MR Seniparretsept bilan

Tarkibi:

faol moddalar: paratsetamol – 500 mg, diklofenak natriy – 50 mg. yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza, makkajo‘xori kraxmali, natriy gidroksidi metilbenzoati, natriy gidroksipropilbenzoati, povidon K -30, gidroksipropilmetiltsellyuloza, stearin kislotasi, tozalangan talk, natriy kraxmal glikolyati, suvsiz kolloid silikati, natriy kroskarmelloza.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

paratsetamol, diklofenak natriy.

Preparatning savdo nomi:

MR Senipar

Farmakalogik guruhi:

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita. ATX kodi: M01AV55

Dori shakli:

tabletkalar

dumaloq, oq rangli, riskali, yassi tabletkalar.

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita. ATX kodi: M01AV55

Diklofenak natriy – ichga bir marta qo‘llanganidan keyin ichakda tez va to‘liq so‘riladi, faol moddaning taxminan 50% jigar orqali birinchi o‘tishda metabolizmga uchraydi. 50 mg dozada preparatning qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasi 1-2 soatdan keyin kuzatiladi va 1,5 mkg/ml (5 mkmol/l) ni tashkil qiladi. Ovqat so‘rilishini sekinlashtiradi, biroq so‘rilayotgan faol moddaning miqdori o‘zgarmaydi. Preparatni qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi 99,7% ni tashkil qiladi, bunda preparatning katta qismi (99,4%) albuminlar bilan bog‘lanadi. Bo‘g‘im bo‘shlig‘idagi sinovial suyuqlikka yaxshi o‘tadi. Sinovial suyuqlikdan yarim chiqarilish davri – 3-6 soatni tashkil qiladi. Preparatning 60% metabolitlari ko‘rinishida buyrak orqali, qolgan qismi esa safro bilan chiqariladi. Buyrak faoliyatini yaqqol buzilishi (kreatinin klirensi minutiga 10 ml dan kam) bo‘lgan bemorlarda safro bilan chiqarilayotgan metabolitlarining ulushi oshadi, shuning uchun qonda ularning kontsentratsiyasini oshishi kuzatilmaydi. Paratsetamol ichga qabul qilinganida yaxshi va tez so‘riladi. Plazmada cho‘qqi kontsentratsiyasiga 30-90 minutdan so‘ng erishiladi. Organizmning deyarli barcha to‘qimalariga o‘tadi, yo‘ldosh to‘sig‘idan oson o‘tadi va ko‘krak suti bilan chiqariladi. Buyrak orqali asosan metabolitlari holida chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 1,5 soatdan 3 soatgacha o‘zgarib turadi. Jigar faoliyatini buzilishida preparatni organizmdan chiqarilishi sekinlashadi, bu esa metabolitlarini organizmda to‘planishiga olib keladi. Jigarda metabolizmga uchraydi va siydik bilan chiqariladi, metabolitlari farmakologik jihatdan faol emas, biroq to‘planganida jigar nekroziga olib kelishi mumkin.

Quyidagi kasalliklardagi kuchsiz va o‘rtacha ifodalangan og‘riq sindromida qo‘llanadi: LOR–a’zolarining kasalliklari (faringit, tonzillit, otit);o‘t chiqarish yo‘llarining kasalliklari (o‘t-qopi sanchig‘i);siydik chiqarish yo‘llarining kasalliklari (buyrak sanchig‘i);bosh miya qon tomirlarining kasalliklari (migren);ayollar jinsiy a’zolarining kasalliklari (algodismenoreya, adneksit)tayanch-harakat apparatining kasalliklari (revmotoid artrit, psoriatik artrit, yuvenil artrit, ankilozlovchi spondilit, podagrik artrit, osteoartroz, osteoxondroz);bo‘g‘imdan tashqari to‘qimalarning kasalliklari (tendovaginit, bursit)nevralgiya, mialgiya;jarohatlardan keyingi va operatsiyalardan keyingi og‘riqlar;tish og‘rig‘i;isitma sindromida qo‘llaniladi.

Ichga buyuriladi. Tabletkalar butunligicha, chaynamasdan, yetrli miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilinadi. Davolashni boshida kattalarga va tana vazni 60 kg dan ortiq 12 yoshdan oshgan o‘smirlarga sutkada 2-3 marta MR Senipar tabletkasini buyurish tavsiya etiladi. Preparatni ovqatdan keyin qabul qilgan afzalroq. Kasallikning o‘rtacha ifodalangan belgilarida, shuningdek uzoq muddatli davolashda, odatda sutkada preparatning 2 tabletkasini – bir tabletkadan ertalab va kechqurun qabul qilish yetarlidir. Maksimal bir martalik doza – 2 tabletkani tashkil etadi. Preparatni qabul qilish muddati – 7 kun, bolalarda – 3 kunni tashkil etadi. Tana vazni 30 kg dan ortiq 12 yoshdan oshgan bolalarga ½ tabletkadan sutkada 2-3 marta buyuriladi. Har bir navbatdagi qabul qilish orasidagi interval kamida 4 soat. Kattalarni davolashning maksimal davomiyligi – 7 kun, bolalarni – 3 kunni tashkil qiladi.

Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, anoreksiya, diskomfort hissi (epigastral sohada og‘riqlar va spazmlar), meteorizm, ishtahani pasayishi. Kam hollarda: qon ketishi, perforatsiya bilan asoratlanadigan me’da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali buzilishlari, aftoz stomatit, ezofagit; Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, tez toliqish. Kam hollarda: ko‘rishni buzilishi (ko‘rishni xiralashishi, diplopiya), quloqlarda shovqin, qo‘zg‘aluvchanlik, tirishishlar, uyquni buzilishi, depressiya, havotirlik hissi, ruhiy buzilishlar. Dermatologik reaktsiyalar: teri toshmasi, eshakemi. Bullyoz toshmalar, ekzema, eritrodermiya, sochlarni to‘kilishi, fotosensibilizatsiya bo‘lishi mumkin. Jigar faoliyati tomonidan: jigar faoliyatini buzilishi, shu jumladan gepatit (sariqlik bilan yoki sariqliksiz). Qon yaratish tizimi tomonidan: alohida hollarda: trombotsitopeniya, leykopeniya, agranulotsitoz, gemolitik anemiya, aplastik anemiya; Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: alohida hollarda – taxikardiya, ko‘krak qafasi sohasida og‘riq, arterial gipertenziya, dimlangan yurak yetishmovchiligi. Allergik va immunobiologik reaktsiyalar: kam hollarda – bronxial astma xurujlari, tizimli anafilaktik (anafilaktoid) reaktsiyalar. Har qanday odatdagi bo‘lmagan reaktsiyalar paydo bo‘lgan hollarda, preparatni keyingi qo‘llash bo‘yicha shifokor bilan albatta maslahatlashing!

preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;anamnezida diklofenak, paratsetamol, atsetilsalitsil kislotasi yoki boshqa NYAQV ni qo‘llash natijasida bronxospazm, eshakemi, o‘tkir riniti bo‘lgan yoki allergiyaning boshqa simptomlarining mavjudligi;zo‘rayish bosqichidagi me’da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishlari (shu jumladan peptik yara, Kron kasalligi, nospetsefik yarali kolit);homiladorlik, laktatsiya;12 yoshgacha bo‘lgan bolalarqon yaratish faoliyatini buzilishi, nafas yo‘llarining surunkali obstruktiv kasalliklari, burun poliplari, pichan isitmasi;buyrak va jigar faoliyatini yaqqol buzilishlari;glyukozo-6-fosfatdegidrogenazaning tug‘ma tanqisligida qo‘llash mumkin emas.

Agar Siz biron-bir boshqa dori preparatlarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz, albatta shifokorni xabardor qiling! Preparat kaliy tejovchi diuretiklar bilan bir vaqtda buyurilganida qonda kaliyning darajasi oshishi mumkin. Dori preparatlarini bunday birga qo‘llanishida, kaliyning darajasini nazorat qilish zarur. Bilvosita antikoagulyantlar bilan bir vaqtda buyurilganida qon ketishlari rivojlanishi mumkin. Preparat qon plazmasida litiy, digoksin va tsiklosporinning kontsentratsiyasini oshirishi mumkin, shuning uchun ular birga qo‘llanganida yuqoridagi preparatlarning dozasiga tuzatish kiritish lozim. Metotreksatni qabul qilishdan 24 soat oldin yoki keyin preparatni buyurishda extiyot bo‘lish kerak, chunki bunday hollarda qonda metotreksatning kontsentratsiyasi oshadi va uning toksik ta’siri kuchayadi. Fenotiazin bilan birga qo‘llanganida, haddan tashqari gipotermiya, azidotimidin bilan esa – neytropeniya rivojlanishi mumkin. Preparat xloramfenikolning toksikligini kuchaytiradi, bilvosita antikoagulyantlar, difenin, peroral gipoglikemik preparatlarning ta’sirini kuchaytirishi, tiazid diuretiklarning diuretik va natriyuretik samarasini susaytirishi mumkin. Boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar, shuningdek glyukokortikoidlar bilan birga qo‘llanganida nojo‘ya ta’sirlarini ko‘payishi va kuchayishi yuz beradi.

Anamnezida me’da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishlari bo‘lgan bemorlarga, shuningdek jigar, buyrak, qon yaratish a’zolarining faoliyatini yaqqol buzilishi bo‘lgan patsiyentlarga preparatni buyurishda extiyotkorlikka rioya qilish lozim. Preparat yuqori dozalarda trombotsitlar agregatsiyasini bostirishi mumkin, shuning uchun gemostazni buzilishi bo‘lgan patsiyentlarni sinchiklab kuzatish zarur. Preparatni keksalarda, surunkali yurak yetishmovchiligi, arterial gipertoniyasi, porfiriyasi bo‘lgan bemorlarda, shuningdek bevosita jiddiy jarroxlik aralashuvlaridan keyingi davrda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim. Preparat bilan davolanish vaqtida jigar, buyrak faoliyatini va periferik qon manzarasini nazorat qilish kerak. Diklofenak va paratsetamol ko‘krak sutiga o‘tadi, shuning uchun laktatsiya davrida preparatni buyurishning zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish kerak. Preparatni qo‘llash vaqtida bosh aylanishini yoki ko‘rishni buzilishini his etayotgan patsiyentlar avtotransportni boshqarishlari yoki potentsial xavfli mexanizmlar bilan ishlashlari mumkin emas. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: spetsifik simptomlari yo‘q. Buyrak faoliyatini buzilishini rivojlanishi yoki tez avj olib boruvchi ko‘rinishidagi yuz va hiqildoqning shishlari, xansirash kabi allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin. Davolash: me’dani yuvish ko‘rsatilgan, SH-guruhi donatorlarini yuborish tavsiya etiladi. Kaltsiy glyukonati yoki kaltsiy xloridini vena ichiga yuborish, zarurati bo‘lganida glyukokortikoidlarni vena ichiga yuborish, faollashtirilgan ko‘mir buyurish, shuningdek simptomatik davolashni o‘tkazish kerak. Preparatning tarkibiga paratsetamol kirishini hisobga olish kerak. Ichga 6 g dan ko‘proq paratsetamolni qabul qilish, jigarda og‘ir shikastlanishini chaqirishi mumkin, xatto jigar komasigacha rivojlanishi mumkin. Intoksikatsiya belgilarida (ko‘ngil aynishi, qusish, uyquchanlik, jigarni kattalashishi, sariqlikda) darhol shifokorni chaqirish va me’dani yuvish kerak. Biron-bir g‘ayri-oddiy reaktsiyalar paydo bo‘lgan hollarda, preparatni keyinchalik qo‘llash yuzasidan shifokor bilan albatta maslahatlashing!

Retsept bo‘yicha

10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda. 5 yoki 10 dan kontur uyali o‘ramlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga kartonli penalga joylanadi.

3 yil.