MR Eritromitsinretsept bilan

Tarkibi:

Faol modda: Eritromitsin – 10 ming TB. Yordamchi moddalar: lanolin (suvsiz lanolin) – 0,4 g, natriy disulfiti (natriy metasulfiti, natriy pirosulfiti) – 0,0001 g, “ko‘z surtmalari uchun” vazelin – 1 g gacha.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Eritromitsin

Preparatning savdo nomi:

MR Eritromitsin

Farmakalogik guruhi:

Antibiotik (makrolidlar guruhi). ATX kodi: S01AA17

Dori shakli:

Ko‘z surtmasi

Och-sariqdan qo‘ng‘ir-sariq rangligacha bo‘lgan surtma.

Antibiotik (makrolidlar guruhi). ATX kodi: S01AA17

Ko‘zning shox pardasi va ko‘z suyuqligiga so‘riladi. Mahalliy qo‘llanganda tizimli so‘rilishi past. Biokiraolishligi 30-65% ni tashkil qiladi. Organizmning ko‘pgina to‘qimalari va suyuqliklarida taqsimlanadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 70-90% ni tashkil qiladi. Faol bo‘lmagan metabolitlarini qisman hosil qilib, jigarda metabolizmga uchraydi. Yarim chiqarilish davri – 1,4-2 soat. Ichak va buyraklar orqali chiqariladi.

Sezgir mikroorganizmlar chaqirgan ko‘z infektsiyalari: kon’yunktivit (shu jumladan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda), bakterial blefarit, blefarokon’yunktivit, meybomit; bakterial keratit, xlamidiyalar chaqirgan kon’yunktivitlar, blefarokon’yunktivitlar, traxomani majmuaviy davolashda; yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda blennoreyani oldini olishda qo‘llaniladi.

Surtmani pastki qovoq ortiga 1-1,3 sm uzunlikdagi tizimcha ko‘rinishida olib kuniga 3 marta qo‘yiladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar oftalmiyasi, bakterial kon’yunktivit, blefarit, blefarokon’yunktivit, meybomit, keratitni majmuaviy davolashda davolash davomiyligi kasallikning shakli va og‘irlik darajasiga bog‘liq, ammo 14 kundan oshmasligi kerak. Travxomani davolashda – kuniga 4-5 marta qo‘yiladi, davolashni follikulani ochish bilan birga olib borish kerak. Yallig‘lanish jarayoni bartaraf qilinganidan keyin preparat kuniga 2-3 marta qo‘llaniladi. Traxomani davolash davomiyligi 4 oygacha. Xlamidiyalar chaqirgan kon’yunktivitni davolashda surtmani kuniga 4-5 marta kon’yunktiva bo‘shlig‘iga qo‘yiladi, davolash davomiyligi kasallikning og‘irlik darajasiga bog‘liq, 3 oygacha. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda blennoreyani oldini olish uchun 0,5-1 sm uzunlikdagi surtma tizimchasini pastki qovoq ortiga bir marta qo‘yiladi.

Mahaliy reaktsiyalar: giperemiya, ko‘z shilliq qavatini ta’sirlanishi, ko‘rishni noaniqligi, allergik reaktsiyalar.

Preparat komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik, jigar va buyrak faoliyatini og‘ir buzilishlari, anamnezida sariqlik bo‘lgan patsiyentlarda. Ehtiyotkorlik bilan. Keksalarda, buyrak va jigar faoliyatini buzilishlarida.

Preparat linkomitsin, klindamitsin, xloramfenikol bilan nomutanosib (antagonizm). Beta-laktam antibiotiklarining (penitsillinlar, tsefalosporinlar, karbopenemlar) bakteritsid ta’sirini susaytiradi. Aminoglikozidlar bilan farmatsevtik jihatdan nomutanosib. Kortikosteroidlar bilan qo‘llashda ularning samarasini kuchayishiga olib keladi.

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar oftalmiyasini oldini olishda eritromitsin ko‘z surtmasini ko‘zdan yuvib tashlash mumkin emas. Onasida klinik yaqqol namoyon bo‘lgan gonoreyasi bo‘lgan bolalarda eritromitsin oftalmologik dori vositasi sifatida parenteral qo‘llash uchun penitsillin G ning suvli eritmasi bilan bir vaqtda qo‘llaniladi. Tuba ochilganidan keyin 1 oy davomida ishlatish kerak. Homiladorlikda va emizish davrida qo‘llanilishi Homiladorlikda faqat juda zarur bo‘lgan holdagina, ona uchun bo‘lishi mumkin bo‘lgan foyda, homila uchun xavfdan ustun bo‘lgandagina qo‘llash mumkin. Emizish davrida preparatni buyurish zarurati tug‘ilganda, emizishni to‘xtatish kerak. Transport vositasini boshqarish, mashinalar va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta’siri Davolash vaqtida transport vositalarini boshqarish va qo‘llashdan keyinoq ko‘rishning aniqligini talab qiluvchi mashinalar va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatishdan saqlanish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 5°S dan 15°S gacha bo‘lgan xaroratda saqlansin.

Preparatning dozasini oshirib yuborilishi haqida ma’lumotlar yo‘q.

Retsept bo‘yicha

Ko‘z surtmasi 10 ming TB/g. 10 g dan alyumin tubalarda. Har bir tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

3 yil.