MR Dirmoveytretsept bilan

Tarkibi:

faol modda: klobetazol propionati – 0,05 g; yordamchi moddalar: propilenglikol, sorbitan seksvioleati, tibbiy vazelin.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

klobetazol

Preparatning savdo nomi:

MR Dirmoveyt

Farmakalogik guruhi:

Glyukokortikosteroid.

Dori shakli:

surtma

yot kiritmalarsiz, oq yoki deyarli oq rangli tiniq bir xil surtma.

Glyukokortikosteroid.

So‘rilishi. Mahalliy glyukokortikosteroidlar shikastlanmagan sog‘lom teri orqali tizimli ravishda so‘rilishi mumkin. Mahalliy glyukokortikosteroidlarni teri orqali o‘tish darajasi ko‘pchilik omillar, shu jumladan teri orqali transporti va epidermal to‘siqni butunligi bilan belgilanadi. Okklyuziya, terini yallig‘lanishi va/yoki terini boshqa kasalliklari ham teri orqali o‘tishini oshirishi mumkin. Yagona tadqiqotda plazmada klobetazol propionatining o‘rtacha cho‘qqi kontsentratsiyasiga (0,63 ng/ml) 30 g klobetazol propionati 0,05% surtma ko‘rinishida sog‘lom teriga takroran (birinchi applikatsiyadan so‘ng 13 soatdan keyin) surtilganidan so‘ng 8 soatdan keyin erishishi aniqlangan. Krem shaklidagi klobetazol propionatining ikkinchi dozasi (30 g) applikatsiya qilinganidan so‘ng 10 soatdan keyin uning plazmadagi o‘rtacha cho‘qqi kontsentratsiyasi surtma shaklida shunday ishlatilgandagiga nisbatan biroz ustun bo‘ladi. Boshqa tadqiqotda psoriaz va ekzemasi bo‘lgan patsiyentlarda klobetazol propionatini 0,05% 25 g surtma holida bir marta qo‘llanganidan so‘ng 3 soatdan keyin plazmadan preparatning o‘rtacha maksimal kontsentratsiyasi muvofiq ravishda 2,3 mg/ml va 4,6 mg/ml ni tashkil qilishi aniqlangan. Taqsimlanishi. Mahalliy glyukokortikosteroidlarning tizimli ta’sirini baholash uchun farmakodinamik yakuniy nuqtalardan foydalanish, qonda aylanib yurgan darajasi mahalliy aniqlangan darajasidan ahamiyatli pastligi sababli kerakdir. Metabolizmi. Teri orqali so‘rilganidan so‘ng mahalliy glyukokortikosteroidlar, eng avvalo, asosan jigarda metabolizmga uchraydigan aynan tizimli qo‘llanadigan glyukokortikosteroidlar o‘tadigan metabolik yo‘llardan o‘tadilar. Chiqarilishi. Mahalliy glyukokortikosteroidlar buyraklar orqali chiqariladi. Bundan tashqari, ba’zi glyukokortikosteroidlar va ularning metabolitlari, shuningdek safro bilan chiqariladilar.

MR Dirmoveyt glyukokortikosteroidlar bilan davolashga sezgir bo‘lgan dermatozlarda yallig‘lanish ko‘rinishlari va qichishishlarni yengillatish uchun 1 yoshdan oshgan bolalar, keksa yoshdagi odamlar va kattalarda qo‘llash uchun mo‘ljallangan yuqori faol mahalliy glyukokortikosteroid hisoblanadi. Xususan: – psoriaz (tarqoq tugunli psoriazdan tashqari); – ekzema (turli shakllari); – qizil yassi temiratki; – diskoid qizil yugurik; – faolligi kamroq bo‘lgan glyukokortikosteroidlar bilan davolashga chidamli bo‘lgan teri kasallilklari.

Surtma. Surtma quruq, lixinifitsiyalangan yoki qipiqlanadigan shikastlanishlarga to‘g‘ri keladi. Kattalar, keksa yoshdagilar va 1 yoshdan oshgan bolalar. Preparatni kerakli miqdori terining shikastlangan sohalariga holati yaxshilangunicha ko‘pi bilan 4 hafta davomida kuniga 1 yoki 2 marta yupqa qavat qilib qo‘yiladi va ehtiyotkorlik bilan surtiladi. So‘ngra qo‘llash tez-tezligini qayta ko‘rib chiqish yoki kuchsizroq preparat bilan davolashga o‘tish kerak. Emolentani ishlatishdan oldin preparat har safar qo‘llanganidan so‘ng so‘rilishi uchun yetarlicha vaqt kerak. Kasallikni zo‘rayishlarida MR Dirmoveyt preparati bilan qisqa muddatli takroriy davolash kurslarini o‘tkazish mumkin. Terini turg‘unroq shikastlanishlarida, ayniqsa, giperkeratozlarda zarurat bo‘lganida MR Dirmoveytning ta’sirini surtmani polietilen plyonkani ishlov berilgan yuzasiga qo‘yish yo‘li bilan kuchaytirish mumkin. Ijobiy natija olish uchun germetik bog‘lam odatda butun tun davomiga qo‘yiladi. Erishilgan samara teriga preparatni bog‘lamsiz oddiy usul bilan qo‘yish orqali tutib turiladi.

Quyidagi uchrash tez-tezligidan foydalanilgan: Juda tez-tez: (≥ 1/10); Tez-tez: (≥ 1/100, < 1/10); Ba’zan: (≥ 1/1000, < 1/100); Kam hollarda: (≥ 1/10000, < 1/1000); Juda kam hollarda: (< 1/10000), shu jumladan yagona hollar. Infektsiyalar va invaziyalar. Juda kam hollarda: opportunistik infektsiyalar. Immun tizimi tomonidan. Juda kam hollarda: mahalliy o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari. Endokrin tizimi tomonidan. Juda kam hollarda: gipotalamo-gipofizar buyrak usti bezlari (NRA) tizimini bostirilishi. Kushing sindromini belgilari (masalan, oysimon yuz, markaziy semirish), bolalarda tana vaznini oshishini kechikishi/o‘sishni sekinlashishi, osteoporoz, glaukoma, giperglikemiya/glyukozuriya, katarakta, arterial gipertenziya, tana vaznini oshishi/semirish, endogen kortizol miqdorini pasayishi, alopetsiya, sochlarni sinuvchanligi. Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan. Tez-tez: qichishish, achishish. Ba’zan: teri atrofiyasi, striyalar, teleangiektaziyalar.

Quyidagi holatlarda MR Dirmoveyt preparatini qo‘llash mumkin emas: – terini davolanmagan infektsiyalari; – rozatsea (pushti rang husnbuzar); – vulgar husnbuzar; – yallig‘lanishsiz qichishish; – perianal va genital qichishish; – og‘iz atrofi dermatiti. Bir yoshdan kichik bo‘lgan bolalarda dermatozlarda, jumladan dermatitlarda MR Dirmoveyt preparatini qo‘llash mumkin emas.

CYP3A4 ni ingibitsiya qilishi mumkin bo‘lgan preparatlar (masalan, ritonavir va itrakonazol) bilan bir vaqtda qabul qilish glyukokortikosteroidlarning metabolizmini ingibitsiya qiladi, bu tizimli ta’sirini oshishiga olib keladi. O‘zaro ta’sir qilish darajasi glyukokortikosteroidlarni dozasi va yuborilish usuliga va CYP3A4 ingibitorini faolligiga bog‘liq. Boshqa preparatlar bilan mutanosibligi. Ma’lumotlar yo‘q.

MR Dirmoveyt preparatini anamnezida mahalliy glyukokortikosteroidlarga yoki preparatning har qanday yordamchi moddalariga o‘ta yuqori sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Mahalliy o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari davolanishdagi shartli simptomlarni eslatishi mumkin. Tizimli samaralarni oshishini xavf omillari: Mahalliy kortikosteroidlarni dori shakli va samaradorligiTa’sirini davomiyligiTerini katta yuzasiga qo‘llanishiTerini yopiq sohalariga qo‘llanishi (masalan, qizargan sohalariga yoki okklyuzion bog‘lovlar ostiga), (emizikli bolalarda tagliklari okklyuzion bog‘lovlar sifatida ta’sir qilishi mumkin)Shox pardaning gidratatsiyasini oshishiYuz kabi terining nozik sohalariga qo‘llanishiTerining shikastlangan sohalariga yoki terini himoya faoliyati susaygan sohalariga qo‘llanishiKattalarga nisbatan bolalar va go‘daklarda mahalliy glyukokortikosteroidlarni katta miqdori proportsional ravishda so‘rilishi mumkin, va demak, tizimli nojo‘ya samaralarni rivojlanishiga beriluvchan bo‘ladilar. Bu bolalarda terining himoya faoliyatini yetarli darajada rivojlanmaganligi va teri yuzasi maydonini tana vazniga nisbati kattalarga nisbatan kattaroq bo‘lishi bilan bog‘liq. Bolalar Go‘daklarda va 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda, imkon boricha, mahalliy glyukokortikosteroidlar bilan uzoq muddat uzluksiz davolashdan saqlanish kerak, chunki bu buyrak usti bezlari faoliyatini susayishiga olib kelishi mumkin. Bolalar mahalliy glyukokortikosteroidlarni qo‘llash fonida atrofik o‘zgarishlarni rivojlanishiga ko‘proq beriluvchan bo‘ladilar. Bolalarda MR Dirmoveyt preparatini qo‘llash zarurati bo‘lganida bir necha kun davomida qabul qilishni cheklash kerak, shuningdek haftada kamida bir marta shifokorning kuzatuvi talab iqlinadi. Okklyuziyalarda infektsiyani rivojlanish havfi Okklyuzion bog‘lovlarni qo‘yishda yuzaga keladigan iliq, nam sharoitlar bakterial infektsiyani rivojlanishiga zamin yaratadi, shuning uchun yangi bog‘lovni qo‘yishdan oldin albatta terini tozalash kerak. Psoriazda qo‘llanishi. Psoriaz bo‘lgan patsiyentlarda mahalliy glyukokortikosteroidlarni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki terining himoya faoliyatini buzilishi tufayli retsidivlar, preparatga rezistentlik, kasallikni tarqoq pustulyoz shakli, mahalliy yoki tizimli toksik reaktsiyalarni rivojlanish havfi kuzatilgan. Davolanish davrida bunday patsiyentlar doimo davolovchi shifokor nazoratida bo‘lishlari kerak. Yondosh infektsiyalar Ikkilamchi infektsiya qo‘shilganida tegishli antibakterial davolash o‘tkazish kerak. Tarqoq infektsiyani har qanday belgilarida mahalliy glyukokortikosteroidlar bilan davolashni to‘xtatish va tegishli antibakterial preparatlar bilan davolash kerak. Oyoqlarni surunkali yarasi Mahalliy glyukokortikosteroidlar ba’zan oyoqlarni surunkali yarasi atrofidagi dermatitni davolash uchun ishlatiladi. Biroq, bunday qo‘llash mahalliy o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarining rivojlanish foizini yuqoriroq bo‘lishi va mahalliy infektsiyani rivojlanish havfini oshishi bilan bog‘liq. Yuzga qo‘llanishi Preparat yuzga qo‘llanmagani ma’qul, chunki bu sohani atrofik o‘zgarishlarga beriluvchanligi yuqoriroqdir. Preparat yuzga qo‘llanganida davolanish bir necha kun bilan cheklanishi kerak. Qovoqlarga qo‘llanishi MR Dirmoveyt preparatini qovoqlarning terisiga surtish zarurati bo‘lganida, preparatni ko‘zlarga tushishidan saqlanish kerak, chunki ba’zi hollarda bu glaukoma va kataraktani rivojlanishini qo‘zg‘atishi mumkin. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi. Fertillik. Odamlarda mahalliy glyukokortikosteroidlarni fertillikka ta’sirini baholash bo‘yicha ma’lumotlar yo‘q. Kalamushlarning terisi ostiga yuborilgan klobetazol ularni juftlashishiga ta’sir qilmagan, biroq preparat eng yuqori dozalarda qo‘llanganida fertillik pasaygan. Homiladorlik. MR Dirmoveyt preparatini homilador ayollarda qo‘llash bo‘yicha ma’lumotlar cheklangan. Homilador hayvonlarda mahalliy glyukokortikosteroidlarni qo‘llash homilada rivojlanish nuqsonlarini chaqirishi mumkin. Odam uchun bu ko‘rinishni klinik ahamiyati aniqlanmagan. Homiladorlik vaqtida MR Dirmoveyt preparatini, faqat ona uchun kutilgan foyda homila uchun havfdan ustun bo‘lgan holda qo‘llash kerak. Preparatni minimal dozada va minimal davolash davomiyligida buyurish kerak. Laktatsiya. MR Dirmoveyt preparatini laktatsiya davrida qo‘llash havfsizligi aniqlanmagan. Mahalliy glyukokortikosteroidlarni qo‘llanishi ona sutidagi miqdorini aniqlash uchun yetarli bo‘lgan tizimli so‘rilishi mumkinligi to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q. Laktatsiya davrida MR Dirmoveyt preparatini faqat ona uchun kutilgan foyda bola uchun havfdan ustun bo‘lgan holda qo‘llash kerak. Agar MR Dirmoveyt preparati laktatsiya davrida ishlatilsa, preparatni og‘iz sohasiga behosdan tushishidan saqlanish uchun, ko‘krak sohasiga qo‘llash mumkin emas.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.

Simptomlari va belgilari: MR Dirmoveyt mahalliy qo‘llanganida tizimli samaralarni rivojlanishi uchun yetarli bo‘lgan miqdorlarda so‘riladi. Dozani o‘tkir oshirib yuborilish ehtimoli kam, biroq, dozasi surunkali oshirib yuborilganida yoki noto‘g‘ri qo‘llanganida giperkortitsizmning belgilari rivojlanishi mumkin (“Nojo‘ya samaralari”ga qarang). Davolash: dozasi oshirib yuborilgan holda, glyukokortikosteroid yetishmovchilikni rivojlanish havfi borligi sababli MR Dirmoveyt preparatini qo‘llash tez-tezligini kamaytirish yoki faolligi kamroq glyukokortikosteroidga o‘zgartirish yo‘li bilan asta-sekin bekor qilish kerak.

Retsept bo‘yicha

Maz 15 g, 20 g va 25 g dan tubalarda.

2 yil.