Maksigan

Tarkibi:

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: Faol moddalar: metamizol natriy                            500 mg; pitofenon gidroxloridi              5 mg; fenpiveriniy bromidi                 0,1 mg. Yordamchi moddalar: kraxmal, laktoza, kremniy dioksidi, magniy stearati, talk.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

metamizol natriy, pitofenon gidroxloridi, fenpiveriniy bromidi.

Preparatning savdo nomi:

Maksigan

Farmakalogik guruhi:

nonarkotik og‘riq qoldiruvchi va spazmolitik vosita.

Dori shakli:

tabletkalar

oq, dumaloq, faskali va riskali, qobiq bilan qoplanmagan yassi tabletkalar.

nonarkotik og‘riq qoldiruvchi va spazmolitik vosita.

N02VV52

Metamizol natriy me’da-ichak yo‘llaridan yaxshi va tez so‘riladi. Ichak devorida metamizol to‘liq gidrolizga uchrab, faol metabolit – 4-metilaminoantipirin (4-MAA) ni hosil qiladi, qon oqimi bilan jigarga tushadi, u yerda metil guruhi yo‘qotilib, ikkinchi faol metabolit – 4-aminoantipirin (4-AA) hosil bo‘ladi. Qonda o‘zgarmagan metamizol natriy bo‘lmaydi. Faol metabolitlarni plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 50-60%. 4-MAA va 4-AA larning umumiy tizimli klirensi muvofiq ravishda 182,9±15,1 ml/min va 55,2±6,4 ml/min ni tashkil etadi. Ularning yarim chiqarilish davri (T1/2) muvofiq ravishda 2,5-3,0 soat va 6-8 soatni tashkil etadi. Jigarda nofaol mahsulotlargacha metabolizmga uchraydi, buyrak orqali chiqariladi. Terapevtik dozalarda yo‘ldosh orqali o‘tadi va ona sutiga ajralib chiqadi. Pitofenon va fenpiveriniy bromidning farmakokinetikasi yetarlicha o‘rganilmagan.

Ichki a’zolar silliq mushaklari spazm holatlaridagi yengil yoki o‘rtacha namoyon bo‘lgan og‘riq sindromi – jigar va buyrak sanchiqlari, ichak bo‘ylab spastik xarakterga ega bo‘lgan og‘riq, algodismenoreya. Bo‘g‘imlardagi og‘riqlarda, nevralgiyalar, ishialgiyalar, mialgiyalarda qisqa muddatli simptomatik davolash uchun qo‘llash mumkin. Yordamchi modda sifatida jarrohlik va diagnostik aralashuvlardan keyingi og‘riqlarni kamaytirish uchun qo‘llash mumkin. Zarurat bo‘lganida, preparat shamollash va infektsion-yallig‘lanish kasalliklarida yuqori tana haroratini pasaytirish uchun ishlatilishi mumkin.

Kattalar va 15 yoshdan oshgan bolalar ichga (ovqatdan so‘ng qabul qilgan afzal), odatda 1-2 tabletkadan kuniga 2-3 marta qabul qiladilar. Sutkalik dozasi 6 tabletkadan oshmasligi kerak. Qabul qilish davomiyligi 5 kundan oshmasligi kerak. Preparatning sutkalik dozasi va davolash davomiyligini faqat shifokorning tavsiyasi bo‘yicha va nazorati ostida oshirilishi mumkin. Bolalar uchun dozalari Preparat bolalarga faqat shifokorning tavsiyasi bo‘yicha qo‘llanadi. 6-8 yoshdagi bolalar uchun – tabletkaning yarmi; 9-12 yoshdagi bolalar uchun – tabletkaning ¼ qismi; 13-15 yoshdagi bolalar uchun – 1 tabletkadan kuniga 2-3 marta buyuriladi. Boshqa dozalash tartiblari faqat shifokorning maslahatidan keyin qo‘llanilishi mumkin.

Allergik reaktsiyalar (eshakemi, Kvinke shishi); ko‘p shaklli ekssudativ eritema (shu jumladan, Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi); epigastral sohada achishish hissi, og‘izni qurishi, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, arterial bosimni pasayishi, taxikardiya, tsianoz, siydikni qizil rangga bo‘yalishi bo‘lishi mumkin. Uzoq muddat qo‘llanganida – trombotsitopeniya, leykopeniya, agranulotsitoz kuzatiladi.

Pirazolon hosilalariga (butadion, tribuzon), preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Suyak ko‘migida qon hosil bo‘lishini susayishi, stabil va nostabil stenokardiya, dekompensatsiya bosqichidagi surunkali yurak yetishmovchiligi, jigar va buyrak faoliyatini yaqqol buzilishlari; glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi; taxiaritmiya; yopiq burchakli glaukoma;, siydikni tutilishiga moyillik bilan kechuvchi prostata bezining giperplaziyasi; ichak tutilishi va megakolon; granulotsitopeniya, homiladorlik (ayniqsa, birinchi uch oyligi va oxirgi 6 haftasi); laktatsiya davri; 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar. Jigar va buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarga, arterial gipotenziyaga (sistolik bosim 100 mm sm.ust. dan past), bronxospazmga moyillik bo‘lganida, shuningdek nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar yoki nonarkotik analgetiklarga shaxsiy yuqori sezuvchanlik bo‘lganida preparatni ehtiyotkorlik bilan va shifokorning nazorati ostida qo‘llash kerak.

Maksigan preparatini boshqa nonarkotik analgetiklar bilan bir vaqtda qo‘llash toksik samaralarini o‘zaro kuchayishiga olib kelishi mumkin. Tritsiklik antidepressantlar, ichga qabul qilish uchun homilaga qarshi vositalar, allopurinol jigarda metamizolning metabolizmini buzadilar va uning toksikligini oshiradilar. Barbituratlar, fenilbutazon va jigarning boshqa mikrosomal fermentlarining induktorlari metamizolning ta’sirini susaytiradilar. Tsiklosporin bilan bir vaqtda qo‘llanishi qonda tsiklosporinning darajasini pasaytiradi. Sedativ vositalar va trankvilizatorlar Maksiganning og‘riq qoldiruvchi ta’sirini kuchaytiradilar. Ko‘rsatilgan va boshqa dori preparatlarni bir vaqtda qo‘llash zarurati bo‘lganida shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Preparat uzoq muddat (bir haftadan ortiq) qo‘llanganida periferik qon manzarasi (leykotsitlar soni) va jigarning funktsional holatini nazorat qilish kerak. Agranulotsitozga shubha tug‘ilganida yoki trombotsitopeniya kuzatilganida preparat qabul qilishni to‘xtatish kerak. Preparat bilan davolanish vaqtida alkogol iste’mol qilish mumkin emas.

Emizikli ayollarda preparatni qo‘llash emizishni to‘xtatishni talab etadi. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Quruq, qorong‘i joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Preparatning dozasi oshirib yuborilganida quyidagi simptomlar: qusish, og‘izni qurishi hissi, ter ajralishini o‘zgarishi, akkomodatsiyani buzilishi, arterial bosimni pasayishi, uyquchanlik, ongni chalkashishi, jigar va buyrak faoliyatini buzilishi, tirishishlar kuzatilishi mumkin. Davolash – me’dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir, simptomatik davolash buyuriladi.

Retseptsiz

10 tabletkadan PVX va alyumin folga blisterda. 1, 2 yoki 10 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

3 yil.