MR Magniy sulfatiretsept bilan

Tarkibi:

faol modda: magniy sulfati – 1,25 g. yordamchi modda: inyektsiya uchun suv 5,0 ml gacha.

Preparatning savdo nomi:

MR Magniy sulfati

Farmakalogik guruhi:

Antigipertenziv vositalar.

Dori shakli:

inyektsiya uchun eritma.

Antigipertenziv vositalar.

V05XA05

Parenteral kiritilganida magniy tezda organlar va to‘qimalarga o‘tadi, gematoentsefalik to‘siq, yo‘ldosh orqali o‘tadi, yuqori kontsentratsiyalarda ko‘krak sutiga o‘tadi. Preparat asosan siydik bilan chiqariladi. Tizimli samaralar vena ichiga yuborilganidan so‘ng 1 minut davomida va mushak ichiga yuborilganidan so‘ng 1 soatdan keyin rivojlanadi. Vena ichiga yuborilganida magniyning ta’sir qilish vaqti – 30 minut, mushak ichiga yuborilganida – 3-4 soat tashkil qiladi.

Gipertonik kriz, yurak ritmi qorincha buzilishlari (“piruet” turidagi taxikardiya); qon tomir tortishish sindromi; eklampsiya, gipomagniyemiya, magniyga bo‘lgan yuqori ehtiyoj. Muddatidan oldingi tug‘ruqlarning kompleks davolashida, zo‘riqish stenokardiyasida, og‘ir metallarning tuzlari, tetraetilqo‘rg‘oshin, eruvchan bariy tuzlari (antidot) bilan zaharlanganda qo‘llanadi.

Mushak ichiga, vena ichiga sekin kiritish yoki vena ichiga infuziya ko‘rinishida buyuriladi. Yuborishlar soni va dozalari qo‘llanadigan holat va terapevtik samaraga qarab individual belgilanadi. Infuziya tarzida yuborilganida preparat 0,9% li natriy xlorid eritmasi yoki 5% li glyukoza eritmasi bilan aralashtiriladi. Vena ichiga inyektsiyalarda yuborish tezligi odatda minutiga 150 mg (minutiga 0,6 ml dan) oshmasligi kerak, aritmiyalar va homilador ayollardagi eklampsiyani davolash bundan mustasno. Tayyorlangan infuzion eritmalarni darhol qo‘llash zarur (saqlab qo‘yish mumkin emas). Gipomagniyemiya. Mo‘tadil ifodalangan gipomagniyemiyada (0,5-0,7 mmol/l) kattalarga har 6 soatda mushak ichiga 4 ml (1 g magniy sulfat)dan buyuriladi. Og‘ir gipomagniyemiyada (<0,5 mmol/l) mushak ichiga yuborilganida umumiy doza 1 ml/kg (250 mg/kg gacha) oshiriladi va 4 soat davomida qismlar bilan yuboriladi. Og‘ir gipomagniyemiyada vena ichiga infuziya tarzida yuborilganida 20 ml preparat (5 g magniy sulfat) 1 l 0,9% li natriy xlorid eritmasi yoki 5% li glyukozaga qo‘shiladi va kamida 3 soat davomida yuboriladi. Vena ichiga yuborilganida maksimal sutkalik doza 72 ml (18 g) ni tashkil etadi. Zarurat tug‘ilganida infuziya bir necha sutka davomida takrorlanadi. Arterial gipertenziya. I-II bosqichdagi arterial gipertenziyada har kuni mushak ichiga 5-10-20 ml dan yuboriladi. Davolash kursi – 15-20 inyektsiya tashkil qiladi, bunda arterial qon bosimi darajasining pasayishi bilan birga yaqqol ifodalangan stenokardiyaning kamayishi ham kuzatilishi mumkin. Gipertonik kriz. Mushak ichiga yoki vena ichiga 10-20 ml dan oqimli shaklda sekin yuboriladi. Yurak aritmiyalari. Aritmiyalarni to‘xtatish uchun 5-10 minut davomida vena ichiga 4-8 ml (1-2 g magniy sulfat) buyuriladi, zarurat tug‘ilganida inyektsiyani takrorlash mumkin (umumiy kiritilish 4 g gacha magniy sulfat). Oldiniga kamida 5 minut davomida 8 ml yuklama dozasida yuborish, keyin 0,9% li natriy xlorid eritmasi yoki 5% glyukoza eritmasiga aralashtirilgan 20 ml preparat infuziyasi kamida 6 soat davomida amalga oshirilishi mumkin yoki oldiniga kamida 30 minut davomida 8 ml yuborish, keyin kamida 12 soat davomida infuziyani amalga oshirish mumkin. Ishemik insult. 5-7 sutka davomida vena ichiga 10-20 ml dan buyuriladi. Tomir tortishish sindromi. Kattalarga mushak ichiga 5-10-20 ml buyuriladi. Bolalarga mushak ichiga 0,08-0,16 ml/kg tana vazni (20-40 mg/kg) hisobidan buyuriladi. Homiladorlar toksikozi. Sutkasiga mushak ichiga 1-2 marta 10-20 ml dan (bir vaqtning o‘zida neyroleptiklar qabuli bilan birlashtirish mumkin) buyuriladi. Preeklampsiya yoki eklampsiyada mushak ichiga yoki vena ichiga yuboriladi. Oldiniga bir marta mushak ichiga har bir dumbaga 10 ml dan yoki 3-4 minut davomida vena ichiga 16 ml (4 g magniy sulfat) buyuriladi. Undan keyin pay reflekslari va nafas olish faoliyatini muntazam nazorat qilgan holda har 4 soatda mushak ichiga 16-20 ml (4-5 g) yoki vena ichiga tomchilatib soatiga 4-8 ml (1-2 g/soat) kiritishda davom ettiriladi. Davolash xuruj to‘xtagunga qadar davom ettiriladi. Maksimal sutkalik doza – 40 g magniy sulfat, buyrak faoliyati buzilganida – 20 g/48 soat tashkil qiladi. Tug‘ruqni og‘riqsizlantirish. Mushak ichiga 5-10-20 ml dan, zarurat tug‘ilganida magniy sulfat analgetiklar bilan aralashtiriladi. Siydikni tutilishi. Siydikni tutilishi va og‘ir sanchiqlarda mushak ichiga 5-10 ml preparat yoki vena ichiga 5 marta eritilgan 5-10 ml 25% li magniy sulfat eritmasi yuboriladi (shuningdek klizma ko‘rinishida buyurilanadi). Antidot sifatida. Simob, margimush, tetraetilqo‘rg‘oshin bilan intoksikatsiyada vena ichiga 2,5-5 marta eritilgan 25% li magniy sulfat eritmasi 5-10 ml dan yuboriladi. Eruvchan bariy tuzlari bilan zaharlanganda vena ichiga 4-8 ml buyuriladi yoki me’da 1% li magniy sulfat eritmasi bilan yuviladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda bosh suyagi ichi gipertenziyasi va og‘ir asfiksiyada kompleks terapiyada sutkasiga mushak ichiga yuborish 0,2 ml/kg tana vazni dozasidan boshlanadi va 3-4-sutkada doza sutkasiga 0,8 ml/kg tana vaznigacha 3-8 sutka davomida oshiriladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda magniy tanqisligini bartaraf etish uchun 5-8 kun davomida sutkasiga 1 marta 0,5-0,8 ml/kg dan buyurilanadi.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial gipotenziya, bradikardiya, yurak urishini his qilish, o‘tkazuvchanlikning buzilishi, qon quyilishlari/qizib ketishni his qilish, EKGda RQ intervalining uzayishi va QRS kompleksining kengayishi, aritmiya, koma, yurak urishining to‘xtashi. Nafas olish a’zolari tomonidan: hansirash, nafas olishning siqilishi. Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, umumiy xolsizlik, uyquchanlik, ong chalkashishi, hushdan ketish, kayfiyatni tushishi, pay reflekslarining pasayishi, diplopiya, bezovtalik, nutq buzilishi, tremor va oyoq-qo‘llarning uvushib qolishi. Tayanch-harakat apparati tomonidan: mushakni bo‘shashi. Ovqat hazm qilish yo‘lli tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish. Immun tizimi tomonidan: allergik reaktsiyalar, shu jumladan anafilaktik shok, angionevrotik shish, gipertermik sindrom, uvushish. Teri tomonidan: giperemiya, qichish, toshma, eshak yemi, kuchli terlash. Siydik chiqarish tizimi tomonidan: poliuriya. Reproduktiv tizim va ko‘krak bezlari tomonidan: bachadon atoniyasi. Moddalar almashinuvi, metabolizm buzilishi: gipokaltsiyemiya, gipofosfatemiya, giperosmolyar degidratatsiya. Inyektsiya joyidagi buzilishlar: giperemiya, shish, og‘riq.

Preparat komponentlariga individual yuqori sezuvchanlik; arterial gipotenziya; yaqqol ifodalangan bradikardiya (yurak qisqarishlari tez-tezligi minutiga 55 ta yurak urishidan kam); atrioventrikulyar blokada; kaltsiy tanqisligi va nafas olish markazining susayishi bilan shartlangan holatlar; kaxeksiya; buyrak faoliyatining buzilishi; yaqqol ifodalangan jigar yoki buyrak yetishmovchiligi; miasteniya; xavfli o‘smalarda qo‘llanadi.

Kaltsiy ionlari magniy ionlariga nisbatan antagonistik ta’sirga ega, bu ular bir vaqtda qo‘llanganida magniy sulfatning farmakologik samaralari pasayishiga olib keladi. Preparat markaziy nerv tizimini (narkotik moddalar, analgetiklar) susaytiruvchi dori vositalarining ta’sirini kuchaytiradi. Miorelaksantlar va nifedipin bir vaqtda qo‘llanganida neyromushak blokadasi kuchayadi. Nifedipin kabi kaltsiy kanallarining blokatorlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida kaltsiy muvozanatining buzilishiga va mushak faoliyatining buzilishiga olib kelishi mumkin. Barbituratlar, narkotik analgetiklar va antigipertenziv vositalar nafas olish markazining ehtimoliy susaytirishini oshiradi. Yurak glikozidlari o‘tkazuvchanligining buzilishi va atrioventrikulyar blokada rivojlanishi xavfini oshiradi. Antitrombotik vositalar, K vitamini antagonistlari, izoniazid, monoaminlarni teskari neyronal bosib olishning noselektiv ingibitorlari samarasi pasayadi. Meksiletinning chiqarilishi sekinlashishi va shu munosabat bilan uning dozasini qayta ko‘rib chiqish talab etilishi mumkin. Propafenon bilan ikkala preparat ta’siri kuchayadi va toksik samarasi xavfi oshadi. Tetratsiklinlar guruhiga kiruvchi antibiotiklarning so‘rilishini buzaladi, ichak tutilishi ehtimoli bor, streptomitsin va tobramitsin ta’sirini susaytiradi.

Davolash boshlanishidan oldin qondagi magniy darajasini aniqlash kerak. Kattalarda qon plazmasidagi magniyning normal darajasi 0,75-1,26 mmol/l ni tashkil etadi. Preparat qo‘llanganida magniyning siydik bilan ajralib chiqishining oshishi hujayra tashqarisidagi suyuqlikning ko‘payishida, buyrak qon tomirlarining kengayishida, giperkaltsiyemiyada, natriyning siydik bilan chiqarilish darajasining yuqoriligida, osmotik siydik haydovchi (mochevina, mannit, glyukoza), «halqali» siydik haydovchi (furosemid, etakrin kislota, tiazidlar) vositalar tayinlanganida, yurak glikozidlari, kaltsitonin, tireoidin qabul qilinganida, uzoq vaqt davomida (3-4 sutkadan ortiq) dezoksikortikosteron atsetat yuborilganida sodir bo‘lishini hisobga olish zarur. Magniy chiqarilishining sekinlashuvi paratgormon kiritilganida kuzatiladi. Buyrak yetishmovchiligida magniy chiqarilishi sekinlashadi, takroriy kiritishlarda uning kumulyatsiyasi yuz berishi mumkin. Shu bois keksa yoshli bemorlarda va buyrak faoliyatining og‘ir buzilishlariga ega bemorlarda doza 48 soat ichida 20 g magniy sulfat (81 mmol Mg2+)dan oshmasligi kerak, oliguriyaga ega yoki buyrak faoliyatining og‘ir buzilishlariga ega bemorlarda magniy sulfatni vena ichiga tez yuborish mumkin emas. Siydik chiqarish yo‘llari infektsiyalari ammiak-magniyli fosfatlar pretsipitatsiyasini tezlashtiradi, bunda magnezioterapiya vaqtinchalik tavsiya etilmaydi. Magniy chiqarilishi buzilganida magniy sulfat parenteral kiritilganidan keyin gipermagniyemiya ehtimoli bor. Miasteniya va nafas olish a’zolari kasalliklarida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Preparat uzoq vaqt davomida qo‘llanganida yurak-qon tomir tizimi, pay reflekslari, buyrak faoliyati va nafas olish tez-tezligini monitoring qilish tavsiya etiladi. Magniy sulfatni vena ichiga kiritishni sekinlik bilan amalga oshirish lozim: kiritish tezligi haddan tashqari yuqori bo‘lganida gipermagniyemiya yuzaga kelishi ehtimoli mavjud (simptomlari: ko‘ngil aynishi, paresteziyalar, sedativ samara, gipoventilyatsiya apnoega qadar, chuqur pay reflekslarining pasayishi). V6 vitamini va insulinning bir vaqtda parenteral yuborilishi magnezioterapiyaning samaradorligini oshiradi. Vena ichiga magniy sulfat va kaltsiy preparatlarini bir vaqtda yuborish zarurati tug‘ilganida ularni turli venalarga yuborish zarur, bunda magniy darajasi organizmdagi kaltsiy darajasiga bog‘liqligini inobatga olish kerak.

Magniy sulfatni homiladorlik davrida alohida ehtiyotkorlik bilan, qondagi magniy kontsentratsiyasini hisobga olgan holda, kutilayotgan terapevtik samara homila uchun ehtimoliy xavfdan yuqori bo‘lgan holatlarda qo‘llash kerak. Tug‘ruq paytida og‘riqsizlantirishda bachadon mushaklarining qisqarish qobiliyati susayishi ehtimolini hisobga olish zarur, bu tug‘ruqni rag‘batlantiruvchi vositalarni qo‘llashni talab etadi. Preparatdan foydalanish zarurati paydo bo‘lganida emizishni to‘xtatish lozim.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Retsept bo‘yicha

25% li inyektsiya uchun eritma 5 ml dan ampulalarda №10.

3 yil.