MR B kompleksretsept bilan

Tarkibi:

faol moddalar: Tiamin gidroxloridi (V1 vitamini)               – 20 mg Riboflavin natriya fosfati (V2 vitamini)    – 2 mg Piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini)      – 2 mg Nikotinamid (RR vitamini)                             – 30 mg Kaltsiy pantotenati                                          – 1 mg yordamchi moddalar: dinatriy edetati, inyektsiya uchun suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

tiamin gidroxloridi, riboflavin natriy fosfati, piridoksin gidroxloridi, nikotinamid, kaltsiy pantotenati.

Preparatning savdo nomi:

MR B kompleks

Farmakalogik guruhi:

Vitamin kompleksi.

Dori shakli:

inyektsiya uchun eritma.

yashil tusli sariq rangli tiniq yoki deyarli tiniq suyuqlik.

Vitamin kompleksi.

A11EA

V6 vitaminining qabul qilingan dozasi 70-80% gacha mushaklarda, 10% gachasi jigarda, qolgan qismi – boshqa a’zo va to‘qimalarga taqsimlanadi. Riboflavin turli to‘qimalarga tekis taqsimlanadi. V1 vitamini yuqori darajada metabolizmga uchraydi va uning asosiy metoboliti bo‘lib piramin va tiaminkarbon kislotasi hisoblanadi. Piridoksin va piridoksamin  piridoksalkinaza fermenti bilan fosforlanadi va keyin flavinga qaram bo‘lgan ferment yordamida piridoksal – 5-fosfatiga aylanadi. Nikotinamid N-metil-nikotinamidgacha metabolizmga uchraydi, u bundan so‘ng oksidlanadi. V1 vitamini safro, siydik bilan chiqariladi va ko‘krak suti bilan ajraladi. V2 vitamini riboflavin-5-fosfat ko‘rinishida yoki o‘zgarmagan holda siydik bilan chiqariladi. V6 vitamini metabolitlari ko‘rinishida siydik bilan chiqariladi. U gemodializ orqali chiqariladi. Gemodializ o‘tkazilayotgan bemorlar tavsiya qilingan dozadan 100% dan 300% gacha yuqorirog‘ini qabul qilishlari kerak. Nikotinamid asosan safro bilan, yuqoriroq dozalarda esa buyraklar orqali metabolitlari  ko‘rinishida yoki o‘zgarmagan holda chiqariladi.

V guruhi vitaminlariga yuqori talab (isitma holatlari, gipertireoz, homiladorlik, laktatsiya), V kompleks vitaminlarining birlamchi tanqisligi (beri-beri, pellagra, glossit, go‘sht va bug‘doysiz davomiy parhez), V kompleks vitaminlarining ikkilamchi tanqisligi (so‘rilishni buzilishi: davomli diareya, qusish, MIY ning surunkali kasalliklari, antibiotiklarni peroral qabul qilish), turli etiologiyali polinevritlar, nevralgiya, surunkali alkogolizm oqibatidagi entsefalopatiya, rentgen nurlanishidan keyingi holatda qo‘llanadi.

Preparat odatda mushak ichiga va kamdan-kam hollarda vena ichiga kuniga 1-2 ml dan 5-10 kun davomida qo‘llanadi.

Kam hollarda o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari kuzatilishi mumkin. Allergik reaktsiyalar (eshakemi, terini qichishishi, angionevrotik shish, kam hollarda – anafilaktik shok), yuqori ter ajralishi, taxikardiya. Nikotinamid (V kompleks tarkibidagi) yuz terisining qizarishini va qonning oqib kelishlarini chaqirishi mumkin.

– o‘ta yuqori sezuvchanlik; – II-III darajali arterial gipertoniyada qo‘llash mumkin emas.

Xlorpromazin V2 vitaminini siydik bilan chiqarilishini kuchaytiradi. Probenitsid V2 vitaminining tubulyar sekretsiyasini bostiradi, natijada siydik orqali chiqarilishi sekinlashadi va terapevtik va nojo‘ya ta’sirlari kuchayishi mumkin. V1 vitaminining mavjudligi yuqori qon bosimini davolash uchun qo‘llanadigan (antigipertenziv vositalar) bir qancha dori vositalarining samarasini kamayishiga, shuningdek barbituratlar va glutetimidning uxlatuvchi ta’sirini yo‘qolishiga olib kelishi mumkin. V1 vitamini, ayniqsa katta yoshli bemorlarda depressiya holatini davolash uchun qo‘llanadigan dori vositalari (nortriptilin, imipramin, dezipramin) ning ta’sirini kuchaytirishi mumkin. V6 vitamini levodopa (Parkinson kasalligini davolovchi preparatlar) ning terapevtik samarasini kamaytiradi. Nikotinamid va tutqanoqqa qarshi vositalarni (karbamazepin, diazepam va natriy valproati) bir vaqtda qo‘llash, ularning tutqanoqqa qarshi ta’sirini kuchaytirishi mumkin.

Quyidagi hollarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llansin: – me’da yarasi; gastrit, qon quyilishi, podagra, jigar va o‘t chiqarish yo‘llarini shikastlanishi; – uzoq vaqt davomida preparatni yuqori dozalarini qabul qilish (1 oydan 3 yilgacha) koordinatsiyani buzilishi va tovonlarda qattiq og‘riq bilan kechuvchi periferik nevropatiyaning rivojlanishini chiqarishi mumkin; – preparat Erlix reaktivi yordamida siydikdagi urobilinogen miqdorini aniqlashda soxtamusbat natijalarni rivojlanishi mumkin; – preparat siydikni sariq-olovrang rangga bo‘yashi mumkin.

Preparatni terapevtik dozalarda xomiladorlik davrida qo‘llash mumkin. Preparatni laktatsiya davrida qabul qilish tavsiya qilinmaydi. Agar qabul qilishning zarurati bo‘lsa, emizishni to‘xtatish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Preparatning dozasini oshirib yuborilishini ehtimoli kam. Doza oshirib yuborilganida simptomatik davolash o‘tkaziladi.

Inyektsiya uchun eritma 2 ml dan ampulalarda. 10 ampuladan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

2 yil.