Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Tarkibi:
etilmetilgidroksipiridin suktsinati – 100 mg; yordamchi modda: inyektsiya uchun suv – 2 ml gacha
Ta'sir etuvchi modda(XPN):
etilmetilgidroksipiridin suktsinati
Preparatning savdo nomi:
Meksibat (Mexibat)
Farmakalogik guruhi:
antioksidant vosita
Dori shakli:
inyektsiya uchun 5% li eritma
antioksidant vosita
N07XX
Bosh miyada qon aylanishini o‘tkir buzilishi;distsirkulyator entsefalopatiya;vegeto-tomir distoniyasi;aterosklerotik genezli yengil kognitiv buzilishlar;xavotirlik, nevrotik, nevrozga o‘xshash holatlar;o‘tkir va surunkali YUIK (majmuaviy davolash tarkibida);II tip qandli diabetda oyoqlarning angiopatiyasi (majmuaviy davolash tarkibida);ximioterapiyadan keyingi davr (majmuaviy davolash tarkibida);alkogolizmda nevrozga o‘xshash va vegeto-tomirli buzilishlar ustunligi bilan kechuvchi abstinent sindromini bartaraf etish;antipsixotik vositalar bilan o‘tkir zaharlanish;majmuaviy davolashda qorin bo‘shlig‘ining o‘tkir yiringli-yallig‘lanish jarayonlarida (o‘tkir pankreatit, peritonit) qo‘llanadi.
Inyektsiya uchun eritma mushak ichiga yoki vena ichiga (oqim bilan yoki tomchilab) yuboriladi.
Infuziya uchun eritma tayyorlash uchun preparatni natriy xloridining izotonik eritmasida suyultirish kerak.
Doza patologiya va patsiyentning holatini og‘irligiga qarab shaxsiy ravishda tanlanadi.
Boshlang‘ich doza 50-100 mg sutkada 3 marta, terapevtik samara olingunicha doza asta-sekin oshiriladi.
Maksimal sutkalik doza – 800 mg ni tashkil etadi.
Meksibat oqim bilan sekin, 5-7 minut davomida, tomchilab – minutiga 40-60 tomchi tezlik bilan yuboriladi.
Bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishlarida Meksibat majmuaviy davolashda birinchi – 2-4 kunlari 200-300 mg dan sutkada 1 marta vena ichiga tomchilab, so‘ngra 100 mg dan sutkada 3 marta yuboriladi.
Davolash kursi davomiyligi 10-14 kunni tashkil qiladi.
Distsirkulyator entsefalopatiyaning dekompensatsiya bosqichida Meksibat vena ichiga oqim bilan yoki tomchilab 100 mg dozada sutkada – 2-3 marta, 14 kun davomida, so‘ngra – sutkada 100 mg dan navbatdagi 14 kun davomida mushak ichiga yuboriladi.
Distsirkulyator entsefalopatiyani oldini olish kursini o‘tkazish uchun preparat 100 mg dozada sutkada 2 marta 10-14 kun davomida mushak ichiga buyuriladi.
Yengil kognitiv buzilishlarda keksa yoshdagi patsiyentlarga Meksibat sutkada 100-300 mg dozada 14-30 kun davomida mushak ichiga buyuriladi.
Miokard infarktini davolashda an’anaviy davolash fonida Meksibat mushak ichiga yoki vena ichiga tana vazniga 2 mg/kg dan sutkada 3 marta yuboriladi.
Sutkalik doza tana vazniga 6-9 mg/kg ni tashkil qiladi.
Preparat 14 sutka davomida yuboriladi.
Birinchi 5 sutkada maksimal samaraga erishish uchun preparat vena ichiga, navbatdagi 9 sutkada – mushak ichiga buyuriladi.
Etilmetilgidroksipiridin suktsinatini parenteral yuborish tugaganidan keyin erishilgan samarani tutib turish uchun tabletka ko‘rinishida – 0,125 g sutkada 2-3 marta 2 oy davomida qabul qilishni davom ettirish tavsiya qilinadi.
Onkologik bemorlar orasida (masalan, sut bezining rakida, limfogranulematozda, bachadon bo‘ynining rakida) ximioterapiyaning birinchi kursi tugaganida etilmetil-gidroksipiridin suktsinati sutkada 400 mg dozada 10 kun davomida, keyingi 375 mg dozada (3 kapsula/tabletka) 3 hafta davomida kapsula yoki tabletka shakliga o‘tish bilan buyuriladi.
Patsiyentlar orasida oyoqlar angiopatiyasi bo‘lgan II tip qandli diabetli bemorlarga Meksibat mushak ichiga va/yoki peroral buyuriladi.
Preparatning dozasi kasallikning og‘irligiga bog‘liq.
O‘rtacha 100 mg Meksibat sutkada 1 marta 10 kun davomida mushak ichiga yuboriladi; keyinchalik preparatni 1 kapsula/tabletkadan (100-125 mg) sutkada 2-3 marta 1 oy davomida peroral qabul qilishga o‘tiladi.
Alkogolli abstinentsiya sindromida Meksibat 100-200 mg dozada sutkada 1-2 marta vena ichiga tomchilab yoki sutkada 2-3 marta mushak ichiga 5-7 kun davomida yuboriladi.
Antipsixotik vositalar bilan o‘tkir zaharlanishda Meksibat sutkada 50-300 mg dozada 7-14 kun davomida vena ichiga yuboriladi.
Qorin bo‘shlig‘ining o‘tkir yiringli-yallig‘lanish jarayonlarida (o‘tkir nekrotik pankreatit, peritonit) Meksibat birinchi sutkada operatsiyadan oldin ham, operatsiyadan keyingi davrda ham buyuriladi.
Preparatning dozasi kasallikning shakli va og‘irligiga, jarayonning tarqalganligiga, klinik kechishining variantlariga bog‘liq.
O‘tkir shishli (interstitsial) pankreatitda Meksibat 100 mg dan sutkada 3 marta vena ichiga tomchilab yoki mushak ichiga buyuriladi.
Nekrotik pankreatitning yengil shaklida Meksibat 100-200 mg dan sutkada 3 marta vena ichiga tomchilab va mushak ichiga buyuriladi.
Nekrotik pankreatitning o‘rta og‘irlikdagi shaklida – 200 mg dan sutkada 3 marta vena ichiga tomchilab yuboriladi.
Nekrotik pankreatitning og‘ir shaklida – birinchi sutkada 800 mg dozada, 2 marta yuborish tartibida, keyinchalik 300 mg dan sutkada 2 marta, sutkalik dozani asta-sekin pasaytirish bilan buyuriladi.
Nekrotik pankreatitning o‘ta og‘ir shaklida boshlang‘ich doza pankreatik shokning ko‘rinishlari turg‘un bartaraf qilingunicha sutkada 800 mg ni tashkil qiladi, holati turg‘un bo‘lganida 300-400 mg dan sutkada 2 marta vena ichiga tomchilab, sutkalik doza asta-sekin pasaytirish bilan buyuriladi.
Preparatning davolash kursi faqat turg‘un klinik-laborator samara bo‘lganidan keyin asta-sekin tugatiladi.
Jigar va buyrak faoliyatini o‘tkir buzilishlari; bolalar; homiladorlik; laktatsiya davri; preparatga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Birga qo‘llanganida Meksibat benzodiazepinning hosilalari anksiolitiklarning, parkinsonizmga qarshi (levodopa) va tirishishga qarshi (karbamazepin) vositalarning ta’sirini kuchaytiradi.
Etil spirtining toksik ta’sirini kamaytiradi.
Davolash vaqtida avtotransportni boshqarish va diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyatni bajarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Uyquchanlik rivojlanishi mumkin.
Retsept bo‘yicha
Inyektsiya uchun 5% li eritma 2 ml dan ampulalarda.
10 ampuladan PVX plyonka kontur uyali o‘ramda.
1 kontur uyali o‘ram karton qutida.
Inyektsiya uchun 5% li eritma 5 ml dan ampulalarda.
5 ampuladan PVX plyonka kontur uyali o‘ramda.
1 kontur uyali o‘ram karton qutida.