Lotremretsept bilan

Tarkibi:

faol modda: pentoksifillina – 0,05 g, natriya laktata – 0,32, natriya xlorida – 0,6 g, kaltsiy xlorida – 0,02 g, kaliya xlorida – 0,04 g yordamchi moddalar: inyektsiya uchun suv – 100 ml gacha.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

pentoksifillin

Preparatning savdo nomi:

Lotrem

Farmakalogik guruhi:

pereferik qon aylanishini buzilishlarini davolash uchun vosita

Dori shakli:

infuzion uchun eritma

tiniq, rangsiz yoki biroz sarg‘ish rangli suyuqlik.

pereferik qon aylanishini buzilishlarini davolash uchun vosita

S04AD03

Asosiy farmakologik faol metoboliti 1–(5–gidroksigeksil)-3,7–dimetil ksantin (metabolit I) –fon kontsentratsiyasida o‘zgarmagan moddaning kontsentratsiyasidan 2 marta oshadigan kontsentratsiyada aniqlanadi va qaytuvchan bioximik muvozanat holatida bo‘ladi. Shu tufayli pentoksifillin va uning metobolitini butun faol kabi ko‘rish lozim. Pentoksifillinni yarim chiqarilish davri 1,6 soatni tashkil qiladi. Pentoksifillin to‘liq metabollanadi, 90% dan ko‘prog‘i kon’yugirlanmagan suvda eruvchi polyar metabolitlar holida buyraklar orqali chiqariladi. Yuborilgan dozaning kamida 4% ahlat bilan chiqariladi. Buyraklar faoliyatining og‘ir buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda metabolitlarning chiqarilishi sekinlashadi. Jigar faoliyati buzilgan patsiyentlarda pentoksifillinning yarim chiqarilish davri uzayishi aniqlangan.

Aterosklerotik entsefalopatiya; ishemik tserebral insult; distsirkulyator entsefalopatiya, ateroskleroz, qandli diabet (jumladan diabetik angiopatiya), yallig‘lanish bilan bog‘liq periferik qon aylanishini buzilishi, venalarni shikastlanishi yoki mikrotsirkulyatsiyani buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan to‘qimalarda trofik buzilishlar(posttromboflebit sindromi, trofik yaralar, gangrena, sovuq urishi); obleteratsiyalovchi endarteriit; angioneyropatiyalar (Reyno kasalligi), ko‘zda qon aylanishini buzilishi (ko‘zning to‘r pardasida va tomirli pardasida qon aylanishini nim o‘tkir, o‘tkir, surunkali yetishmovchiligi), eshitishni pasayishi bilan kechuvchi ichki quloqning qon tomiridagi o‘zgarishlar oqibatida faoliyatini buzilishi.

Vena ichiga infuziyalari preparatni parenteral yuborishning eng samarali hisoblanadi va ular yaxshi o‘zlashtiriladi. Dozalash tartibi shifokor tomonidan aniqlanadi va qon aylanishi buzilishlarning og‘irlik darajasiga, tana vazniga va davolashni o‘zlashtiraolinishiga bog‘liqdir. Infuziyani faqat, agar eritma tiniq bo‘lgan holdagina o‘tkazish mumkin. Kattalarga quyidagi davolash sxemasi tavsiya etiladi: Vena ichi infuziyasi 100–600 mg pentoksifillin sutkada 1-2 marta. Vena ichi tomchi infuziyasi davomiyligi 60–360 minutni tashkil qiladi, bunda 100 mg pentoksifilinni yuborish kamida 60 minutga davom etishi lozim.Patsiyentning holati og‘ir bo‘lganida (asosan, gangrena yoki trofik yaralarda doimiy og‘riqlar) pentoksifillin infuziya ko‘rinishida yuborishni 24 soat davomida o‘tkazish mumkin. Quyidagi yuborish sxemasida dozani soatiga 0,6 mg/kg hisobidan aniqlanadi. Quyidagi shaklda hisoblanganida tana vazni 70 kg bo‘lgan patsiyent uchun sutkalik doza 1000 mg ni tashkil qiladi, tana vazni 80 kg bo‘lgan patsiyent uchun – 1150 mg. Patsiyentning tana vaznidan qat’iy nazar, maksimal sutkalik doza 1200 mg ni tashkil qiladi. Infuzion eritmaning xajmi yondosh kasalliklarni hisobga olgan xolda, patsiyentning holatiga qarab, shaxsiy ravishda hisoblanadi va sutkada o‘rtacha 1–1,5 l ni tashkil qiladi. Parenteral davolash kursining davomiyligi davolash o‘tkazayotgan shifokor tomonidan belgilanadi.

Laborator ko‘rsatkichlari: transaminazalar darajasini oshishi, ishqoriy fosfataza darajasini oshishi. Yurak faoliyatini buzilishi: aritmiya, taxikardiya, stenokardiya, kardialgiya, arterial bosimni o‘zgarib turishi, to‘sh suyagi ortida ezilish hissi. Qon yaratish va limfatik tizim faoliyatini buzilishi: trombotsitopeniya bilan kechuvchi trombotsitopenik purpura va aplastik anemiya (barcha qon hujayralarini hosil bo‘lishini qisman yoki to‘liq to‘xtashi, pantsitopeniya), bu o‘limga olib kelishi mumkin, gipofibrinogenemiya. Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, asseptik meningit, tremor, paresteziyalar, tirishishlar. Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan: qichishish, terini qizarishi va eshakemi, toksik epidermal nekroliz va Stivens–Djonson sindromi, tirnoqlarni kuchli sinishi. Qon tomir tizimi faoliyatini buzilishi: qizib ketish hissi (qon quyilishi), qon ketishi, periferik shish. Immun tizimi tomonidan: anafilaktik reaktsiyalar, anafilaktoid reaktsiyalar, angionevrotik shish, bronxospazm va anafilaktik shok. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, anoreksiya, ichak atoniyasi, holetsistitni zo‘rayishi, xolestik gepatit. Jigar va o‘t–chiqarish yo‘llari tomonidan: jigar ichi xolestazi. Ruhiy buzilishlar: qo‘zg‘alish va uyquni buzilishi, gallyutsinatsiyalar, havotirlik. Ko‘rish a’zolari tomonidan: ko‘rishni buzilishi, kon’yunktivit, to‘r pardaga qon quyilishi, to‘r pardani ko‘chishi, skotoma. Boshqalar: gipoglikemiya, kuchli terlash, tana haroratini ko‘tarilishini, ro‘y berish hollari haqida xabar berilgan, et uvishishi.

Preparatning komponentlariga va ksantin hosilalariga o‘ta yuqori sezuvchanlik. O‘tkir miokard infarkti. Porfiriya, preparatni buyurish vaqtida yoki uni buyurish oldidan ko‘p qon ketishi, gemorragik diatez, ko‘zning to‘r pardasiga ko‘p qon quyilishi (preparatni qo‘llashni darhol to‘xtatish lozim). Aritmiyalar, koronar yoki miya arteriyalarining og‘ir aterosklerozi, nazorat qilib bo‘lmaydigan gipotenziya. Jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi, me’da yarasi va/yoki ichak yaralari. Miyaga qon quyilishi (qon ketishini kuchayishi xavfi). Homiladorlik va laktatsiya davri. 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Insulinga yoki diabetga qarshi peroral vositalar qand darajasini kamaytirish samarasini kuchaytirishi mumkin. Shuning uchun, qandli diabetda midikamentoz davo olayotgan patsiyentlar sinchkov nazorat ostida bo‘lishlari lozim. Pentoksifillin va K antivitaminlari bilan bir vaqtda davolanayotgan patsiyentlarda antikoagulyant faolligining oshishi haqida postmarketing davrida xabar berilgan. Pentoksifillin buyurilganida yoki dozalash o‘zgarganida ushbu guruh patsiyentlarida antikoagulyant faollikning nazoratini o‘tkazish tavsiya etiladi. Pentoksifillin gipertenziyaga qarshi vositalarni va arterial bosimni kamaytirishni chaqiruvchi boshqa preparatlarni gipotenziv ta’sirini kuchaytirishi mumkin. Pentoksifillin va teofillinni bir vaqtda qo‘llanishi ayrim patsiyentlarda qonda teofillin darajasini o‘sishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli teofilinning nojo‘ya reaktsiyalarini tez – tezligini oshishi va kelib chiqishi kuchayishi mumkin. Nomutanosibligi. Preparatni bitta hajmda boshqa dori vositalari bilan aralashtirish mumkin emas.

Anafilaktik/anafilaktoid reaktsiyalarni rivojlanishini ilk belgilarida preparat bilan davolashni darhol to‘xtatish va yordam olish uchun shifokorga murojaat qilish lozim. Surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga preparat qo‘llagan hollarda avval qon aylanishini kompensatsiya bosqichiga erishish kerak. Qandli diabeti bo‘lgan va insulin yoki peroral diabetga qarshi vositalar bilan davolanayotgan bemorlarda, preparatning yuqori dozalari qo‘llanganda, ushbu preparatlarning qondagi qand darajasiga ta’siri kuchayishi mumkin (“Dorilarning o‘zaro ta’siri” bo‘limiga qaralsin). Bunday hollarda insulinni yoki peroral diabetga qarshi vositalarini dozasini kamaytirish lozim va ayniqsa patsiyentni yaxshilab parvarish qilish kerak. Tizimli qizil yugurigi (TQYU) bo‘lgan yoki biriktiruvchi to‘qimaning boshqa kasalliklari bo‘lgan bemorlarga pentoksifillinni faqat xavf va foydani sinchkov taxlil qilgandan so‘ng buyurish mumkin. Chunki pentoksifillin bilan davolash vaqtida aplastik anemiyani rivojlanish xavfi mavjud, qonning umumiy taxlilini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish zarur. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda (kreatinin klirensi minutiga 30 ml/dan kam bo‘lgan) yoki jigarning og‘ir disfunktsiyasi bo‘lgan patsiyentlarda pentoksifillinni chiqarilishi sekinlashishi mumkin. Sinchkov monitoring o‘tkazish lozim. Ayniqsa quyidagilarda diqqat bilan kuzatuv o‘tkazish lozim: og‘ir yurak aritmiyalari bo‘lgan patsiyentlar;miokard infarkti bo‘lgan patsiyentlar;arterial gipotenziyasi bo‘lgan patsiyentlar;miya va koronar tomirlarning yaqqol aterosklerozi bo‘lgan patsiyentlarda, ayniqsa arterial gipertenziyasi va yurak ritmini buzilishlari birga kechayotganida. Bunday patsiyentlarda preparatni qabul qilganda stenokardiya xurujlari, aritmiyalar va arterial gipertenziya bo‘lishi mumkin.buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda (kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam);og‘ir jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda;antikoagulyantlar bilan davolanish yoki qon ivishini buzilishlari bilan bog‘liq bo‘lgan, qon ketishlarga yuqori moyilligi bo‘lgan patsiyentlarda. Qon ketishlari yuzasidan – “Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qaralsin;arterial bosimni pasayishi yuqori xavfni tug‘diruvchi patsiyentlar (masalan, og‘ir yurak ishemik kasalligi yoki miyaga qon yetkazib beruvchi tomirlar stenozi bo‘lgan patsiyentlarda).pentoksifillin va K antivitaminlari bilan bir vaqtda davolanayotgan patsiyentlar (“Dorilarning o‘zaro ta’siri” bo‘limiga qaralsin).pentoksifillin va diabetga qarshi vositalar bilan bir vaqtda davolanayotgan patsiyentlar (“Dorilarning o‘zaro ta’siri” bo‘limiga qaralsin). Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi Preparatni homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas. Bolalar. Bolalarda qo‘llash tajribasi mavjud emas. Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Preparat statsionar sharoitda qo‘llanganligi sababli, bunday ta’sirlar xaqida ma’lumotlar yo‘q. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: holsizlik, bosh aylanishi, arterial bosimni pasayishi, taxikardiya, uyquchanlik va qo‘zg‘alish, gipertermiya, hushdan ketish, gipertermiya, arefleksiya, tirishishlar, me’da – ichakdan qon ketishi, ko‘ngil aynishi, qon quyilishlar. Davolash: simptomatik. Qon ketishini oldini olish uchun maxsus tez yordam chora tadbirlarini o‘tkazish talab etilishi mumkin.

Retsept bo‘yicha

0,05% infuzion uchun eritma. 100 ml, 200 ml, 250 ml, 400 ml i 500 ml dan shisha butilkalarda (flakonlar).

2 yil.