Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Tarkibi:
Faol modda: Loperamid gidroxloridi – 2 mg.
Yordamchi moddasi: makkajo‘xori kraxmali, mikrokristall tsellyuloza, magniy stearati.
Ta'sir etuvchi modda(XPN):
): Loperamid
Preparatning savdo nomi:
Loperamid
Farmakalogik guruhi:
Diareyaga qarshi vositalar.
Dori shakli:
Kapsulalar.
Qattiq oq jelatin kapsulalar.
Kapsulaning ichidagi modda – oq yoki sarg‘ish tusli oq rangli kukun.
Diareyaga qarshi vositalar.
Ichga qabul qilinganida so‘rilishi 40% tashkil qiladi.
Plazmadagi maksimal kontsentratsiyasiga kapsula qabul qilinganidan keyin 2,5 soat o‘tgach erishiladi.
Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi (ko‘proq albuminlar bilan) – 97%.
Gematoentsefalik to‘siqdan o‘tmaydi.
Jigardan kon’yugatsiya yo‘li bilan deyarli to‘liq metabolizmga uchraydi.
Yarim chiqarilish davri – 9-14 soat (o‘rtacha 9,8 soat).
Ko‘proq o‘t-safro orqali, oz qismi buyraklar orqali chiqariladi (kon’yugatsiyalangan metabolitlari ko‘rinishida).
Turli genezli o‘tkir va surunkali diareyani simtomatik davolash (allergik, emotsional, dorili, nurli; ovqatlanish tartibini va ovqatning tarkibini sifati o‘zgarganida, metabolizm va so‘rilish buzilganida; infektsion genezli diareyada yordamchi vosita sifatida).
Ileostomali patsiyentlarda ich kelishini boshqarish.
Ichga, chaynamasdan, suv bilan birga qabul qilinadi.
Kattalarga o‘tkir diareyada dastlab 2 kapsula (4 mg) loperamid buyuriladi, so‘ngra suyuq ahlat holida 1 kapsuladan (2 mg) har defekatsiyadan keyin yuqori sutkalik doza – 8 kapsula (16 mg).
Kattalarga surunkali diareyada sutkada 4 mg dan buyuriladi.
Maksimal sutkalik doza – 16 mg.
6 yoshdan oshgan bolalarga o‘tkir diareyada boshlang‘ich doza 2 mg, so‘ngra suyuq ahlat holida 2 mg dan har defekatsiyadan keyin.
Maksimal sutkalik doza – 4 kapsula (8 mg).
6 yoshdan oshgan bolalarga surunkali diareyada loperamid 2 mg sutkalik dozada buyuriladi.
Maksimal sutkalik doza – 6 mg 20 kg ga.
Ich kelishi normallashganidan keyin yoki ich kelishi 12 soatdan ko‘proq vaqtda bo‘lmasa, preparatni qo‘llashni to‘xtatish kerak.
Odatda, faqat preparat uzoq vaqt qabul qilinganida kuzatiladi.
Allergik reaktsiyalar (teri toshmasi), uyquchanlik, bosh aylanishi, gipovolemiya, elektrolit buzilishlar, og‘izni qurishi, ichak sanchig‘i, gastralgiya, qorinda og‘riq yoki diskomfort, ko‘ngil aynishi, qusish, meteorizm kuzatilishi mumkin.
Kam – siydikni tutilishi, juda kam – ichakni tutilishi.
O‘ta yuqori sezuvchanlik, ichakni o‘tkazmasligi, o‘tkir yarali kolit, divertikulez, o‘tkir soxtamembranoz enterokolit fonidagi diareya, dizenteriya va me’da-ichak yo‘llarining boshqa infektsiyalarida.
Homidorlik (I uch oyligi), laktatsiya davri, 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga (loperamid kapsulalari 6 yoshgacha bolalarga buyurilmaydi).
Preparatning boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’sirlari aniqlanmagan.
Loperamid 2 sutka qo‘llanganidan keyin samara bo‘lmaganida tashxisni aniqlash va diareyaning infektsion genezini istisno qilish kerak.
6 yoshdan kichik bolalarga kapsulalarda buyurish tavsiya qilinmaydi.
Agarda davolayotganda qabziyat yoki qorinni dam bo‘lishi rivojlansa, loperamidni bekor qilish kerak.
Jigar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda markaziy nerv tizimini toksik shikastlanishining belgilarini diqqat bilan nazorat qilish kerak.
Diareyani davolash davrida suyuqlik va elektrolitlarning yo‘qotilishini to‘ldirish kerak.
Davolash vaqtida transport vositalarini boshqarish va potentsial xavfli, diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Simptomlari: markaziy nerv tizimining faoliyatini susayishini belgilari (stupor, harakat koordinatsiyasini buzilishi, uyquchanlik, ko‘z qorachig‘ini torayishi (mioz), skelet mushaklarining tonusini oshishi, nafasni susayishi, ichakni o‘tkazmasligi.
Davolash: spetsifik antidoti sifatida nalokson ishlatiladi.
Loperamidning ta’sir qilish vaqti naloksonga qaraganda ko‘proqligini hisobga olib, oxirgisini takror yuborish mumkin.
Simptomatik davolash: me’dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish (preparat qabul qilinganidan keyingi birinchi 3 soatda), o‘pkaning sun’iy ventilyatsiyasi.
Retseptsiz
Kapsulalar 2 mg.
10 kapsuladan kontur uyali o‘ramda, 1, 2, 3, 10 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.