Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Tarkibi:
Ta’sir etuvchi modda: Loperamid gidroxloridi – 2 mg.
Yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, mikrokristall tsellyuloza, magniy stearati.
Ta'sir etuvchi modda(XPN):
Loperamid gidroxloridi
Preparatning savdo nomi:
Loperamid ATM
Farmakalogik guruhi:
Diareyaga qarshi vosita.
Dori shakli:
Kapsulalar
Oq rangli qattiq jelatin kapsulalar.
Kapsulalar ichidagisi – oq yoki sarg‘ish tusli oq rangli kukun.
Diareyaga qarshi vosita.
Ichakdan oson so‘riladi.
So‘rilish ko‘rsatkichi – 40%.
Maksimal kontsentratsiyaga erishish vaqti – 2,5 soat.
Ta’siri tez boshlanadi va 4-6 soat davom etadi.
Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi- 97%.
Jigarda kon’yugatsiya yo‘li bilan deyarli to‘liq metabolizmga uchraydi.
Yarim chiqarilish davri (T1/2) 9-14 soatni tashkil qiladi.
Asosan ahlat bilan chiqariladi.
Preparat gematoentsefalik to‘siq orqali o‘tmaydi.
Turli genezli (allergik, emotsional, dori, nurlanish; ovqatlanish tartibi va ovqatning sifat tarkibini o‘zgarishi, metabolizm va so‘rilishni buzilishida; infektsion genezli diareyada yordamchi vosita sifatida) o‘tkir va surunkali diareyani simptomatik davolash.
Ileostomali patsiyentlarda ich kelishini (ahlatning miqdori va hajmini kamaytirish, shuningdek unga qattiqroq konsistentsiya berish) boshqarishda qo‘llanadi.
Ichga, kapsulalar chaynamasdan 100 ml suv bilan birga yutiladi.
Kattalarga o‘tkir va surunkali diareyada dastlab 4 mg buyuriladi, so‘ngra har bir ichni suyuq kelishi hollarida 2 mg dan; maksimal sutkalik doza – 16 mg.
Surunkali diareyada sutkada 4 mg boshlang‘ich dozada buyuriladi, so‘ngra doza ich kelishini sonini sutkada 1-2 martagacha kamaytirish uchun shaxsiy ravishda tanlanadi (odatda kuniga 2 mg dan 12 mg gacha).
6 yoshdan katta bolalarga o‘tkir diareyada dastlab 2 mg buyuriladi; so‘ngra har bir suyuq ich kelishidan keyin 2 mg dan; surunkali diareyada – sutkada 2 mg dan, so‘ngra doza sutkada 4-6 mg gacha oshirilishi mumkin.
Bolalar uchun maksimal sutkalik doza – 5 mg.
Ich kelishi normallashganida, 12 soatdan ortiq ich kelmaganida yoki qorin dam bo‘lganida preparatni bekor qilish kerak.
Nojo‘ya ta’sirlari, odatda preparat uzoq muddat qabul qilinganida kuzatiladi.
Bosh og‘rig‘i, epigastriy sohasida og‘riqlar va diskomfort, og‘izni qurishi, allergik reaktsiyalar (teri toshmalari) bo‘lishi mumkin.
Kam xollarda -uyquchanlik yoki uyqusizlik, bosh aylanishi, ichak spazmi, ko‘ngil aynishi, qusish, qabziyat, meteorizm, juda kam hollarda – ichak tutilishi kuzatiladi.
Ichak tutilishi; o‘tkir dizenteriya; keng ta’sir doirasiga ega antibiotiklarni qabul qilish oqibatida paydo bo‘lgan o‘tkir yarali kolit va soxtamembranoz kolit; homiladorlik, laktatsiya, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar; preparatga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Loperamidning boshqa dori vositalari bilan klinik axamiyatli o‘zaro ta’siri aniqlanmagan.
Preparat ikki sutka davomida qo‘llanganidan keyin samarasi bo‘lmasa, tashxisni aniqlash va infektsion genezli diareyani istisno qilish kerak.
Jigar faoliyati buzilishi bo‘lgan bemorlarga preparat ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Agar davolashda qabziyat yoki qorinni dam bo‘lishi rivojlansa, preparatni bekor qilish kerak.
Jigarning faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda markaziy nerv tizimining toksik shikastlanishi belgilarini sinchiklab nazorat qilish kerak.
Davolash davrida yo‘qotilgan suyuqlik va elektrolitlarni to‘ldirish kerak.
Uyquchanlik yoki bosh aylanishi paydo bo‘lgan holda transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bian ishlashdan saqlanish kerak.
Preparatni bolalar olaolmaydigan joyda saqlash va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik lozim.
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Simptomlari: stupor holati, harakat koordinatsiyasini buzilishi, uyquchanlik, mioz, mushaklar tonusini oshishi, ileus.
Davolash: antidot sifatida nalokson qo‘llanadi.
Bemor kamida 48 soat davomida shifokorning nazorati ostida bo‘lishi kerak.
Retseptsiz
10 kapsuladan PVX/alyumin folgali kontur uyali o‘ramda.
Kontur-uyali o‘ramlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.