterda. 2 blister yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan. Eritma: 6 ampula yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Kapsulalar: 48 oy. Eritma: 60 oy.