MR Riboksinretsept bilan

Tarkibi:

faol moddalar: inozin – 20 mg; yordamchi moddalar: geksametilentetramin, natriy gidroksidi, inyektsiya uchun suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

inozin

Preparatning savdo nomi:

MR Riboksin

Farmakalogik guruhi:

Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vosita.

Dori shakli:

2% inyektsiya uchun eritma

tiniq, rangsiz yoki kuchsiz bo‘yalgan suyuqlik.

Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vosita.

B01EB

Vena ichiga(v/i) yuborilganida organizm to‘qimalarida taqsimlanadi. Jigarda glyukuron kislotasini hosil bo‘lishi va uni keyin oksidlanishi bilan metabolizmga uchraydi. Kam miqdorda siydik bilan chiqariladi.

O‘tkazilgan miokard infarkti, yurak ishemik kasalligi, yurak glikozidlarini qabul qilish oqibatidagi yurak ritmining buzilishi, infektsion kasalliklarni o‘tkazgandan keyingi miokardiodistrofiyani kompleks davolashda ishlatiladi. Shuningdek, preparat jigar kasalliklari (gepatitlar, tsirrozlar, jigar distrofiyasi), urokoproporfiriyani davolash uchun ham ko‘rsatilgan. Undan tashqari, riboksin ajratilgan buyrakdagi jarrohlik operatsiyalarda, operatsiya qilinayotgan a’zoda qon aylanishi vaqtincha to‘xtatilganida, farmakologik himoya vositasi sifatida ishlatiladi.

Preparat v/i asta-sekin oqim bilan yoki tomchilab (minutiga 40-60 tomchidan) yuboriladi. Davolash kuniga bir marta 200 mg (10 ml 2% li eritma) dan yuborish bilan boshlanadi, so‘ngra yaxshi o‘zlashtirilganida, doza kuniga 1-2 marta 400mg (20 ml 2% li eritma) gacha oshiriladi. Davolash davomiyligi 10-15 kun. Yurak ritmining o‘tkir buzilishlarida preparatni bir martalik 200-400 mg (10-20 ml 2% li eritma) dozada oqim bilan yuborish mumkin. Ishemiyaga uchragan buyrakni farmakologik himoya qilish maqsadida riboksin 1,2 g (60 ml 2% li eritma) bir martalik dozada buyrak arteriyasini bo‘g‘ishdan 5-15 minut oldin v/i oqim bilan, so‘ngra qon aylanishi o‘z holiga kelgan zahoti yana 0,8 g(40 ml 2% li eritma) yuboriladi. V/i tomchilab yuborish uchun preparatning 2% li eritmasini 5% li glyukoza eritmasida yoki natriy xloridning izotonik eritmasida (250 ml gacha) suyultiriladi.

Qichishish, terining giperemiyasi bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda preparatni qabul qilish to‘xtatiladi. Kam hollarda riboksin bilan davolashda qonda siydik kislotasining kontsentratsiyasini oshishi kuzatiladi. Uzoq vaqt qo‘llanganida podagrani zo‘rayishi mumkin. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Preparatga yuqori sezuvchanlik, podagrada qo‘llash mumkin emas.

Riboksin majmuaviy davolash tarkibida qo‘llanganida aritmiyaga qarshi, antianginal va inotrop dori preparatlarining samarasini oshishiga yordam beradi. Riboksinni boshqa guruh dori preparatlari bilan klinik sezilarli o‘zaro ta’siri ta’riflanmagan.

Terini qichishishi, qizarishi paydo bo‘lganida preparatni bekor qilish kerak. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Xomiladorlikda va emizishda ham ehtiyotkorlik bilan (yuqori dozalarni qabul qilish mumkin emas) buyuriladi. Preparatni bolalar olaolmaydigan joyda saqlash va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik lozim.

Simptomlari: terining qichishishi,  podagraning zo‘rayishi. Davolash: simptomatik. Chiqarilish shakli 5 ml yoki 10 ml dan neytral shisha ampulada. 10 ampuladan polivinilxlori plyonkali kontur uyali o‘ramda. Kontur uyali o‘ram karton penalda. Har bir penalga qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi joylanadi. Penallar karton qutiga joylanadi. Saqlash sharoiti Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Retsept bo‘yicha

3 yil.