Mifepristonretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 200 mg mifepriston; yordamchi moddalar:  laktoza, peptidlangan kraxmal, povidon (K30), magniy stearati, tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

mifepriston

Preparatning savdo nomi:

Mifepriston

Farmakalogik guruhi:

antiprogestagenlar

Dori shakli:

tabletkalar

dumaloq, och-sariq rangli, hidsiz va mazasiz tabletkalar.

antiprogestagenlar

G03XB01

Ichga bir marta 200 mg dozada qabul qilinganidan keyin 1,98 mg/l maksimal kontsentratsiyasiga 1,30 soatdan keyin erishiladi. Mutloq biokiraolishligi 69% ni tashkil qiladi. Plazmada mifepriston 98% ga oqsillar: albumin va nordon alfa 1-glikoprotein bilan bog‘lanadi. Taqsimlanish fazasidan keyin chiqarilishi boshida asta-sekin yuz beradi, kontsentratsiyasi 12-72 soatlar orasida 2 marta, so‘ngra tezroq kamayadi. Yarim chiqarilish davri 18 soatni tashkil qiladi. Buyraklar orqali chiqariladi.

amenoreyani 63 kunigacha bo‘lgan erta muddatlarda bachadon homiladorligini medikamentoz to‘xtatish;muddatiga yetgan homiladorlikda tug‘ruqlarga tayyorlash va uning induktsiyasi.

Homiladorlikni medikamentoz to‘xtatish uchun: 200 mg mifepriston ichga bir marta, ovqat qabul qilgandan keyin 2 soat o‘tgach shifokor ishtirokida qabul qilinadi. Mifepriston qabul qilgandan keyin 36-48 soat o‘tgach, samarani kuchaytirish maqsadida, prostaglandin Ye1 ning sintetik analogi – mizoprestol 600 mkg dozada bir marta buyuriladi. Mizoprestol qabul qilinganidan keyin patsiyentka hech bo‘lmaganda 4-6 soat davomida tibbiy xodim kuzatuvi ostida bo‘lishi kerak. Tug‘ruqqa tayyorlash va induktsiyasi uchun: sutkada bir marta 200 mg mifopriston (1 tabletka) shifokor ishtirokida ichga qabul qilinadi. Zarurati bo‘lganida 24 soatdan keyin, 200 mg mefipriston qayta buyuriladi. 48-72 soatdan keyin tug‘uruq yo‘llarining holatini baxolash o‘tkaziladi.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya. Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i. Jinsiy a’zolar tomonidan: jinsiy a’zolardan qonli ajralmalar, hayz tsikli buzilishlari, amenoreya, bachadon va bachadon yo‘llarining yallig‘lanish jarayonlarini zo‘riqishi, loxiometr, bachadon subinvolyutsiyasi. Allergik reaktsiyalar: eshakemi. Boshqalar: qorinning pastki sohasida og‘riq, holsizlik, gipertermiya.

– anamnezdagi mefipristonga yuqori sezuvchanlik;– buyrak usti bezlarining yetishmovchiligi va davomli glyukokortikosteroidli davolash;– o‘tkir yoki surunkali buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi, porfiriya;– bachadon miomasi, bachadonda chandiq bo‘lishi, ayollar jinsiy a’zolarining yallig‘lanish kasalliklari;– ekstragenital patologiya;– og‘ir anemiya, gemostazning buzilishlari (shu jumladan oldingi antikoagulyantlar bilan davolash);– 35 yoshdan oshgan chekuvchi ayollarda qo‘llash mumkin emas (oldindan terapevt bilan maslaxatlashmasdan);– bachadondan tashqari xomiladorlikka gumon, klinik tekshirishlar bilan tasdiqlanmagan yoki xayz ko‘rish to‘xtaganidan keyin 63 kunlik muddatdan oshgan, bachadon ichki kontratseptsiya qo‘llash fonida yoki gormonal kontratseptsiya bekor qilinganidan keyin paydo bo‘lgan xomiladorlik; Preparatda laktoza saqlanadi – fruktozani nasliy o‘zlashtiraolmasligi, Lapp-laktaza fermentining tanqisligi, glyukoza-galaktozaning kam so‘rilishi bo‘lgan shaxslarda qo‘llash mumkin emas.

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni qo‘llashdan saqlanish kerak: indometatsin, metindol, ibuprofen, naproksen, butadion, reopirin, diklofenak, valtaren, aspirin, tsitramon, sedalgin, tselebreks, chunki ular preparatning samaradorligini pasaytirishi mumkin.

Mifepriston qabul qilinganidan keyin 8-14 kun o‘tgach patsiyent UZI – nazoratiga kelishi kerak, shuningdek homiladorlik to‘xtatilganini tasdiqlash uchun beta-xorionik gormonining darajasini ham aniqlash kerak. Preparatni qabul qilishdan samara bo‘lmaganida (to‘liq bo‘lmagan abort yoki davom etayotgan homiladorlik) aspiratni keyingi gistologik tekshirish bilan vakuumaspiratsiya o‘tkaziladi.Patsiyentlar, agar preparat qo‘llanganida 8-14 kunda samara bo‘lmasa (to‘liq bo‘lmagan abort yoki davom etayotgan homiladorlik), homiladorlik boshqa usul bilan to‘xtatilishi kerakligi haqida ogohlantirilgan bo‘lishlari kerak, chunki homilada rivojlanishining tug‘ma nuqsonlari shakillanishi mumkin.Mifepriston qo‘llanganidan keyin bir necha patsiyentlarda, 80% patsiyentlarda mizoprostol qo‘llanganidan keyin 6 soat davomida va 10% patsiyentlarda mizoprostol qo‘llanganidan keyin bir hafta davomida homila tuxumining ajralib chiqishi kuzatiladi.Preparatni qo‘llash rezus alloimmunizatsiyani va abortga bilar birga o‘tkaziladigan boshqa umumiy tadbirlarni oldini olishni talab qiladi.Preparat ehtiyotkorlik bilan o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklarida (shu jumladan bronxial astmada), og‘ir arterial gipertenziyada, yurak ritmini buzilishlarida va yurak yetishmovchiligida buyuriladi.Laktatsiya Mifepriston qabul qilinganidan keyin 2 haftaga emizishni to‘xtatish kerak. Asoratlardan saqlanish uchun qat’iy shifokor buyurishi bo‘yicha qo‘llash kerak. Preparat muvofiq ravishda tayyorlangan shifokorlar bor va kerakli jihozlarga ega bo‘lgan muassasalarda qo‘llanishi kerak. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Quruq, salqin va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25˚S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Simptomlari: yaqqol umumiy intoksikatsiya, uyquchanlik, qusish, ko‘ngil aynishi va o‘ziga xos buyrak sanchig‘i bilan buyrak usti bezlarining yetishmovchiligi. Davolash: qusishni chaqirish kerak; agar buning iloji bo‘lmasa – me’dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir, tuzli surgi vositasini buyurish kerak.

Retsept bo‘yicha

Tabletkalar 200 mg №1 blisterda. Polivinilxlorid va alyumin folgali 1 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

5 yil.