Metromikonretsept bilan

Tarkibi:

1 vaginal suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi: Faol moddalar: metronidazol – 100 mg, mikonazol nitrati – 100 mg; Yordamchi moddalar: qattiq yog‘.

Preparatning savdo nomi:

Metromikon

Farmakalogik guruhi:

Ginekologik kasalliklarni davolash uchun antiseptiklar va mikroblarga qarshi preparatlar (kortikosteroidlar bilan majmuasi mustasno). Imidazol hosilalarining majmuasi.

Dori shakli:

vaginal suppozitoriylar

oq yoki sarg‘ish tusli oq rangli, tsilindrkonik shaklli suppozitoriylar. Kesimida havoli va g‘ovak o‘qi va voronkasimon chuqurchasi bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.

Ginekologik kasalliklarni davolash uchun antiseptiklar va mikroblarga qarshi preparatlar (kortikosteroidlar bilan majmuasi mustasno). Imidazol hosilalarining majmuasi.

G01AF20.

Suppozitoriylar ko‘rinishida intravaginal qo‘llanganda metronidazolning biokiraolishligi 20% ni tashkil etadi. Gematoentsefalik va yo‘ldosh to‘siq orqali o‘tadi, ko‘krak sutiga kiradi. Jigarda metabolizmga uchraydi. Gidroksil metabolitlari faol emas. Metronidazolning yarim chiqarilish davri 6-11 soatni tashkil qiladi. Buyrak orqali (taxminan 20% o‘zgarmagan holda) va ichak orqali chiqariladi. Intravaginal yuborilganda mikonazol nitrati juda oz so‘riladi va plazmada aniqlanmaydi.

Quyidagi vaginal infektsiyalarni davolashda qo‘llanadi: – vaginal kandidoz; – trixomonad vaginit; – bakterial vaginoz; – aralash infektsiyalar tomonidan chaqirilgan vaginitlar.

Intravaginal, bir suppozitoriydan sutkada 1 marta, bevosita uyqudan oldin, 10 kun davomida qo‘llanadi. Davolash kasallik simptomlari yo‘qolganidan keyin yana bir necha kun davom ettiriladi. Davolash kursining davomiyligi va takror o‘tkazish imkoniyati shaxsiy ravishda belgilanadi.

Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: qorinda og‘riq yoki spazmlar, og‘izda metall ta’mi, og‘izni qurishi, qabziyat, diareya, ishtahani yo‘qolishi, ko‘ngil aynishi, qusish; Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, harakat buzilishlari (ataksiya), periferik neyropatiya (preparatni uzoq muddat qabul qilinganda), tirishishlar; Psixo-emotsional buzilishlar: xavotirlik, kayfiyatni o‘zgaruvchanligi; Vestibulyar  apparat tomonidan: bosh aylanishi; Qon yaratish tizimi tomonidan: leykopeniya; Immun tizimi tomonidan: allergik reaktsiyalar (teri toshmalari, shu jumladan eshakemi); Mahalliy reaktsiyalar: ayniqsa davolashni boshida ta’sirlanish (achishish, qichishish), biroq bu davolashni to‘xtatishni talab etmaydi va qinning yallig‘langan shilliq qavatiga preparatning ta’siri bilan belgilanadi. Kuchli ta’sirlanishda davolashni to‘xtatish kerak.

Preparat komponentlariga yoki nitroimidazolning boshqa hosilalariga o‘ta yuqori sezuvchanlik;tutqanoq;porfiriya;jigar faoliyatini og‘ir buzilishlari;homiladorlikning I uch oyligi;laktatsiya davri;18 yoshgacha bo‘lgan patsiyentlar (qiz bolalar) da qo‘llash mumkin emas.

Bir vaqtda qo‘llanganda metronidazol bilvosita antikoagulyantlarning ta’siri kuchaytiradi. Metronidazolni disulfiram bilan bir vaqtda qo‘llanganda markaziy nerv tizimi tomonidan buzilishlar kuzatilishi mumkin; fenitoin bilan bilan bir vaqtda qo‘llanganda, qonda fenitoinning darajasi oshadi, metronidazolning qondagi darajasi esa, pasayadi; litiy preparatlari bilan – litiyning zaharliligini oshishi kuzatilishi mumkin; fenobarbital bilan – qonda metronidazolning darajasi pasayadi; tsimetidin bilan – qonda metronidazolning darajasi oshishi mumkin. Metronidazolning alkogol bilan o‘zaro ta’siri disulfiramga o‘xshash reaktsiyalarni chaqiradi. Metronidazol va mikonazol astemizol va terfenadinning metabolizmini ingibirlaydi, buning natijasida qon plazmasida astemizol va terfenadinning kontsentratsiyasi oshadi. Metromikon bilan bir vaqtda qo‘llanganda qon plazmasida teofillin va prokainamidning kontsentratsiyasi o‘zgarishi mumkin.

Qon yaratilishini buzilishlari, periferik va markaziy nerv tizimi kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Preparatni qo‘llaganda jinsiy aloqadan saqlanish kerak. Vaginal suppozitoriylarni ishlatilishi mexanik kontratseptsiyaning (prezervativlar, vaginal diafragmalar) ishonchliligi, suppozitoriylarning asosini lateks yoki kauchuk bilan o‘zaro ta’siri tufayli susayishi mumkin. Kasallikni takror yuqishini oldini olish maqsadida jinsiy sherikni ham bir vaqtda davolash lozim, trixomonadli vaginit yuz bergan hollarda esa – ichga qabul qilinadigan preparatlar, masalan, metronidazol bilan davolash kerak. Davolanish vaqtida va davolash kursi tugaganidan keyin 24-48 soat davomida alkogolni qabul qilishdan saqlanish kerak (disulfiramga o‘xshash reaktsiyalar rivojlanishi mumkin). Preparat qo‘llanganda qonda jigar fermentlari darajasi va glyukozaning darajasini o‘zgarishi kuzatilishi mumkin. Homilador va emizikli ayollar: preparatni homiladorlikning I uch oyligida qo‘llash mumkin emas. Homiladorlikning II va III uch oyliklarida faqat ona uchun potentsial foyda, homila uchun bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina qo‘llash mumkin. Preparatni laktatsiya davrida buyurish zarurati tug‘ilganda emizishni to‘xtatish lozim. Emizishni davolash tugaganidan keyin 24-48 soat o‘tgach qayta boshlash mumkin. Odamning xulqiga, avtomobilni yoki mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri: Avtotransportni haydash va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga salbiy ta’siri bo‘lishini inkort etib bo‘lmaydi. Bunday samaralar preparatni intravaginal buyurilganda tizimli biokiraolishligi past bo‘lganligi tufayli juda kam uchraydi. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.

Hozirgi vaqtgacha preparatning dozasini oshirib yuborilishi to‘g‘risida xabar berilmagan. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan simptomlar: ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq, og‘izda metall ta’mi, ataksiya, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, paresteziyalar, tirishishlar, leykopeniya, siydikni to‘q rangga bo‘yalishi (metronidazolning dozasini oshirib yuborilish bilan bog‘liq), ko‘ngil aynishi, qusish, anoreksiya, diareya (mikonazol nitratining dozasini oshirib yuborilish bilan bog‘liq). Davolash: simptomatik davolash, ichga behosdan qabul qilib yuborilganda – me’dani yuvish kerak.

Retsept bo‘yicha

Vaginal suppozitoriylar. 5 suppozitoriydan kontur uyali o‘ramda. 2 kontur uyali o‘ramdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton o‘ramda.

3 yil.