MR Biotseptalretsept bilan

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: sulfametoksazol – 400 mg; trimetoprim – 80 mg; yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, laktoza monogidrati, stearin kislotasi.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

kotrimoksazol (sulfametoksazol, trimetoprim)

Preparatning savdo nomi:

MR Biotseptal

Farmakalogik guruhi:

Antibakterial sintetik vositalar (sulfanilamidlar).

Dori shakli:

tabletkalar

och sariq tusli oq tabletkalar, biroz marmarlikka yo‘l qo‘yiladi.

Antibakterial sintetik vositalar (sulfanilamidlar).

J01EE01

Ichga qabul qilinganida preparatning ikkala komponenti me’da-ichak yo‘llaridan to‘liq so‘riladi. Faol moddalarning terapevtik kontsentratsiyalarining darajasi qabul qilgandan so‘ng 60 minutdan keyin qayd etiladi va 12 soat davomida saqlanib turadi. Preparatning faol komponentlarining maksimal kontsentratsiyasi (Smax) 1-4 soatdan so‘ng kuzatiladi. Preparatning ikkala komponenti gematoentsefalik to‘siq orqali, shuningdek ko‘krak sutiga oson o‘tadi. Trimetoprim hujayralarga va to‘qima to‘siqlari orqali – o‘pkalarga, buyraklarga, prostata beziga, safroga, so‘lakka, balg‘amga, orqa miya suyuqligiga yaxshi o‘tish xususiyati bilan ajralib turadi. Trimetoprimning oqsillar bilan bog‘lanishi 50%, uning yarim chiqarilish davri (T1/2) me’yorda 8, 6 soatdan 17 soatgacha. Trimetoprimning asosiy chiqarilish yo‘li – buyraklar orqali, bunda 15 dan 30% gachasi faol shaklda.

Sulfametoksazol/trimetoprim majmuasiga sezgir bo‘lgan qo‘zg‘atuvchilar chaqirgan infektsion kasalliklarni davolashda qo‘llanadi. Nafas yo‘llarining infektsiyalari (bronxit, empiyema, bronxoektaziya, o‘pka abstsessi, pnevmoniya), LOR–infektsiyalari; siydik yo‘llarining infektsiyalari (uretritlar, tsistitlar, piyelitlar, surunkali piyelonefrit, prostatit); ayollar va erkaklar jinsiy a’zolarining infektsiyalari, xususan asoratlanmagan gonoreya; o‘t yo‘llarining infektsiyalari; me’da – ichak yo‘llarining infektsiyalari (qorin tifi, paratif A, V va ular bilan bog‘liq bo‘lgan enteritlar, surunkali salmonella tashuvchilik); jarrohlik infektsiyalar; preparatga sezgir bo‘lgan bakteriyalar chaqirgan septitsemiya; teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalarida (piodermiya, furunkulez, abstsesslar) qo‘llanadi.

Preparat ichga, ertalab va kechqurun ovqatdan keyin 1 stakan suv bilan birga qabul qilinadi. O‘tkir infektsiyada preparat eng kamida 5 kun va klinik manzara me’yorlashgandan so‘ng yana eng kamida 2–3 kun qabul qilinadi. Davolash jarayonida yetarli miqdorda suyuqlik iste’mol qilishga e’tibor berish kerak. Bolalarga: 3 oylikdan 6 oylikgacha ¼ tabletkadan sutkada 2 marta; 6 oylikdan 3 yoshgacha ¼ yoki ½ tabletkadan sutkada 2 marta; 4 yoshdan 6 yoshgacha ½ yoki 1 tabletkadan sutkada 2 marta; 7 yoshdan 12 yoshgacha 1 tabletkadan sutkada 2 marta; 12 yoshdan oshgan bolalar va kattalarga 1-2 tabletkadan sutkada 2 marta buyuriladi. Og‘ir infektsiyalarda kattalarda doza maksimal yo‘l qo‘yilgan dozagacha ko‘paytirilishi mumkin – 960 mg sutkada 4 marta. Siydik yo‘llarining infektsiyalarini qaytalanishlarini uzoq muddatli oldini olish uchun har kuni kattalarga 720–960 mg, 6–12 yoshli bolalarga 240–480 mg tavsiya qilinadi. Buyraklarning funktsiyasi pasaygandagi doza: kreatinin klirensi (KK) minutiga 30 ml bo‘lganida – standart doza; KK minutiga 15 – 30 ml bo‘lganda – standart dozaning yarmi; KK minutiga 10 ml kam bo‘lganda – preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Buyrak yetishmovchiligida preparatning plazmadagi kontsentratsiyasini aniqlash lozim. Davolashning har 3 kunidan keyin, sulfametoksazolning plazmadagi kontsentratsiyasini tahlil qilish kerak. Tahlil uchun qonni, preparat oxirgi qabul qilinganidan so‘ng 12 soat o‘tgach olish kerak. Agar sulfametoksazolning kontsentratsiyasi 150 mkg/ml dan yuqori bo‘lsa, preparatni keyinchalik qabul qilishni to‘xtatish lozim. Agar gemodializdan so‘ng, sulfametoksazolning kontsentratsiyasi 150 mkg/ml dan past bo‘lsa, davolashni davom ettirish mumkin. Davolash kursi 5 kundan ko‘proqqa uzaytirilganida va/yoki doza oshirilganida gematologik nazoratni o‘tkazish lozim: qon manzarasi o‘zgargan holda folat kislotasini sutkada 5-10 mg dan buyurish lozim.

Me’da sohasi og‘riqlar, ishtahani yo‘qolishi, qusish, ich ketishi, ichakning kuchayib boruvchi yallig‘lanishi, soxtamembranoz enterokolit; milklarning yallig‘lanishi, og‘izda noxush ta’mning paydo bo‘lishi, har xil turdagi allergik reaktsiyalar; qaytuvchan ataksiya; o‘tkir psixoz; uzoqni ko‘ra olmaslik; gepatit (shu jumladan xolestatik) disdiadoxokinez, pankreatit, gipoglikemiya, kristalluriya, metabolik atsidoz; nefrit, trombotsitopeniya, agranulotsitoz, aplastik anemiya, o‘tkir gemolitik anemiya, o‘tkir megaloblastik anemiya; aseptik meningit, o‘pka infiltratlari, interstitsial va eozinofil pnevmoniya kabi o‘pkadagi allergik reaktsiyalar, shuningdek nafas yetishmovchiligi. Preparatni qabul qilish oqibatida fotosensibilizatsiya yuz berishi mumkin. OITS bilan kasallanganlarda nojo‘ya ta’sirlarining ehtimoli juda yuqori. Ularda qon plazmasidagi preparatning mikdorini muntazam nazorat qilish kerak. Jiddiy va hayot uchun xavfli nojo‘ya ta’sirlari asosan katta yoshdagi (60 yoshdan yuqori) bemorlarda uchraydi.

Xomiladorlik, laktatsiya davri. Chaqaloqlar yoshi (8 haftalikkagacha), chala tug‘ilgan bolalar. Jigar va buyraklar (kreatinin klirensi minutiga 10 ml dan kam) funktsiyasining yaqqol buzilishlari; o‘tkir porfiriya. Sulfanilamid preparatlariga (shu jumladan antidiabetik va diuretik sulfanilamidlar), trimetoprim va uning analoglariga (masalan, tetraksoprim) o‘ta yuqori sezuvchanlik. Ekssudativ eritemalarning turli shakllari (shu jumladan anamnezdagi), qon kasalliklari (trombotsitopeniya, granulotsitopeniya, gemolitik anemiya, aplastik anemiya, megaloblast anemiya, leykopeniya, metgemoglobinemiya), eritrotsitar glyukozo–6–fosfat–digidrogenazaning tug‘ma yetishmovchiligi, patologik gemoglobin (gemoglobin – Keln, gemoglobin – Tsyurix). Folat kislotasining yetishmovchiligi, Daun kasalligi. Preparat o‘sma kasalligiga qarshi davolanayotgan, shuningdek Stivens–Djonson sindromi bo‘lgan yoki anamnezida shu haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lgan bemorlarga tavsiya etilmaydi. Qalqonsimon bezining funktsiyasi buzilgan bemorlarda juda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.

Preparat antikoagulyantlar, sulfanilmochevina guruhi antidiabetik vositalar, difenilgidantoin, metotreksat, digoksin, vena ichiga yuboriluvchi qisqa ta’sir qiluvchi barbituratlar (tiopental) ning ta’sirini kuchaytiradi. Probenetsid, fenilbutazon, salitsilatlar, sulfinpirazon preparatning ta’sirini kuchaytiradi. Antatsidlar, paraaminobenzoy kislotasining hosilalari, benzokain, prokain, tetrakain, paraldegid preparatning ta’sirini kamaytiradi. Geksametilentetramin, geksamidin, mindal kislotasi birga qabul qilinganida kristalluriya chiqarishi mumkin. Preparat bilan birga haftada 25 mg dan ortiq sutkalik dozada pirimetamin saqlovchi medikamentlar qon ko‘rsatkichlarini hatto megaloblastik anemiyagacha o‘zgarishini chaqirishi mumkin. Diuretiklar, ayniqsa tiazidlar bilan birga qo‘llanganida, keksa yoshdagi bemorlarda trombotsitopenik purpuraning tez-tezligi oshadi. Preparat kumarin antikoagulyantlarning gipotrombik ta’sirini kuchaytiradi. PASK va barbituratlar preparatning toksikliligini oshiradi. 6–merkaptopurinning so‘rilishini buzilishi va shu bilan bog‘liq bo‘lgan antileykemik ta’sirini susayishi mumkin. Tritsiklik antidepressantlar bilan birga qo‘llanganida ularning samaradorligi kamayadi. Tsiklosporin qabul qilayotgan buyragi ko‘chirib o‘tkazilgan patsiyentlar bir vaqtda preparat bilan davolanganida, sinergik ta’sirlari tufayli yuqori nefrotoksiklik kuzatiladi. Shuning uchun bunday patsiyentlar siydik yo‘llarining infektsiyalarida preparatni birinchi qator vositasi sifatida qabul qilishlari mumkin emas.

Preparat bilan davolanish vaqtida yoki darhol davolanishdan so‘ng uzoq muddatli va og‘ir ich ketishlarni paydo bo‘lishi soxtamembranoz enterokolitning rivojlanishidan dalolat berishi mumkin; bosh og‘rig‘ini paydo bo‘lishi, qusish, ko‘ngil aynishi, apatiya, areaktivlik, bosh aylanishi, etni uvishishi va haroratning ko‘tarilishi aseptik meningitning belgilari bo‘lishi mumkin; shuningdek grippga xos simptomlar, o‘pkaning yallig‘lanishi  kuzatilishi mumkin. Barcha bunday hollarda preparat qabul qilishni to‘xtatish va zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak. Uzoq vaqt (14 kundan ortiq) davolanganda, muntazam ravishda qon tarkibini tahlil qilish, ayniqsa trombotsitlar sonini aniqlash kerak. Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, ongni xiralashishi, ko‘rishni buzilishi va yuqorida qayd etilgan nojo‘ya ta’sirlarning zo‘rayishi. Davolash: preparatni bekor qilish, me’dani yuvish (haddan ziyod yuqori doza qabul qilinganidan so‘ng kechi bilan 2 soatdan keyin), ko‘p miqdorda suyuqlik ichish, jadallashtirilgan diurez, kaltsiy folinatini (sutkada 5-10 mg) qabul qilish.

Retsept bo‘yicha

2 yil.