Menovazin

Tarkibi:

faol moddalar: ratsemat mentol – 2,5 g, novokain – 1 g, anestezin – 1 g; yordamchi modda: 70% etil spirti.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

): ratsemat mentol, novokain, anestezin.

Preparatning savdo nomi:

Menovazin

Farmakalogik guruhi:

Mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vosita.

Dori shakli:

suyuqlik

Mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vosita.

Ratsemat mentol teriga surtilganda oriqsizlantiruvchi samarasi va terini qichishishini yengillashtirish bilan kuzatiladigan nerv oxirlarini qo‘zg‘alishini va yuzaki qon tomirlarini kengayishi va salqinlik xissini chaqiradi. Novokain – o‘rtacha anesteziya faolligiga ega mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vositadir. Natriy kanallarini bloklaydi, sezuvchi nerv oxirlaridagi impulsning va nerv tolalari bo‘ylab generatsiyasiga to‘sqinlik qiladi. Anestezin – yuzaki anesteziya uchun mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vositadir. Sezuvchi nerv oxirlarlaridagi og‘riq impulsini paydo bo‘lishiga va ularni nerv tolalari orqali o‘tishiga to‘sqinlik qiladi. Mentol – majmuaviy preparat tarkibidagi novokain va anestezinni bilan bir vaqtda qo‘llanilganda preparatning maxalliy og‘riqsizlantiruvchi tasirini kuchaytiradi.

Nevralgiya, mialgiya va artralgiyada maxalliy og‘riqsizlantiruvchi, qichishuvchi dermatozda – mahalliy qichishishga qarshi vosita sifatida qo‘llanadi.

Sirtga buyuriladi, terining og‘riqli sohalariga bir kunda 2-3 marta surtiladi.

Maxalliy allergik reaktsiyalar, uzoq vaqt qo‘llanganda – bosh aylanishi, umumiy holsizlik, arterial bosimini pasayishi kuzatilishi mumkin.

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Dorilarning o‘zaro ta’siri Preparat komponentlari (novokain, anestezin) sulfanilamid preparatlarini bakteriyalarga qarshi tasirini kamaytiradi. Mahalliy anesteziyalovchi ta’sirga ega preparatlarni samarasini kuchaytiradi.

Avtomobil va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri: Preparat yuqori e’tibor kontsentratsiyasiniva psixomotor reaktsiya tezligini talab qiluvchi transport vositalari va potentsial xavfli faoliyat turlarini boshqarish qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Homiladorlik va laktatsiya: Xomiladorlik va laktatsiya davrida preparatni organizmga ta’siri xaqida malumot yo‘q. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin lozim.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Olovdan uzoqroqda saqlansin.

Preparat uzoq vaqt qo‘llanganida, terida qo‘zg‘aluvchanlik, toshmalar kuzatilishi mumkin.

Retseptsiz

Spirtli eritma 25, 30, 40, 50 ml dan flakonlarda.

3 yil.