Mikoflyuretsept bilan

Tarkibi:

faol modda: flukonazol 50 mg va 150 mg; yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, magniy stearati.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

flukonazol

Preparatning savdo nomi:

Mikoflyu

Farmakalogik guruhi:

zamburug‘larga qarshi vosita.

Dori shakli:

kapsulalar

och-yashil rangli qatik jelatin kapsulalar. Kapsula ichidagisi – sarg‘ish tusli oq kukun.

zamburug‘larga qarshi vosita.

J02AC01

Peroral qabul qilinganda me’da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi, uning biokiraolishligi 90% ni tashkil qiladi. Ichga, och qoringa 150 mg qabul qilingandan keyin maksimal kontsentratsiyasi (Cmax), plazmadagi miqdorining 90% ni tashkil qiladi. Bir vaqtda ovqatni birga qabul qilish preparatning so‘rilishiga ta’sir qilmaydi. Plazmadagi kontsentratsiyasi qabul qilingandan so‘ng 0,5-1,5 soatdan keyin cho‘qqisiga yetadi, flukonazolning yarimchiqarilish davri (T1/2) taxminan 30 soatni tashkil qiladi. Plazmadagi kontsentratsiyasi dozaga to‘g‘ri proportsionaldir. Muvozanat kontsentratsiyasining (Sss) 90% lik darajasiga davolashning 4-5 kunida erishiladi (sutkada 1 marta qabul qilinganida). Odatdagi sutkalik dozadan 2 marta yukori bo‘lgan zarb dozani (birinchi kuni) yuborish, ikkinchi kunga kelib, 90% ga mos keluvchi Sss darajasiga erishish imkonini beradi. Tabiiy taqsimlanish hajmi (Vd) organizmdagi suvning umumiy miqdoriga yaqinlashadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi- 11-12% ni tashkil qiladi. Flukonazol organizmning barcha biologik suyuqliklariga yaxshi kiradi. Preparatning so‘lak va balg‘amdagi kontsentratsiyasi uning plazmadagi darajasi bilan bir xil. Zamburug‘li meningiti bo‘lgan bemorlarda flukonazolning orqa miya suyuqligidagi miqdori, uning plazmadagi darajasining 80% ni tashkil qiladi. Shox qavatda, epidermisda, dermada va ter suyuqligida zardobdagiga qaraganda yuqori kontsentratsiyalarga erishiladi. Flukonazol asosan buyraklar orqali chiqariladi; yuborilgan dozaning taxminan 80% siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi. Flukonazolning klirensi kreatinin  klirensiga (KK) proportsionaldir. Periferik qonda flukonazolning metabolitlari aniqlanmagan.

kriptokokkoz, shu jumladan kriptokokkli meningit va shu infektsiyaning boshqa sohalarda joylashgan turlari (shu jumladan o‘pka, teri), ham immuniteti me’yorida bo‘lgan bemorlarda, ham immunosupressiyaning turli shakllari bo‘lgan bemorlarda (shu jumladan OITS bo‘lgan bemorlarda, a’zolarni ko‘chirib o‘tkazishda): preparat OITS bo‘lgan bemorlarda kriptokokkli infektsiyani oldini olish uchun ishlatilishi mumkin;yoyilgan kandidoz, shu jumladan kandidemiya, disseminirlangan kandidoz va invaziv kandidoz infektsiyasiniig boshqa shakllari (qorin bo‘shlig‘i, endokard, ko‘z, nafas va siydik yo‘llarining infektsiyalari). Davolash xavfli o‘smalari bo‘lgan bemorlarda, jadal davolash bo‘limidagi bemorlarda, tsitostatik yoki immunosupressiv davolash kurslarini o‘tayotgan bemorlarda, hamda kandidozni rivojlanishiga olib keluvchi boshqa omillar bo‘lganida ham o‘tkazilishi mumkin;shilliq qavatlarniig kandidozi, shu jumladan og‘iz bo‘shlig‘i va xalqumning kandidozi (shu jumladan tish protezlarini taqish bilan bog‘lik og‘iz bo‘shlig‘ining atrofik kandidozi), qizilo‘ngach kandidozi noinvaziv bronx-o‘pka kandidozlari, kandiduriya, teri kandidozlari: OITSli bemorlarda orofaringeal kandidozning qaytalanishlarini oldini olish;genital kandidoz: qin kandidozi (o‘tkir va surunkali qaytalanuvchi), qin kandidozining qaytalanishlari sonini kamaytirish maqsadida profilaktik qo‘llash (yiliga 3 va undan ko‘p hollarda): kandidozli balanit;tsitostatiklar bilan kimyoterapiya yoki nur bilan davolash natijasida bunday infektsiyalarga moyil bo‘lgan xavfli o‘smalari bo‘lgan bemorlarda zamburug‘li infektsiyalarni oldini olish;teri mikozlari, shu jumladan oyoq panjasi, tana, chov sohasi mikozlari, kepaklanuvchi temiratki, onixomikozlar va teri kandidozi.

Mikoflyuning sutkalik dozasi zamburug‘li infektsiyaning tabiatiga va og‘irlik daraja-siga bog‘liqdir. Vaginal kandidozlarni davolash uchun ko‘pgina hollarda bir martalik peroral doza yetarli hisoblanadi. Kasallikning boshqa shakllarini davolash uchun zamburug‘li infektsiyaning faol bosqichlarini yo‘qolishini klinik va laborator tasdiqlanganguniga qadar preparatni ko‘p marotaba qo‘llashni talab etadi. Kapsulalarni ichga chaynamasdan, suv yoki boshqa har qanday cuyuqliklar bilan birga qabul qilinadi. Kattalarga kriptokokkli meningitda va boshqa sohalarda joylashgan kriptokokkli infektsiyalarda birinchi kuni odatda 400 mg (50 mg dan 8 kapsula) buyuriladi. So‘ngra esa, davolash sutkada 1 marta 200-400 mg dozada davom ettiriladi. Kriptokokkli infektsiyalarda davolashning davomiyligi mikologik tekshirishlar bilan tasdiqlangan klinik samaraga bog‘liq; kriptokokkli meningitda odatda kamida 6-8 xafta davom ettiriladi. Kandidemiyada, disseminirlangan kandidoz va boshqa invaziv kandidozli ipfektsiyalarda doza odatda birinchi sutkada 400 mg ni, so‘ngra esa 200 mg ni tashkil qiladi. Klinik samaradorligi yetarli bo‘lmaganida preparatning dozasi sutkada 400 mg gacha oshirilishi mumkin. Davolash davomiyligi klinik samaradorlikka bog‘liq. Orofaringeal kandidozda preparat o‘rtacha 50-100 mg dan sutkada 1 marta buyuriladi: davolash davomiyligi 7-14 kun. Immuniteti yaqqol pasaygan bemorlarda zarurati bo‘lganida davolash yanada uzoqroq davom etishi mumkin. Tish protezlarini taqish bilan bog‘liq bo‘lgan og‘iz bo‘shlig‘ining atrofik kandidozida, flukonazol odatda 50 mg dan sutkada 1 marta 14 kun davomida, protezga ishlov berish uchun mahalliy antiseptik vositalari bilan birga buyuriladi. Kandidozning boshqacha sohalarda joylashgan turlarida (genital kandidozidan tashqari), masalan ezofagitda, noinvaziv bronx-o‘pka shikastlanishida, kandiduriyada, teri va shillik qavatlarining kandidozida, davolash davomiyligi 14-30 kun bo‘lganida, samarali doza sutkada o‘rtacha 50-100 mg ni tashkil qiladi. OITS li bemorlarda orofaringeal kandidozning kaytalanishlarini oldini olish uchun birlamchi davolashning to‘lik kursi tugatilganidan keyin, preparatni 150 mg dan haftada 1 marta buyurish mumkin. Qin kandidozida flukonazol ichga bir marta 150 mg dozada qabul qilinadi. Qin kandidozining qaytalanishlari sonini kamaytirish uchun preparatni 150 mg dozada bir oyda 1 marta qo‘llash mumkin. Davolash davomiyligi shaxsiy ravishda belgilanadi; u 4 dan 12 oygacha o‘zgarib turadi. Ayrim bemorlarga ko‘proq qo‘llash talab qilinishi mumkin. Candida chaqirgan balanitda flukonazol ichga 150 mg dozada bir marta buyuriladi. Kandidoznn oldini olish uchun flukonazolning tavsiya qilinadigan dozasi zamburug‘li infektsiyannng rivojlanish darajasiga qarab, 50-400 mg dan sutkada 1 martani tashkil qiladi. Yoyilgan infektsiyaning yukori xavfi bo‘lganida, masalan kutilayotgan yaqqol yoki uzoq muddat davomida bo‘lgan neytropeniyasi bo‘lgan bemorlarda, tavsiya qiladigan doza sutkada 1 marta 400 mg ni tashkil qiladi. Flukonazol kutilayotgan neytropeniyani paydo bo‘lishdan bir necha kun oldin buyuriladi. Neytrofillarning soni 1000/mm3 dan ko‘proqga oshganidan keyin davolash yana 7 sutka davomida davom ettiriladi. Teri mikozlarida, oyok panjasi, chov sohasi mikozlari, teri kandidozlarida tavsiya kilinadigan doza haftada 1 marta 150 mg ni yoki sutkada 1 marta 50 mg ni tashkil qiladi. Davolash davomiyligi odatdagi hollarda 2-4 haftani tashkil qiladi, biroq oyoq panjasining mikozlarida yanada uzoqroq (6 haftagacha) davolash talab qilinishi mumkin. Kepaklanuvchi temiratkida tavsiya qilinadigan doza 2 hafta davomida haftada 1 marta – 300 mg ni tashkil qiladi. Ayrim bemorlarga haftasiga 300 mg uchinchi doza talab qilinishi mumkin, ayni paytda, qator xollarda 300-400 mg ni bir marta qabul qilish yetarli bo‘ladi. Davolashning muqobil tartibi – 2-4 hafta davomida 50 mg dan kuniga 1 marta qo‘llashdir. Onixomikozda tavsiya qilinadigan doza haftada 1 marta 150 mg ni tashkil qiladi. Davolashni infektsiyalangan tirnoqni almashinuvigacha (infektsiyalanmagan tirnoq o‘sgunicha) davom ettirish lozim. Qo‘l va oyok panjalarining barmoqlarida tirnoqlarni qayta o‘sishi uchun normada muvofiq ravishda 3-6 oy va 6-12 oy talab qilinadi. Bolalarda kattalardagiga o‘xshash infektsiyalarda bo‘lgani kabi, davolash davomiyligi klinik va mikologik samaraga bog‘liq. Bolalarda preparatni  kattalardagidan ortiq sutkalik dozada qo‘llash mumkin emas. Mikoflyu  har kuni sutkada 1 marta qo‘llanadi. Shilliq kavatlariniig kandidozida flukonazolning tavsiya qilinadigan dozasi sutkada 3 mg/kg ni tashkil qiladi. Birinchi kuni tezroq doimiy muvozanat kontsentratsiyasiga erishish maqsadida 6 mg/kg zarb dozani buyurish mumkin. Yoyilgan kandidozni yoki kriptokokkli infektsiyalarni davolash uchun tavsiya qilinadigan  doza kasallikning og‘irligiga qarab, sutkada 6-12 mg/kg ni tashkil qiladi. Immuniteti pasaygan bolalarda, infektsiyaning rivojlanish xavfi tsitotoksik kimyoterapiya yoki nur bilan davolash natijasida rivojlanuvchi neytropeniya bilan bog‘liq zamburug‘li infektsiyalarni oldini olish uchun, preparat kuchaygan neytropeniyaning yaqqolligi va davomiyligini saqlanishiga qarab, sutkada 3-12 mg/kg dan buyuriladi. Buyraklar faoliyatini buzilishi bo‘lgan bolalarda preparatning sutkalik dozasi buyrak yetishmovchiligining og‘irligining darajasiga muvofiq (kattalardagi proportsional bog‘liqlik bilan bir xil) kamaytirilishi kerak. Keksa yoshdagi patsiyentlarda buyraklar faoliyatining buzilishlari bo‘lmaganida preparatning odatdagi dozalash tartibiga rioya kilish lozim. Preparatni buyraklar faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda bir marta qabul qilinganida dozani o‘zgartirish talab qilinmaydi. Preparat ko‘p marta qo‘llanganda kreatinin klirensi (KK) minutiga 50 ml dan ortiq bo‘lganida preparat o‘rtacha dozada qo‘llanadi. KK minutiga 11 dan 50 ml gacha bo‘lsa, avval 50 mg dan 400 mg gacha bo‘lgan zarb dozada yuborish lozim, so‘ngra tavsiya qilinadigan dozaning 50% ni tashkil qiluvchi dozasi qo‘llanadi. Muntazam dializda bo‘lgan bemorlarda preparatning bir dozasi gemodializning xar bir seansidan keyin qo‘llanadi.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ta’mni o‘zgarishi, qusish, ko‘ngil aynishi, diareya, meteorizm, abdominal og‘riklar, kam hollarda – jigar faoliyatini buzilishi (sariqlik, gepatit, gepatonekroz, giperbilirubinemiya, alaninaminotransferaza, aspartataminotransferaza va ishqoriy fosfatazaning faolligini oshishi). Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, kam hollarda – tirishishlar. Qon yaratish a’zolari tomonidan: kam hollarda – leykopeniya, trombotsitopeniya, neytropeniya, agranulotsitoz. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: QT intervali davomiyligini oshishi: qorinchalarning xilpillashi, lipillashi. Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, kam hollarda – xavfli ekssudativ eritema (Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layella sindromi), anafilaktoid reaktsiyalar. Boshqalar: kam hollarda – buyraklar faoliyatini buzilishi, alopetsiya, giperxolesterinemiya, gipertriglitseridemiya, gipokaliyemiya.

Flukonazol varfarin bilan qo‘llanganida protrombin vaqti oshadi, o‘rtacha 12% ga oshishi aniqlangan. Shuning uchun preparatni kumarin antikoagulyantlari bilan birga olayotgan bemorlarda protrombin vaqtini sinchiklab tekshirish lozim. Bir vaqtda qo‘llanganda flukonazol peroral gipoglikemik vositalar – sulfonilmochevina hosilalari (xlorpropanid, glibenklamid, glipizid, tolbutamid) ning plazmadan T1/2 yarim chiqarilish davrini oshiradi. Flukonazol va peroral gipoglikemik vositalarni birga qo‘llashga ruxsat beriladi, ammo bunday hollarda gipoglikemiya rivojlanishi mumkinligini hisobga olish kerak. Flukonazol va fenitoinni bir vaqtda qo‘llash fenitoinning plazmadagi kontsentratsiyasini klinik axamiyatli darajagacha o‘sishi bilan kechishi mumkin. Shuning uchun bu preparatlarni birga qo‘llash zarurati tug‘ilganida, fenitoinni qon plazmasida terapevtik kontsentratsiyasini ta’minlash maqsadida, uning dozasini to‘g‘rilash bilan birga kontsentratsiyasini monitoring qilish kerak. Flyukonazolning va rifampitsinni bir vaqtda qo‘llanishi flyukonazolning “kontsentratsiya – vaqt” (AUC) egri chizig‘i ostidagi maydonni 25% ga pasayishiga va flukonazolning plazmadan T1/2 20% ga qisqarishiga olib keladi. Shuning uchun rifampitsinni bir vaqtda olayotgan patsiyentlarda flukonazolning dozasini oshirish tavsiya qilinadi. Flukonazol olayotgan patsiyentlarda qonda tsiklosporinning kontsentratsiyasini nazorat qilish tavsiya qilinadi, chunki flukonazol va tsiklosporinni buyragi ko‘chirib o‘tkazilgan bemorlarda qo‘llanganda flukonazolni sutkada 200 mg dozada qabul qilish qon plazmasida tsiklosporinning kontsentratsiyasini asta-sekin oshishiga olib keladi. Teofillinni yuqori dozalarda olayotgan yoki teofillin intoksikatsiyasini rivojlanish ehtimoli bo‘lgan bemorlar teofillinning dozasini oshirib yuborilishini erta aniqlash maqsadida kuzatuv ostida bo‘lishlari kerak, chunki flukonazolni bir vaqtda qabul qilish plazmada teofillinning klirensini o‘rtacha tezligini kamayishiga olib keladi. Flukonazol va terfenadin, tsizaprid bir vaqtda qo‘llanganida yurak tomonidan noxush reaktsiyalar, shu jumladan qorinchalar taxikardiyasining paroksizmi (torsades de points) hollari ta’riflangan. Flukonazol va gidroxlortiazidni bir vaqtda ko‘llash flukonazolning plazmadagi kontsentratsiyasini 40% ga o‘sishiga olib kelishi mumkin. Flukonazol va rifabutinni, oxirgining zardobdagi darajasini oshishi bilan kechuvchi, o‘zaro ta’siri to‘g‘risida xabarlar bor. Flukonazol va rifabutin bir vaqtda qo‘llanganida uveit hollari ta’riflangan. Rifabutin va flukonazolni bir vaktda olayotgan bemorlarni sinchiklab kuzatish kerak. Flukonazol va zidovudinnnng kombinatsiyasini olayotgan bemorlarda zidovudinning kontsentratsiyasini oshishi kuzatiladi, bu oxirgisini uning metabolitiga aylanishini pasayishi bilan yuz beradi. Midozolam bilan bir vaqtda qo‘llanganida psixomotor samaralarning xavfi oshadi, takrolimus bilan – nefrotoksiklik xavfi oshadi.

Flukonazolnn qo‘llanishi kam hollarda, asosan jiddiy yondosh kasalliklari bo‘lgan bemorlarda jigarning toksik o‘zgarishlari bilan, shu jumladan o‘lim bilan yakunlangan. Flukonazol bilan bog‘liq gepatotoksik samaralar bo‘lgan hollarda, ularni umumiy sutkalik dozasiga, davolash davomiyligiga, bemorning jinsi va yoshiga aniq bog‘liqligi aniqlanmagan. Flukonazolning gepatotoksik ta’siri odatda qaytuvchi bo‘lgan: uning belgilari davolash to‘xtatilganidan keyin yo‘qolgan. Jigarning flyukonazol bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan shikastlanishining klinik belgilari paydo bo‘lganida, preparatni bekor qilish lozim. OITS bo‘lgan bemorlar ko‘pchilik preparatlar ko‘llanganida og‘ir teri reaktsiyalarining rivojlanishiga ko‘prok moyil bo‘ladilar. Yuza joylashgan zamburug‘li infektsiyalari bo‘lgan bemorlarda toshma rivojlangan hollarda va u flyukonazol bilan aniq bog‘liq deb baholanganida preparatni bekor qilish lozim. Invaziv/tizimli zamburug‘li infektsiyalari bo‘lgan bemorlarda toshma paydo bo‘lganida sinchiklab kuzatish va bullyoz o‘zgarishlar yoki ko‘p shaklli eritema paydo bo‘lganida flukonazolni bekor qilish kerak. Buyrak faoliyati buzilgan bemorlarda preparat bir marta qo‘llanganda dozani to‘g‘irlash talab qilinmaydi. Takror qo‘llanganda KK qarab mo‘ljallanadi. Agarda KK minutiga 50 ml dan ko‘p bo‘lsa, dozani to‘g‘irlash kerak bo‘lmaydi; KK minutiga 11 dan 20 ml gacha bo‘lganda odatdagi dozani 33% 72 soat interval bilan qabul qilinadi; KK minutiga 21 dan 40 ml gacha bo‘lganda odatdagi dozaning yarmi, 48 soat interval bilan qabul qilinadi. Dializda bo‘lgan bemorlarda, dializning har bir seansidan so‘ng bir doza qabul qilinadi. Flukonazol tsizaprid, rifabutin yoki R450 tsitoxrom tizimi orqali metabolizmga uchraydigan boshqa preparatlar bilan vaqtda qabul qilinganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Davolashni klinik – gematologik remissiya paydo bo‘lgunigacha davom ettirish kerak, chunki uni barvaqt to‘xtatilishi qaytalanishlarga olib kelishi mumkin. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

8,2 g preparat qabul qilinganida gallyutsinatsiya va paranoidal hatti-harakatlar paydo bo‘lgan hollar ta’riflangan. Bemor shifoxonaga yotqizilgan va uning holati 48 soat ichida me’yorlashgan. Doza oshirib yuborilganida me’dani yuvish, diurezni ko‘paytirishni ta’minlash va simptomatik davolash o‘tkazish kerak. 3 soat gemodializ seansi o‘tkazilganidan so‘ng preparatning plazmadagi kontsentratsiyasi 50% ga kamayadi.

Mikoflyu 50 mg retsept bo‘yicha

50 mg dozadan 7 kapsuladan va 150 mg dozadan 1 kapsuladan PVX/alyumin folgali kontur –uyali o‘ramda. Bitta kontur-uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutili pachkaga (penal) joylanadi.

2 yil.