MR Supralginretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol modda: xloropiramin gidroxloridi; yordamchi moddalar: inyektsiya uchun suv .

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

xloropiramin gidroxloridi

Preparatning savdo nomi:

MR Supralgin

Farmakalogik guruhi:

Allergiyaga qarshi vosita.

Dori shakli:

inyektsiya uchun eritma

tiniq, rangsiz, biroz o‘ziga xos hidli eritma.

Allergiyaga qarshi vosita.

R06AC03

Qon plazmasida Cmax v birinchi 1-2 soat davomida erishiladi, kontsentratsiyaning terapevtik darajasi 3-6 soat davomida saqlanadi. Taqsimlanishi Yuborish yo‘liga qaramay organizmda, jumladan MNT yaxshi taqsimlanadi. Xlorpiraminning plazma oqsillari bilan bog‘lanishi  7,9% ni tashkil qiladi. Metabolizmi Jigarda jadal metabolizmga uchraydi. Chiqarilishi Asosan siydik bilan metabolitlar holida chiqariladi.

MR Supralgin (faol modda: xloropiramin gidroxloridi) masalan, pichan isitmasi, kon’yunktivit, eshakemi, o‘simliklar va kimyoviy moddalar chaqirgan dermatit kabi qichishish bilan kechuvchi allergik reaktsiyalar va kasalliklarni davolash, shuningdek oziq-ovqat va dori allergiyalarini va hashoratlar chaqishlarining simptomlarini davolash uchun antigistamin preparati hisoblanadi. Preparat shuningdek yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarini (anafilaktik reaktsiya) davolashda qo‘shimcha davolashda ham qo‘llanadi.

MR Supralgin inyektsiya uchun eritma preparatining dozasini va davolash davomiyligi shifokor tomonidan belgilanadi. Dozalash tartibi Kattalarga: Tavsiya etiladigan sutkalik doza – 1-2 ampula mushak ichiga. Bolalar va o‘smirlarga: Tavsiya etiladigan boshlang‘ich dozalar: 1 oylikdan 12 oylikkacha bo‘lgan bolalar: ¼ ampula m/i; 1 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga: ½ ampula m/i; 6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga: ½ -1 ampula m/i. Patsiyentning reaktsiyasi va kuzatilayotgan nojo‘ya samaralarga qarab dozani ehtiyotkorlik bilan oshirish mumkin. Ammo  doza hech qachon tana vazniga 2 mg/kg dan oshmasligi kerak. Anafilaktik shokda yoki og‘ir darajali o‘tkir allergik reaktsiyada davolashni MR Supralginni vena ichiga sekin inyektsiyasidan ehtiyotkorlik bilan boshlash lozim, undan so‘ng davolashni mushak ichiga inyektsiyalar yoki preparatni ichga qabul qilish bilan davom ettiriladi. Alohida guruh patsiyentlar: Keksa, xolsizlangan bemorlar: MR Supralgin preparatini qo‘llash alohida ehtiyotkorlikni talab etadi, chunki bu bemorlar antigistamin preparatlarining nojo‘ya samaralariga (bosh aylanishi, uyquchanlik, arterial bosimni pasayishi) ko‘proq sezuvchandirlar. Jigar funktsiyasini buzilishi Jigar kasalliklarida preparatning faol komponentining metabolizmi pasayishi bilan bog‘liq dozani kamaytirish talab etilishi mumkin. Buyrak funktsiyasini  buzilishi Faol komponent asosan buyrak orqali chiqarilganligi bilan bog‘liq preparatni qabul qilish tartibini o‘zgartirish va dozasini kamaytirish talab etilishi mumkin.

Barcha dori vositalari kabi, ushbu preparat ham nojo‘ya reaktsiyalarni chaqirishi mumkin, lekin ular hamma patsiyentlarda ham uchramaydi. MR Supralgin preparati bilan davolash vaqtida quyidagi nojo‘ya samaralar paydo bo‘lishi mumkin: Qon va limfatik tizimi tomonidan buzilishlar: Juda kam hollarda: oq qon tanachalari sonini kamayishi, qizil qon tanachalari sonini kamayishi, qon tizimining boshqa buzilishlari. Immun tizimi tomonidan buzilishlar: Juda kam hollarda: allergik reaktsiyalar Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: Juda kam hollarda: sedativ samara, toliqish, bosh aylanishi, harakat koordinatsiyasini buzilishi, nerv qo‘zg‘aluvchanligi, titroq, tirishishlar, bosh og‘rig‘i, kayfiyatni noadekvat ko‘tarilishi (eyforiya) Ko‘rish a’zolari tomonidan buzilishlar: Juda kam hollarda: ko‘z ichki bosimini oshishi, glaukoma xurujlari, ko‘rishni noaniqligi Yurak tomonidan buzilishlar: Juda kam hollarda: yurak qisqarishlarini tezlashishi (taxikardiya), yurak qisqarishlarini muntazam bo‘lmasligi (aritmiya). Qon-tomirlar tomonidan buzilishlar: Juda kam hollarda: arterial bosimni pasayishi (gipotenziya) Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar: Juda kam hollarda: epigastriyda yoki qorinda noxush hissiyotlar, og‘riq, og‘izni qurishi, ko‘ngil aynishi, qusish, ich ketishi, qabziyat, ishtahani yo‘qolishi yoki oshishi, qorinda og‘riq. Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar: Juda kam hollarda: yorug‘likka sezuvchanlik Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar: Juda kam hollarda: mushakda og‘riq yoki kuchsizlik Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar: Juda kam hollarda: siyishni qiyinlashishi, siydikni tutilishi. Antigistamin vositalarni uzoq muddat qo‘llaganda juda kam hollarda qon yaratilishini buzilishi rivojlanishi mumkin.

xloropiramin gidroxloridiga o‘ta yuqori sezuvchanlik;astmaning o‘tkir xurujida,chala tug‘ilgan chaqaloqlar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda,homiladorlik va emizishda qo‘llash mumkin emas.

Ayrim MAO ingibitorlari (moklobenid, selegin kabi) MR Supralgin preparatining antixolinergik samaralarini (og‘izni qurishi, qorachiqlarni kengayishi, ko‘rish akkomodatsiyasini buzilishi, qabziyatlar, siydikni ajralishini buzilishi) kuchaytiradi va uzaytiradi. Shunday qilib, MR Supralgin preparatini MAO ingibitorlari bilan birga qo‘llashdan saqlanish lozim. MR Supralgin preparatini atropin, sedativ analgetiklar, sedativ vositalar, uxlatuvchi vositalar, nerv tizimining holatiga ta’sir qiluvchi boshqa preparatlar, glaukomani davolash uchun ko‘z tomchilari bilan bir vaqtda qo‘llanilganida alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim. MR Supralgin va ushbu preparatdan har biri bir-birining samarasini kuchaytirishi mumkin. Antigistamin preparatlari teri allergik sinamalarida teri reaktsiyalarini niqoblashi mumkin, shunga ko‘ra, bunday sinamani o‘tkazishdan bir necha kun oldin MR Supralginni bekor qilish lozim.

MR Supralgin inyektsiya uchun eritma preparatini keksa va xolsizlangan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi, chunki ular kuzatilishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralarga (uyquchanlik, toliqish, bosh aylanishi, arterial bosimni pasayishi kabi) beriluvchandirlar.Jigar yoki buyrak funktsiyasini buzilishida dozani kamaytirish zarurati tug‘ilishi mumkinYopiq burchakli glaukoma (MR Supralgin inyektsiya uchun eritma preparatini qo‘llash glaukoma xurujini chaqirishi mumkin), yurak-qon tomir buzilishlari, tutqanoq, mushak kasalliklari, siydikni tutilishi, prostata bezi gipertrofiyasi va surunkali qabziyat kabi kasalliklarda MR Supralgin ni alohida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.Agar Sizda ilgari antiallergik preparatlarni qo‘llaganda bosh aylanishi rivojlangan, allergik simptomlar yomonlashgan yoki boshqa nojo‘ya reaktsiyalar rivojlangan bo‘lsa, ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.Alkogol antigistamin preparatlarining markaziy nerv tizimiga sedativ samarasini (uyquchanlik, toliqish, bosh aylanishi) kuchaytirishi mumkin, shuning uchun MR Supralgin preparati bilan davolash vaqtida alkogolli ichimliklarni iste’mol qilishdan saqlanish lozim.

Preparat ayniqsa davolashning boshida uyquchanlik va psixomotor faoliyatni buzilishini chaqirishi mumkin. Shuning uchun, davomiyligi shaxsiy ravishda aniqlanadigan boshlang‘ich davrda transport vositalarini boshqarish yoki baxtsiz hodisalarning yuqori xavfi bilan bog‘liq ishlarni bajarish taqiqlanadi. Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Antigistamin preparatlarining dozasini ataylab yoki bexosdan oshirib yuborilganda, ayniqsa yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va bolalarda patsiyentning o‘limiga olib kelishi mumkin. MR Supralgin preparatining dozasi oshirib yuborilganda atropin bilan zaharlanishga xarakterli bo‘lgan simptomlar va belgilar: gallyutsinatsiyalar, bezovtalik, ataksiya (harakat koordinatsiyasini buzilishi), atetoz, tirishishlar rivojlanadi. Kichik yoshdagi bolalarda qo‘zg‘alish kuzatiladi. Ba’zi hollarda og‘izni qurishi, fiksatsiyalangan qorachiqni kengayishi, yuzni qizarishi, sinusli taxikardiya, siydikni tutilishi, isitma paydo bo‘ladi. Kattalarda isitma va yuzni qizarishi doimiy kuzatilmaydi, qo‘zg‘alish davridan keyin esa tirishish va keyinchalik depressiya keladi. Nihoyat, 2-18 soat davomida patsiyentning o‘limiga olib kelishi mumkin bo‘lgan koma va yurak-o‘pka yetishmovchiligi rivojlanadi. Yurak-qon tomir tizimi va nafas tizimining ko‘rsatkichlarini monitorlash, shuningdek simptomatik davolash tavsiya etiladi. Maxsus antidoti noma’lum. Dozani oshirib yuborilishini davolash: Yurak-o‘pka tizimining ko‘rsatkichlarini monitorlash, shuningdek simptomatik davolash tavsiya etiladi.

Retsepti bo‘yicha

Inyektsiya uchun eritma 1 ml dan. 5 ampuladan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton korobkada.

3 yil.