Momat Rinoretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 g preparat quyidagilarni saqlaydi faol moddalar:        mometazon furoati monogidrati  0,714 mg (0,050), (mometazon furoatiga ekvivalent)           (0,500 mg); yordamchi moddalar: avitsel RC-591 (mikrokristall tsellyuloza, natriy kroskarmelloza), glitserol, limon kislotasi monogidrati, natriy tsitrati, polisorbat 80, benzalkoniy xloridi, tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

mometazon

Preparatning savdo nomi:

Momat Rino

Farmakalogik guruhi:

Antikongestantlar va boshqa nazla preparatlar. Nazal preparatlar. Kortikosteroidlar. Mometazon.

Dori shakli:

dozalangan nazal sprey, 50 mkg /doza; 60 doza va 120 doza

tiniq, oq yoki deyarli oq rangli quyuq suspenziya.

Antikongestantlar va boshqa nazla preparatlar. Nazal preparatlar. Kortikosteroidlar. Mometazon.

R01AD09

Nazal sprey ko‘rinishida mometazon furoatini qo‘llanilganda biokiraolishligi juda past (<1%) va hatto sezgirlik bo‘sag‘asi 0,25 pg/ml bo‘lgan aniqlash usulida ham qon plazmasida deyarli aniqlab bo‘maydi. In vitro sharoitda 5 dan 500 yeg/ml gacha kontsentratsiyalar diapazonida mometazon furoatining oqsillar bilan bog‘lanishi 98%-99% ni tashkil etadi. Tadqiqotlar mometazon furoati bir necha metabolitlargacha metabolizmga uchrashini namoyish qilgan. Plazmada asosiy metabolitlari aniqlanmagan. In vitro sharoitda inkubatsiyadan keyin ikkilamchi metabolit 6β-gidroksi-mometazon furoati aniqlangan. Odam jigari mikrosomalarida metabolitni shakllanishi tsitoxrom R450 3A4 (CYP3A4) tomonidan boshqariladi. Vena ichiga yuborilgandan keyin mometazon furoatining plazmadan yarim chiqarilish davri 5,8 soatni tashkil qiladi. Organizmdan metabolitlari ko‘rinishida asosan safro va ahamiyatsiz darajada siydik bilan chiqariladi.

kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalarda mavsumiy yoki yil bo‘yicha davom etuvchi allergik rinito‘rta va og‘ir darajada kechuvchi allergik rinitni oldini olish (taxmin qilingan gullash mavsumidan 2-4 xafta oldin tavsiya etiladi)18 yoshdan oshgan patsiyentlarda nazal poliplar va u bilan bog‘liq simptomlar, shu jumladan burunni bitishi va hid bilishni yo‘qolishida qo‘llanadi.

Nazal qo‘llash uchun buyuriladi. Momat Rinoni birinchi marta qo‘llashdan oldin, dozalovchi moslamani 10 marta bosish orqali nazal spreyni “kalibrovkasi” ni o‘tkazish kerak. “Kalibrovka” dan keyin dori vositasini stereotip chiqarilishi o‘rnatiladi, bunda har bir bosganda 50 mkg mometazon furoatini (bir doza) saqlovchi 100 mg suspenziyani ajralib chiqishi kuzatiladi. Agar nazal sprey 14 kun va undan ko‘proq vaqt davomida ishlatilmagan bo‘lsa, takroriy “kalibrovka” ni o‘tkazish kerak. Har bir qo‘llashdan oldin sprey saqlovchi flakonni jadal chayqatish kerak.

Tez-tez qo‘llash joyida ta’sirlanish, achishish, qichishish, aksirish, burundan qon ketishiburun shillq qavatida yarali o‘zgarishlarbosh og‘rig‘ifaringit Kam hollarda hansirash, bronxospazm Juda kam hollarda hid va ta’m bilishni buzilishianafilaktik reaktsiyalar, angionevrotik shishburun to‘sig‘i perforatsiyasi.

preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanliknazal spreyni burun shilliq qavatining davolanmagan mahalliy infektsiyasi mavjudligida ishlatish mumkin emassteroidlarning yaralarni bitishiga tormozlovchi ta’siri tufayli, yaqinda burunda operatsiya o‘tkazgan yoki jarohati bo‘lgan patsiyentlar o‘tkir davrda nazal spreydan foydalanmasliklari kerak.

Momat Rino nazal spreyini loratadin bilan bir vaqtda buyurilganda loratadin yoki uning asosiy metabolitining plazmadagi kontsentratsiyasini o‘zgarishlari aniqlanmagan. Mometazon furoati sezgirlik bo‘sag‘asi 50 pg/ml dan past bo‘lgan aniqlash usullarini qo‘llash bilan qon plazmasida aniqlanmagan. Bu preparatlar bilan majmuaviy davolash yaxshi o‘zlashtirilgan. Boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta’siri yuzasidan ma’lumotlar yo‘q.

Momat Rinoni nafas yo‘llarining faol yoki latent tuberkulyoz infektsiyasi, shuningdek davolanmagan zamburug‘li, bakterial infektsiyasi, tizimli virusli infektsiyasi yoki ko‘zlarni shikastlanishi bilan herpes simplex infektsiyasi bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi yoki qo‘llash mumkin emas. Momat Rino preparati bilan 12 oy davolagandan keyin burun shilliq qavatining atrofiyasi belgilari kuzatilmagan; bundan tashqari, mometazon furoati burun shilliq qavatining gistologik manzarasini normallashishiga olib kelgan. Momat Rinoni bir necha oy yoki undan ko‘proq qo‘llayotgan patsiyentlar burun shilliq qavatini kuzatilishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlari yuzasidan muntazam tekshiruvdan o‘tishlari kerak. Burun yoki halqumning mahalliy zamburug‘li infektsiyasi rivojlangan hollarda Momat Rino preparati bilan davolashni to‘xtatish yoki maxsus davolashni o‘tkazish kerak. Uzoq vaqt davomida saqlanayotgan burun va halqumning shilliq qavatini ta’sirlanishi ham preparat bilan davolashni to‘xtatish uchun ko‘rsatma bo‘lishi mumkin. Dori preparati tarkibila benzalkoniy xloridi bo‘lganligi tufayli bronxospazm holatlari kuzatilishi mumkin. Momat Rino preparati bilan uzoq vaqt davolaganda gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezi faoliyatini susayishi belgilari kuzatilmagan. Tizimli ta’sirga ega kortikosteroidlar bilan uzoq vaqt davolagandan keyin Momat Rino nazal spreyi bilan davolashga o‘tayotgan patsiyentlarni sinchkov shifokor kuzatuvi talab etiladi. Bunday bemorlarda tizimli ta’sirga ega kortikosteroidlarni qabul qilishni to‘xtatish buyrak usti bezi po‘stloq qismining faoliyatini yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin, bu tizimli kortikosteroidlar bian davolashni tiklash va boshqa tegishli davolashni qo‘llashni talab etishi mumkin. Tizimli ta’sirga ega kortikosteroidlar bilan davolashdan Momat Rino preparati bilan davolashga o‘tish vaqtida ayrim bemorlarda burundagi simptomlarni yengillashishi bilan bir qatorda kortikosteroidlarni bekor qilish simptomlari (masalan bo‘g‘imlar va/yoki mushaklarda og‘riq, toliqish hissi va depressiya) paydo bo‘lishi mumkin. Davolashni o‘zgartirish shuningdek avval rivojlangan va tizimli ta’sirga ega kortikosteroidlar bilan niqoblangan allergik kasaliklari (allergik kon’yunktivit, ekzema va boshqalar kabi) aniqlash imkonini berishi mumkin. Kortikosteroidlarni qabul qiluvchi patsiyentlar pasaygan immun reaktivlikka potentsial ega bo‘lishlari mumkin va ayrim infektsion kasalliklari (masalan suvchechak, qizamiq) bo‘lgan bemorlar bilan kontaktda bo‘lgan hollarda zararlanishning yuqori xavfi haqida, shuningdek agar bunday kontakt bo‘lgan bo‘lsa shifokor bilan maslahatlashish kerakligi haqida ogohlantirilgan bo‘lishlari kerak. Patsiyentlarni tana haroratini oshishi, yuzning bir qismi kuchli og‘riq yoki tish og‘rig‘i, orbital yoki periorbital shish yoki dastlabki yaxshilanishdan keyin holatni yomonlashishi kabi og‘ir bakterial infektsiyalarning belgilari yoki simptomlari paydo bo‘lgan hollarda darhol shifokorga murojaat etish kerakligi haqida ogohlantirish kerak. Intranazal kortikosteroidlarni qo‘llagandan keyin burun to‘sig‘i perforatsiyasi va ko‘z ichki bosimini oshishi holatlarini paydo bo‘lishi haqida xabar berilgan. Bolalarda qo‘llanishi Kichik yoshdagi bolalarda preparatni qo‘llash faqat kattalar nazorati ostida amalga oshirilishi kerak. Nazal kortikosteroidlar bilan uzoq vaqt davolanayotgan bolalarda bo‘yini muntazam tekshirish kerak. O‘sishni sekinlashishi aniqlangan hollarda nazal kortikosteroidning dasini simptomlarni samarali nazorat qilish tutib turiladigan eng past darajagacha kamaytirishni ko‘rib chiqish kerak. Bunday hollarda pediatr bilan maslahatlashish kerak. Homiladorlik va laktatsiya davri Preparatni homiladorlik vaqtida qo‘llash tavsiya etilmaydi. Laktatsiya davrida qo‘llash faqat ona uchun kutilayotgan foyda bola uchun bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday yuqori bo‘lgandagina oqlangan. Dori vositasining transport vositalari yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sirining o‘ziga xosligi. Momat Rino tavsiya etilgan dozada transport vositalari yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15°S dan 30°S gacha haroratda. Muzlatilmasin.

Momat Rino preparatining past (≤0,1%) tizimli biokiraolishligi tufayli, dozani oshirib yuborilishi ehtimoli kam. Dozani oshirib yuborilgan holda preparatni keyinchalik tavsiya etilgan doza qo‘llash bilan bemorni kuzatish kerak.

Retsept bo‘yicha

Preparat 60 doza yoki 120 dozadan dozator va purkagich-uchlikli qalpoqcha bilan yuqori zichlikdagi polietilen flakonlarda. Flakonga etiketka yopishtiriladi. 1 flakondan davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

2 yil.