Mikozevs Neoretsept bilan

Tarkibi:

faol modda: flukonazol –  150 mg; yordamchi modda: suvsiz laktoza; kapsulaning kobig‘i: jelatin, titana dioksid, ponsyu 4 R, sariq sanset.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

flukonazol

Preparatning savdo nomi:

Mikozevs Neo

Farmakalogik guruhi:

Zamburug‘larga qarshi vosita.

Dori shakli:

kapsulalar

oq rangli pushti qopqoqli, oq rangli kukun bilan to‘ldirilgan o‘lchami “2” bo‘lgan qattiq jelatin kapsulalar.

Zamburug‘larga qarshi vosita.

J02AC01

So‘rilishi: Ichga qabul qilinganidan keyin flukonazol yaxshi so‘riladi. Bir vaqtda ovqat qabul qilish, ichga qabul qilinganida preparatning so‘rilish tezligiga ta’sir qilmaydi. 150 mg flukonazol och qoringa ichga qabul qilinganidan keyin maksimal kontsentratsiyaga (TSmax) erishish vaqti – 0,5-1,5 soat va 2,5-3,5 mg/l dozada vena ichiga yuborilganidagi plazma kontsentratsiyasidan 90% ni tashkil qiladi. Taqsimlanishi: Plazmadagi kontsentratsiyasi bevosita dozaga bog‘liq bo‘ladi. Preparatning plazmadagi muvozanat kontsentratsiyasiga (Sss) qabul qilishning 4-5-nchi kunlarida erishiladi (sutkada 1 marta qabul qilinganida). Odatdagi sutkalik dozadan ikki marta yuqori bo‘lgan “zarb” dozani yuborish (birinchi kuni), 2-nchi kuni muvofiq 90% Sss kontsentratsiyasiga erishish imkoniyatini beradi. Organizmning barcha suyuqliklariga yaxshi kiradi. Faol moddaning ko‘krak suti, bo‘g‘im suyuqligi, so‘lak, balg‘am va peritoneal suyuqligidagi kontsentratsiyasi plazmadagi bilan o‘xshash. Qin sekretidagi doimiy qiymatlarga ichga qabul qilgandan keyin 8 soat o‘tgach erishiladi va shu darajada kamida 24 soat tutib turiladi. Orqa miya suyuqligiga (OMS) yaxshi kiradi, zamburug‘li meningitda OMS kontsentratsiyasi plazmadagining taxminan 85% ni tashkil qiladi. 50 mg doza sutkada 1 marta qabul qilinganida 12 kundan keyin flukonazolning kontsentratsiyasi 73 mkg/g ni tashkil qilgan, davolash to‘xtatilganidan keyin 7 kun o‘tgach esa u 5,8 mkg/g ni tashkil qilgan. Ichga 150 mg haftada 1 marta qabul qilgandan keyin – 7-nchi kuni terining shox qavatidagi flukonazolning kontsentratsiyasi 23,4 mkg/g ni, ikkinchi doza qabul qilgandan keyin 7 kun o‘tgach esa – 7,1 mkg/g ni tashkil qilgan. 150 mg dozada haftada 1 marta 4-oylik qo‘llashdan keyin tirnoqlardagi kontsentratsiyasi: sog‘lom tirnoqlarda – 4,05 mkg/g, shikastlanganlarda – 1,8 mkg/g. Davolash yakunlanganidan keyin 6 oy o‘tgach, flukonazol oldingidek tirnoqlarda aniqlanadi. Taqsimlanishning taxmin qilingan xajmi (Vd) organizmdagi hujayra tashqarisidagi suyuqlikning umumiy miqdoriga yaqinlashadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi past -11-12%. Metabolizmi va chiqarilishi: Yarim chiqarilish davri (T1/2) – 30 soat. Jigarda CYP2C9 izofermentning ingibitori hisoblanadi. Asosan buyraklar orqali (80% – o‘zgarmagan holda, 11% – metabolitlari ko‘rinishida) chiqariladi. Flukonazolning klirensi kreatinin klirensiga proportsional. Flukonazolning farmakokinetikasi buyraklarning funktsional xolatiga ahamiyatli darajada bog‘liq bo‘lib, bunda T1/2 va kreatinin klirensi (KK) orasida teskari bog‘liqlik mavjud. 3 soat davomidagi gemodializdan keyin flukonazolning plazmadagi kontsentratsiyasi 50% ga pasayadi. Flukonazolning farmakokinetikasi vena ichiga yuborilganida va ichga qabul qilinganida o‘xshash, bu qabul qilishni biridan boshqasiga yengil o‘tish imkonini beradi.

Shilliq qavatlarning kandidozi: og‘iz bo‘shlig‘i, tomoq, qizilo‘ngach, noinvaziv bronx-o‘pka kandidozlari, kandiduriya, teri-shilliq qavati va surunkali peroral atrofik kandidoz (tish protezlarini taqish bilan bog‘liq bo‘lgan).Genital kandidoz: vaginal (o‘tkir va qaytalanuvchi). Kandidoz balanit. Vaginal kandidozning qaytalanishlari tez-tezligini (yiliga uch va ko‘proq epizodlar) kamaytirish maqsadida profilaktik qo‘llash.Xavfli o‘smalari bo‘lgan bemorlarda ximio- va nurli davolash fonida zamburug‘li infektsiyalarni oldini olish; OITS bo‘lgan bemorlarda orofaringeal kandidozning qaytalanishlarini oldini olish.Teri mikozlari: oyoq panjalari, tana, chov sohasi, onixomikoz, kepaksimon temiratki, terining kandidozli infektsiyalarida qo‘llanadi.

Ichga buyuriladi. Orofarengial kandidozda preparat odatda 50-100 mg dan sutkada 1 marta buyuriladi; davolashning davomiyligi – 7-14 kun. Zarurati bo‘lganida, immunitetni yaqqol pasayishi bo‘lgan bemorlarda davolash davomliroq bo‘lishi mumkin. OITS bo‘lgan bemorlarda orofarengial kandidozning qaytalanishlarini oldini olish uchun, birlamchi davolashning to‘liq kursi yakunlanganidan keyin, preparat 150 mg dan haftada 1 marta buyurilishi mumkin. Vaginal kandidozda flukonazol bir marta ichga 150 mg dozada qabul qilinadi. Vaginal kandidozning qaytalanishlari tez-tezligini pasaytirish uchun preparat 150 mg dozada oyda 1 marta ishlatilishi mumkin. Davolashning davomiyligi shaxsiy ravishda belgilanadi; u 4 dan 12 oygacha o‘zgaradi. Ayrim bemorlarga tez-tezroq qo‘llash talab qilinishi mumkin. Candida spp. chaqirgan balanitda, flukonazol ichga bir marta 150 mg dozada buyuriladi. Kandidozni oldini olish uchun zamburug‘li infektsiyani rivojlanish xavfini darajasiga qarab, flukonazolning tavsiya etiladigan dozasi sutkada 1 marta 50-400 mg ni tashkil qiladi. Tarqalgan infektsiyaning yuqori xavfi bo‘lganida, masalan kutilayotgan yaqqol yoki uzoq muddat saqlanayotgan neytropeniyali bemorlarda, tavsiya etilgan doza sutkada 1 marta 400 mg ni tashkil qiladi. Flukonazol kutilayotgan neytropeniyadan bir necha kun oldin; neytrofillar soni 1000/mm3 dan ko‘proqqa oshganidan keyin yana 7 sutka davomida buyuriladi. Teri mikozlarida, shu jumladan, oyoq panjalari, chov sohasining terisini mikozlari va terining kandidozlarida tavsiya etiladigan doza 150 mg haftada 1 marta yoki 50 mg sutkada 1 martani tashkil qiladi. Davolash davomiyligi odatdagi xollarda 2-4 haftani tashkil qiladi, lekin oyoq panjalarining mikozlarida davomliroq (6 haftagacha) davolash talab qilinishi mumkin. Kepaksimon temiratkida – 300 mg haftada 1 marta 2 hafta davomida, ayrim bemorlarga haftada 300 mg uchinchi doza talab qilinishi mumkin, shu vaqtning o‘zida bir qism hollarda 300 mg – 400 mg bir marta qabul qilish yetarli bo‘ladi; davolashning muqobil tartibi 50 mg dan kuniga 1 marta 2-4 hafta davomida qo‘llash hisoblanadi. Onixomikozda tavsiya qilingan doza 150 mg haftada 1 martani tashkil qiladi. Davolashni infektsiyalangan tirnoq almashgunicha (infektsiyalanmagan tirnoq o‘sib chiqkunicha) davom ettirish kerak. Qo‘llar va oyoq panjasi barmoqlarida tirnoqlarni takroriy o‘sishi uchun muvofiq 3-6 oylar va 6-12 oylar talab qilinadi. Lekin o‘sish tezligi turli odamlarda, shuningdek yoshga qarab keng chegaralarda o‘zgarishi mumkin.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ta’mni o‘zgarishi, qusish, ko‘ngil aynishi, diareya, meteorizm, qorin og‘rig‘i, jigar funktsiyasi buzilishi (sariqlik, giperbilirubinemiya, alaninaminotransferaza, aspartataminotransferaza, ishqoriy fosfataza faolligini oshishi, gepatit, gepatotsellyulyar nekroz), shu jumladan o‘lim bilan yakunlanuvchi. Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, tirishishlar. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: QT intervali davomiyligini oshishi, yurak qorinchalarini xilpillashi/titrashi. Qon yaratish a’zolari tomonidan: leykopeniya, trombotsitopeniya, neytropeniya, agranulotsitoz. Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, ko‘p shaklli ekssudativ eritema (shu jumladan Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), anafilaktoid reaktsiyalar (shu jumladan angionevrotik shish, yuzning shishi, eshakemi, terini qichishishi). Boshqalar: buyrak funktsiyasi buzilishi, alopetsiya, giperxolesterinemiya, gipertriglitseridemiya, gipokaliyemiya.

Terfenadin (sutkada 400 mg va ko‘proq dozada flukonazolni doimiy qabul qilish fonida), astemizol va QT intervalini uzaytiruvchi boshqa preparatlarni bir vaqtda qabul qilish.Tsizapridni bir vaqtda qabul qilish.Preparatga yoki tuzilishi bo‘yicha yaqin azolli birikmalarga yuqori sezuvchanlik.Laktozani o‘zlashtiraolmaslik, laktaza tanqisligi yoki glyukozo-galaktaz malabsorbtsiya.3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda (ushbu dori shakli uchun) qo‘llash mumkin emas.

Antikoagulyantlar. Flukonazol kumarin antikoagulyantlarining (masalan, varfarinning) protrombin vaqtini o‘rtacha 12% ga oshiradi, shuning uchun flukonazol va kumarin antikoagulyantlarni qabul qilayotgan bemorlarda protrombin vaqtini sinchiklab nazorat qilish kerak. Sulfonilmochevina preparatlari. Flukonazol va sulfonilmochevinaning peroral preparatlari (xlorpropamid, glibenklamid, glipizid va tolbutamid) bir vaqtda qabul qilinganida, ushbu preparatlarning yarim chiqarilish davri uzayadi, bu gipoglikemiyaga olib kelishi mumkin. Qondagi glyukozaning kontsentratsiyasini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish va zarurati bo‘lganida gipoglikemik dori vositalarining dozasiga tuzatish kiritish kerak. Gidroxlortiazid. Flukonazolning plazmadagi kontsentratsiyasini 40% ga oshiradi, lekin bu bir vaqtda diuretiklarni qabul qilayotgan bemorlarda flukonazolning dozalash tartibini o‘zgartirishni talab qilmaydi. Fenitoin. Flukonazol va fenitoinni bir vaqtda qabul qilish, fenitoinning kontsentratsiyasini klinik ahamiyatli darajagacha oshishi bilan birga kechadi. Shuning uchun fenitoinning darajasini monitorlash va zardobdagi terapevtik kontsentratsiyasini ta’minlash uchun uning dozasini tanlash kerak. Peroral kontratseptivlar. Flukonazolni ko‘p marta qo‘llash (50-200 mg dozalarda) majmuaviy homiladorlikka qarshi vositalarning samaradorligiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Rifampitsin. Flukonazol va rifampitsinni bir vaqtda qo‘llash, flukonazolning “kontsentratsiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydonni 25% ga va yarim chiqarilish davri davomiyligini 20% ga pasayishiga olib kelgan. Ular bir vaqtda buyurilganida flukonazolning dozasini oshirish kerak. Tsiklosporin. Sutkada 200 mg dozada flukonazol bilan davolashda, qonda tsiklosporinning kontsentratsiyasi oshadi. Teofillin. Flukonazol teofillinning yarim chiqarilish davrini uzaytiradi va intoksikatsiya rivojlanishi xavfini oshiradi (uning dozasiga tuzatish kiritish kerak). Terfenadin. Sutkada 400 mg va ko‘proq flukonazolni terfenadin bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas. Sutkada 400 mg dan kamroq dozalarda flukonazol va terfenadin bilan birga davolashni shifokorning sinchkov nazorati ostida o‘tkazish kerak. Tsizaprid. Flukonazol va tsizaprid bir vaqtda qabul qilinganida – yurak tomonidan noxush reaktsiyalar, shu jumladan yurak qorinchalari taxikardiyasini paroksizmlari (torsades de pointes) kuzatiladi. Nifabutin. Uveit xollari ta’riflangan. Takrolimus. Takrolimusning kontsentratsiyasini oshiradi, shuning uchun nefrotoksik ta’sirining xavfi oshadi. Zidovudin. Flukonazol va zidovudin majmuasini qabul qilayotgan bemorlarda zidovudinning kontsentratsiyasini oshishi kuzatiladi, u zidovudinni uning asosiy metabolitiga aylanishini pasayishi bilan chaqirilgan, shuning uchun zidovudinning nojo‘ya samaralarini oshishini kutish kerak. Midazolam. Midazoldamning kontsentratsiyasini oshiradi, shuning uchun psixomotor samaralar rivojlanishini xavfi oshadi (flukonazol ichga qo‘llanganida, vena ichiga nisbatan yaqqolroq).

Davolashni klinik-gematologik remissiya paydo bo‘lgunicha davom ettirish kerak. Davolashni muddatidan oldin to‘xtatish qaytalanishlarga olib keladi. Davolashni ekish yoki boshqa laboratoriya tahlillarining natijalari yo‘qligida boshlash mumkin, lekin ular bo‘lganida fungitsid davolashni muvofiq to‘g‘rilash tavsiya etiladi. Davolash davomida qon ko‘rsatgichlarini, buyrak va jigar funktsiyasi nazorat qilish kerak. Buyrak va jigar funktsiyasi buzilishlari paydo bo‘lganida, preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak. Qator xollarda flukonazolni qo‘llash jigarning toksik o‘zgarishlari bilan birga kechgan. Flukonazol bilan bog‘liq bo‘lgan gepatotoksik samaralar xolatlarida, ularni umumiy sutkalik doza, davolash davomiyligi, bemorning jinsi va yoshiga aniq bog‘liqligi aniqlanmagan. Flukonazolning gepatotoksik ta’siri odatda qaytuvchan bo‘ladi; davolash to‘xtatilganidan keyin uning belgilari yo‘qoladi. Flukonazol bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan jigarning shikastlanishini klinik belgilari paydo bo‘lganida, preparatni bekor qilish kerak. OITS bo‘lgan bemorlar ko‘pchilik preparatlar qo‘llanganida og‘ir teri reaktsiyalarning rivojlanishiga moyilroq bo‘ladilar. Yuzaki zamburug‘li infektsiyasi bo‘lgan bemorlarda toshma rivojlangan xolatlarida va u aniq flukonazol bilan bog‘liq sifatida baholanganida, preparatni bekor qilish kerak. Invaziv/tizimli zamburug‘li infektsiyalari bo‘lgan bemorlarda toshma paydo bo‘lganida, ularni sinchiklab nazorat qilish va bullyoz o‘zgarishlar yoki ko‘p shaklli eritema paydo bo‘lganida, flukonazolni bekor qilish kerak. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi Agar preparatni qo‘llashdan ona uchun foyda, homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo‘lsa, zamburug‘li infektsiyalarning og‘ir yoki xayotga xavf soluvchi shakllaridan tashqari, preparatni homiladorlarda qo‘llash maqsadga muvofiq emas. Flukonazol ko‘krak sutida plazmadagi kabi kontsentratsiyalarda bo‘ladi, shuning uchun laktatsiya davrida uni buyurish tavsiya etilmaydi. Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Nerv tizimi tomonidan nojo‘ya reaktsiyalar paydo bo‘lgan holatlarida, patsiyentlarga avtomobilni va boshqa mexanizmlarni boshqarishda, shuningdek diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Quruq. yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

8,2 g preparat qabul qilinganida gallyutsinatsiya va paranoidal hatti harakatlar paydo bo‘lgan holi ta’riflangan. Bemor shifoxonaga yotqizilgan va uning holati 48 soat ichida normallashgan. Doza oshirib yuborilganida me’dani yuvish, diurezni ko‘paytirishni ta’minlash va simptomatik davolash o‘tkazish kerak. 3 soat gemodializ seansi o‘tkazilganidan so‘ng preparatning plazmadagi kontsentratsiyasi 50% ga kamayadi.

150 mg kapsula №1 – retseptsiz

3 yil.