Mayda gulli tog‘rayxon o‘ti Yovvoyi o‘sadigan ko‘p yillik, yasnotkadoshlar (Lamiaceae) oilasiga mansub mayda gulli tog‘rayhonning (Origani tytthanthum Gontsch) o‘tcimon o‘simligining gullash fazasida yig‘ilgan va quritilgan o‘ti.

Tarkibi:

tarkibida timol va uning izomeri karvakrol, flavonoidlar va oshlovchi moddalar caqlaydigan kamida 0,2% bo‘lgan efir moylari saqlaydi.

Preparatning savdo nomi:

Mayda gulli tog‘rayxon o‘ti Yovvoyi o‘sadigan ko‘p yillik, yasnotkadoshlar (Lamiaceae) oilasiga mansub mayda gulli tog‘rayhonning (Origani tytthanthum Gontsch) o‘tcimon o‘simligining gullash fazasida yig‘ilgan va quritilgan o‘ti.

Farmakalogik guruhi:

Balg‘am ko‘chiruvchi vosita.

Dori shakli:

dorivor o‘simlik xom ashyosi.

Balg‘am ko‘chiruvchi vosita.

Surunkali bronxit va balg‘am ko‘chishini qiyinlashishi bilan kechuvchi boshqa yallig‘lanish kasalliklarni davolashda qo‘llaniladi.

Ichga, damlama ko‘rinishida qo‘llanadi. Damlamani tayyorlash uchun 10 g (3 osh qoshiq) yoki 6 ta (1,5 g dan) filtr-paketi mayda gulli tog‘rayhon o‘tidan cirlangan idishga solinadi, ustidan 200 ml (1 stakan) qaynatilgan xona haroratidagi suv quyiladi, qopqoq bilan yopiladi va qaynab turgan suv hammomida 15 minut davomida qizdiriladi. So‘ngra xona haroratida 45 minut davomida sovutiladi, dokadan o‘tkaziladi va qolgan hom-ashyo siqiladi (filtr-paketlar olinadi va dokasiz siqiladi). Olingan damlamaning hajmi qaynatilgan suv bilan 200 ml gacha yetkaziladi. Damlamani salqin joyda 2 sutkagacha saqlash mumkin. Damlama 2 osh qoshiqdan kuniga 3 marta ichiladi.

Preparatga yuqori sezuvchanlikda allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.

Prepartni shaxsiy o‘zlashtirolmaslikda qo‘llash mumkin emas.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Aniqlanmagan

Retseptsiz

Karton qutilarda, polietilen paketlarda 30 g dan va 1,5 g dan №20 filtr-paketlarda.

2 yil.