Loperamid Remedy

Tarkibi:

faol modda: loperamid gidroxloridi – 2 mg; yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali yoki makkajo‘xori kraxmali, stearin kislotasi yoki kaltsiy stearati, laktoza, polivinilpirolidon.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

loperamid gidroxloridi

Preparatning savdo nomi:

Loperamid-Remedy

Farmakalogik guruhi:

Diareyaga qarshi vositalar.

Dori shakli:

tabletkalar

Diareyaga qarshi vositalar.

A07DA03

Ichakdan oson so‘riladi. Ta’siri tez boshlanadi va 4-6 soat davom etadi. So‘rilishi – 40% ni tashkil qiladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 97% ni tashkil qiladi. Jigarda kon’yugatsiya yo‘li orqali deyarli to‘liq metabolizmga uchraydi. Loperamidni ichak devori bilan yuqori darajada o‘xshashligi va jigardan “birinchi o‘tishida” yuqori darajadagi metabolizmi tufayli, loperamid amalda tizimli qon oqimiga tushmaydi. Yarim chiqarilish davri 9-14 soatni tashkil qiladi. Asosan ahlat bilan chiqariladi. Preparat gematoentsefalik to‘siq orqali o‘tmaydi.

Kelib chiqishi turli bo‘lgan (allergiq, hissiy, dorivor, nurlanish; ovqatlanish tartibi va ovqat tarkibini sifatini o‘zgarishi, metabolizm va so‘rilishini buzilishi; infektsion genezli diareyada – yordamchi vosita sifatida) o‘tkir va surunkali diareyani simptomatik davolashda qo‘llanadi. Ileostomasi bo‘lgan patsiyentlarda ich kelishini (ahlat miqdori va hajmini kamaytirish, hamda unga qattiqroq konsistentsiya bo‘lish uchun) boshqarish uchun qo‘llanadi.

Ichga. Kattalarga o‘tkir diareyada birinchi marta 4 mg, so‘ng har bir suyuq holdagi ich kelishidan keyin 2 mg dan buyuriladi; maksimal sutkalik doza – 16 mg ni tashkil qiladi. Surunkali diareyada sutkada 4 mg boshlang‘ich dozada buyuriladi, so‘ngra ich kelishi sonini kuniga 1-2 martagacha kamaytirish uchun, doza shaxsiy ravishda tanlanadi (odatda sutkada 2 mg dan 12 mg gacha). 5 yoshdan oshgan bolalarga o‘tkir diareyada birinchi marta 2 mg buyuriladi; so‘ngra har bir suyuq holdagi ich kelishidan keyin dozani 2 mg dan buyuriladi; surunkali diareyada – sutkada 2 mg, so‘ngra dozani sutkada 4-6 mg gacha oshirish mumkin. Bolalar uchun maksimal sutkalik doza – 8 mg ni tashkil qiladi. Ich kelishi me’yorlanganida, 12 soatdan ko‘proq ich kelmaganida yoki qorin dam bo‘lganida preparatni bekor qilish kerak.

Nojo‘ya ta’sirlari odatda preparat faqat uzoq vaqt qabul qilinganida kuzatiladi. Bosh og‘rig‘i, epigastriya sohasida og‘piq va noxushlik, og‘izni qurishi, allergik reaktsiyalar (teri toshmalari) kuzatilishi mumkin. Kam hollarda: uyquchanlik yoki uyqusizlik, bosh aylanishi, ichak spazmlari, ko‘ngil aynishi, qusish, qabziyat, meteorizm bo‘lishi mumkin. Juda kam hollarda ichak o‘tkazmasligi holati kuzatilishi mumkin.

Ichak tutilishi, o‘tkir dizenteriya; keng ta’sir doirali antibiotiklarni qo‘llash oqibatida paydo bo‘lgan o‘tkir yarali va soxtamembranoz kolit, homiladorlik, laktatsiya, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar, preparatga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Preparat jigar faoliyatining buzilishlari bo‘lgan bemorlarga alohida ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Preparat faqat simptomatik ta’sir ko‘rsatgani uchun, etiotrop davolashni ham buyurish kerak. Diareyada, ayniqsa bolalarda, gipovolemiya va elektrolitlar miqdorini pasayishi mumkin. Bu holatlarda suyuqlik va elektrolitlarni to‘ldirish uchun o‘rinbosar davolash juda muhimdir. O‘tkir diareyada, agar 48 soat davomida klinik yaxshilanish kuzatilmasa, preparat qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga maslahat uchun murojat qilish kerak. Jigar faoliyatining buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda preparat bilan davolash vaqtida nerv tizimini preparat ta’sirida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan zaharli shikastlanishi belgilarini aniqlash uchun, sinchkov tibbiy kuzatuv talab qilinadi. Qabziyat, qorinni damlanishi yoki ichak tutilishi uchun xarakterli bo‘lgan ko‘rinishlar rivojlanganida, darhol preparat qabul qilishni to‘xtatish kerak. Charchoqlik, uyquchanlik yoki bosh aylanishi hollari paydo bo‘lganida avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash tavsiya qilinmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25° S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari:  dozani oshirib yuborilishi hollarida markaziy nerv tizimining susayishi (stupor, koordinatsiyani buzilishi, uyquchanlik, mioz, skelet mushaklari tonusini oshishi, nafasni susayishi) va ichak tutilishi paydo bo‘lishi mumkin. Davolash: antidot sifatida naloksonni qo‘llash mumkin. Faollashtirilgan ko‘mir, me’dani yuvish, o‘pkani su’niy ventilyatsiya qilish buyuriladi. Hech bo‘lmaganida 48 soat davomida tibbiy kuzatuv olib borish kerak.

Retseptsiz

Tabletkalar, 2 mg dan.

3 yil.