Milpronatretsept bilan

Tarkibi:

faol modda: meldoniy – 100 g. yordamchi moddalar: inyektsiya uchun suv – 1 l gacha.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Ta’sir etuvchi modda (XPN): meldoniy

Preparatning savdo nomi:

Milpronat

Farmakalogik guruhi:

Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtirish uchun vosita.

Dori shakli:

inyektsiya uchun eritma.

rangsiz, tiniq eritma.

Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtirish uchun vosita.

S01ЕV

Qo‘zg‘atuvchi samarani rivojlanishi mumkinligi tufayli kunning birinchi yarmida qo‘llash tavsiya qilinadi. Yurak-qon tomir kasalliklari. Majmuaviy davolash tarkibida kuniga 0,5-1,0 g dan vena ichiga (inyektsiya uchun eritma 5-10 ml 500 mg/5 ml) buyuriladi, hamma doza bir yo‘la yoki ikkiga bo‘lib qabul qilinadi. Davolash kursi – 4-6 haftani tashkil qiladi. Bosh miyada qon aylanishini buzilishi. O‘tkir bosqichi – 0,5 g dan kuniga 1 marta vena ichiga 10 kun davomida, so‘ngra peroral dori shaklini qabul qilishga o‘tiladi. Umumiy davolash kursi – 4-6 haftani tashkil qiladi. Surunkali buzilishlar – peroral dori shakli qo‘llanadi. Takroriy kurslar (odatda yiliga 2-3 marta) shifokor maslahatidan keyin o‘tkazilishi mumkin. To‘r pardaning qon tomir patologiyasi va distrofik kasalliklari: Parabulbar 0,5 ml inyektsiya uchun 500 mg/5 ml eritmasi 10 kun davomida qo‘llanadi. Aqliy va jismoniy zo‘riqishlar: Kattalarga 0,5 g vena ichiga (5-10 ml inyektsiya uchun eritma 500 mg/5 ml) kuniga 1 marta. Davolash kursi – 10-14 kun. Zarurati bo‘lganida davolash 2-3 hafta o‘tgach takrorlanadi.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: kam hollarda – taxikardiya, arterial bosimni o‘zgarishi; MNT tomonidan: kam hollarda psixomotor qo‘zg‘alishlar. Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan: kam hollarda – dispeptik holatlar. Allergik reaktsiyalar: kam hollarda – terini qichishi, qizarish, toshma, shishlar kuzatilishi mumkin.

– bosh miya ichki bosimini oshishi (shu jumladan venoz oqimini buzilishi, bosh miya ichki o‘smalari); – MNT ning organik shikastlanishlari; – homiladorlik, laktatsiya davri; – preparatga yuqori sezuvchanlik; – 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Koronar qon tomirlarini kengaytiruvchi, ayrim gipotenziv preparatlar, yurak glikozidlarining ta’sirini kuchaytiradi. Antianginal vositalar, antikoagulyantlar, antiagregantlar, antiaritmik vositalar, diuretiklar, bronxolitiklar bilan birga qo‘llash mumkin. O‘rtacha taxikardiya va arterial gipotenziyani rivojlanishi mumkinligi tufayli, nitroglitserin, nifedipin, alfa-adrenoblokatorlar, gipotenziv vositalar va periferik vazodilatatorlar bilan majmuaviy qo‘llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Surunkali jigar va buyrak kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarga preparatni uzoq muddat qo‘llanganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Meldoniyni bolalarda qo‘llash bo‘yicha yetarli ma’lumotlar yo‘q. Kardiologiya bo‘limlarida o‘tkir miokard infarkti va nostabil stenokardiyani ko‘p yillik davolash tajribasi, o‘tkir koronar sindromida meldoniy birinchi qator preparatlari emasligini ko‘rsatadi. Homiladorlik vaqtida va emizish davrida qo‘llanilishi. Homiladorlik vaqtida preparatni qo‘llashning xavfsizligi isbotlanmagan. Homilaga mumkin bo‘lgan nohush ta’sirlardan saqlanish uchun, uni homiladorlik davrida buyurilmaydi. Ona suti bilan preparat chiqarilishi aniqlanmagan. Agar meldoniy bilan davolash ona uchun zarur bo‘lsa, unda bolani emizish to‘xtatiladi. Avtotransport vositalarini boshqarish va boshqa harakatlanuvchi mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta’siri Psixomotor reaktsiyalar tezligiga meldoniyning nohush ta’siri haqida ma’lumotlar yo‘q. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanmasin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15-250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: arterial bosimni pasayishi, bosh og‘rig‘i, taxikardiya, bosh aylanishi, umumiy holsizlik. Davolash: simptomatik.

Retsept bo‘yicha

Inyektsiya uchun eritma 10%. 10 dona ampuladan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va ampulani ochish pichog‘i bilan birga karton qutiga joylangan.

4 yil.