MR Syuparkainretsept bilan

Tarkibi:

faol moddalar: artikain gidroxloridi – 80 mg, artikain gidroartrati – 0,024 mg. yordamchi moddalar: natriy metabisulfiti, natriy xloridi, inyektsiya uchun eritma.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

artikain gidroxloridi, adrenalin gidroartrati

Preparatning savdo nomi:

MR Syuparkain

Farmakalogik guruhi:

Mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vositalar.

Dori shakli:

inyektsiya uchun eritma

tiniq, rangsiz yoki deyarli rangsiz eritma.

Mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vositalar.

N01BB58

Artikain og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavati ostiga yuborilganda yuqori diffuzion xususiyatga ega. Plazma oqsillari bilan 95% bog‘lanadi. Yarim chiqarilish davri 25,3 minutni tashkil qiladi. Dori vositasi minimal darajada yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi va ko‘krak suti orqali deyarli chiqarilmaydi.

Stomatologiyada quyidagi operatsiya va muolajalarda infiltratsion va o‘tkazuvchan anesteziyani o‘tkazishda qo‘llaniladi: shilliq qavatlar yoki suyakdagi operatsiyalar;tish pulpasidagi operatsiyalar (pulpa amputatsiyasi va ekstirpatsiyasi);singan tishni olib tashlash (osteotomiya);apikal parodontit bilan shikastlangan tishni olish;Kolduell-Lyuk operatsiyasi;kistektomiya;tish ildizini yuqori qismini rezektsiyasi;tishlarni yuqori sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentlarda karioz bo‘shliqlar va tishlarni koronka uchun ishlov berishda qo‘llanadi.

Yuqori jag‘ tishlarini asoratlanmagan ekstraktsiyasida, yallig‘lanish bo‘lmaganda, odatda har bir tish uchun 1,7 ml dan vestibulyar inyektsiya yetarlidir. Ayrim hollarda qo‘shimcha 1ml dan 1,7 ml gacha bo‘lgan vestibulyar inyektsiya to‘liq og‘riqsizlantirishni ta’minlash mumkin. Ko‘pchilik hollarda og‘riqli tanglay orqali inyektsiya qilishga zarurat yo‘q. Tanglayni kesish yoki tikish kerak bo‘lgan hollarda taxminan 0,1 ml dozada tanglay depo-inyektsiyasi yetarlidir. Yonma-yon joylashgan tishlarni bir yo‘la ekstraktsiya qilishda vestibulyar inyektsiyalar sonini odatda cheklash mumkin. Pastki kichik  jag‘ tishlarni asoratlanmagan ekstraktsiyasida, yallig‘lanish bo‘lmagan hollarda pastki jag‘ anesteziyasini qilmasa ham bo‘ladi, chunki bir tishga 1,7 ml bo‘lgan infiltratsion anesteziya yetarlidir. Agar bu yo‘l bilan kerakli natijaga erisha olinmasa, 1,0 ml dan 1,7 ml dozada qo‘shimcha vestibulyar inyektsiya bajariladi. Agar bu usullar bilan to‘liq anesteziyaga erishilmasa, shundagini pastki jag‘ blokadasi usuli bilan odatdagi anasteziya qilinadi. Har qanday tish bo‘shlig‘ini tayyorlashda, yoki tishni koronka uchun ishlov berishda, pastki jag‘ tishlaridan tashqari, har bir tish uchun 0,5 dan 1,7 ml gacha vestibulyar inyektsiya qilinadi. Aniq miqdori anesteziyaning chuqurligi va davomiyligiga bog‘liq. Jarroxlik operatsiyalarini bajarishda preparatni dozasi operatsiyani og‘irligiga va davomiyligiga bog‘liqdir. Bir davolash muolajasi davomida kattalar uchun 1 kg tana vazniga 7 mg gacha artikain yuborish mumkin.  500 mg gacha (12,5 ml inyektsion eritma) dozalar patsiyentlar tomonidan yaxshi o‘zlashtirilgan (aspiratsion nazorat usuli qo‘llanilganida). Qon tomir ichiga inyektsiya qilib qo‘yish ehtimolini oldini olish maqsadida, doimo inyektsiyadan oldin aspiratsiya sinamasini o‘tkazish kerak. Inyektsiya bosimi to‘qima sezuvchanligiga mos kelishi kerak. Sezuvchanlik tiklangandan so‘ng ovqatlanish mumkin.

Markaziy nerv tizimi tomonidan: dozaning kattaligi bilan belgilanadigan buzilishlar masalan; stupor holatidan hushini yo‘qotishgacha, nafasni to‘xtashigacha, buzilishi mushaklar qaltirashi, mushaklarni tarqalgan tirishishlarga (konvulsiyalarga) qadar rivojlanuvchi ixtiyorsiz qisqarishi, shuningdek qusishgacha bo‘lgan ko‘ngil aynishi. Ko‘rish a’zosi tomonidan: bosh qismiga inyektsiya qilinayotgan vaqtda yoki inyektsiya qilingandan bir ozdan so‘ng, ko‘rishni qisqa muddatga buzilishi (ko‘rishning xiralashishi, o‘tkinchi ko‘rlik, diplopiya) bo‘lishi mumkin. Lekin bunday reaktsiyalar juda kam uchraydi. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial bosimni biroz pasayishi, taxikardiya yoki bradikardiya. Kam hollarda – qator hollarda hayotga xavf soluvchi shok yoki yurak yetishmovchiligi yuz berishi mumkin. Allergik reaktsiyalar: inyektsiya qilingan joyda shish, bo‘rtishi yoki yallig‘lanish paydo bo‘lishi mumkin, shuningdek inyektsiya qilingan joydan qat’iy nazar terini qizarishi, qichishishi, kon’yuktivit, rinit, yuzni angionevrotik shish tipida shish, shu jumladan yuqori va/yoki pastki labni va/yoki yuzni shishi, tilni shish, disfagiya, urtikariya, nafasni qiyinlashishi bilan kechuvchi tilni shishi, bu anafilaktik shokga o‘tishi mumkin. Mahalliy reaktsiyalar: ayrim hollarda inyektsiya joyida to‘qima nekrozigacha avj oluvchi ishemiya zonalari rivojlanishi mumkin, bu qon tomir ichiga beixtiyor inyektsiya qilinishiga bog‘liq. Yuz nervining falajigacha shikastlanishi, faqat inyektsiya texnikasi buzilganda yuz berishi mumkin.

Adrenalin, artikain yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Xolinesteraza tanqisligi, chunki bu holatda ta’sir qilish vaqtini uzayish ehtimoli yuqori, ba’zi sharoitlarda esa preparatning ta’sir jadalligi nohush kuchayishi mumkin. Tarkibida adrenalin bo‘lganligi sababli, kuyidagi qo‘llash mumkin bo‘lmagan qarshi ko‘rsatmalarga amal kilish kerak: paroksizmal taxikardiya va boshqa taxiaritmiyalar, glaukomaning yopiq burchakli shakli, nosellektiv adrenoblokatorlar va markaziy analeptiklar bilan bir vaqtda qabul qilish. Vena ichiga yuborish mumkin emas. Yallig‘langan to‘qimalarga yuborishdan saqlanish kerak.

Vazokonstriktorlarning simpatomimetik turdagi (masalan, adrenalin) qon tomirlarni toraytiruvchi ta’siri tritsiklik antidepressantlar yoki MAO ingibitorlari tomonidan kuchaytirilishi mumkin.

Odatda bronxial astmasi bo‘lgan bemorlarda sulfitlarga, xususan natriy metabisulfitiga yuqori sezuvchanlik kuzatiladi. Bunda qusish, ich ketishi, nafasni qiyinlashishi, astmaning o‘tkir xurujlari, ongni buzilishi yoki shok holati rivojlanishi mumkin. Preparat reaktsiya tezligini biroz susaytiradi. Bu holat, shuningdek operatsiyani kutish bilan bog‘liq bo‘lgan hayajonlanish va operatsion stress, samarali xarakatlarga bo‘lgan qobiliyatni, xususan avtomobilni haydashni o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Operatsiyadan keyin qaysi vaqtdan boshlab patsiyent avtomobilni haydash yoki mexanizmlar bilan ishlash bilan yana shug‘ullanishi mumkinligi to‘g‘risidagi masalani faqat vrach-stomatolog xal qiladi.

Homiladorlik vaqtida mahalliy og‘riqsizlantirish og‘riq qoldirishga erishishning stress usuli yoki jarrohlik operatsiyalardagi anesteziya emas. Artikain boshqa anestetiklarga nisbatan yo‘ldosh to‘siqdan kamroq darajada o‘tadi. Organizmda tez parchalanib, tez chiqib ketgani uchun artikain ko‘krak sutiga klinik ahamiyatli kontsentratsiyalarda aniqlanmaydi. Shuning uchun emizishni to‘xtatishga zarurat yo‘q. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin, va yaroqlilik muddati o‘tganian so‘ng qo‘llanmasin.

Quruq, yorug‘liqdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Agar preparatni yuborilganda nojo‘ya ta’sirlar yoki toksik ta’sirning belgilari masalan, bosh aylanishi, harakat notinchligi, stupor, paydo bo‘la boshlasa, unda darhol inyektsiyani to‘xtatib, patsiyentni esa, gorizontal holatga yotqizish kerak. Nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligini ta’minlash, puls va arterial bosimni nazorat qilish  lozim. Xatto simptomlar og‘ir bo‘lmasa ham, vena ichiga quyida ko‘rsatilgan dori vositalarini qo‘llab, infuziya qilishni boshlash tavsiya qilinadi. Nafas olish buzilgan hollarda, holatni og‘irligiga qarab, kislorod berish kerak; zarurati bo‘lganida sun’iy nafas berish (og‘izdan burunga) yoki traxeya intubatsiyasini nazoratli o‘pka ventilyatsiyasi bilan birga qo‘llash kerak. Mushaklarning ixtiyorsiz qisqarishi yoki tarqalgan mushaklar tirishishini qisqa yoki o‘ta qisqa ta’sir qiluvchi barbituratlarni vena ichiga inyektsiyasi yordamida bartaraf qilish mumkin. Qon aylanishini buzilishi va nafasni susayish xavfini oldini olish maqsadida kislorod berishni va yurak faoliyatini kuzatishni davom ettirib, kuzatilayotgan ta’siriga qarab, barbituratlarni sekin yuborish tavsiya qilinadi. Barbituratlarni yuborish avval o‘rnatilgan konyulya orqali infuzion suyuqlik bilan birga amalga oshirilishi lozim. Ko‘pchillik hollarda bemorni oddiy gorizontal holatga keltirish yoki oyoqlarini boshiga nisbatan yuqori qilib yotkazish yo‘li bilan taxikardiya va arterial qon bosimini tushishini oldini olish mumkin. Qon aylanishining og‘ir buzilishida, shuningdek shokda, sababidan qat’iy nazar,  inyektsiyani to‘xtatish va quyidagi choralarni ko‘rish kerak: patsiyentning gorizontal, oyog‘i ozgina ko‘tarilgan holatini ta’minlash, nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligi ta’minlash (kislorod insuflyatsiyasi), muvozanatlangan elektrolit eritmani vena ichiga infuzion yuborish yo‘lga qo‘yiladi; glyukokortikoidlarni (masalan, 250-1000 mg metilprednizolon) vena ichiga yuborish, suyuqlik o‘rnini qoplash (zarurat bo‘lganda plazmoekspanderlar va odam albuminini ishlatish tavsiya qilinadi) lozim. Og‘ir taxikardiya yoki taxiaritmiya β-adrenoblokatorlarni vena ichiga sekin inyektsiya qilishga ko‘rsatma bo‘lib (masalan, yurak yetishmovchiligi, stenokardiya yoki miokard infarkti bo‘lgan bemorlarda) xizmat qilishi mumkin. Barcha bunday hollarda kislorodni qo‘llash va parametrlarni nazoratini olib borish shart. Gipertenziyasi bo‘lgan patsiyentlarda arterial bosimni oshishini, zarurati bo‘lganida periferik vazodilatatorlar qo‘llab davolash kerak.

Retsept bo‘yicha

Inyektsiya uchun eritma 2 ml dan ampulalarda. 10 ampuladan polivinilxlorid plenkali kontur –uyali o‘ramlarda.

3 yil.