Yurak-tomir tizimi tomonidan: arterial gipotenziya (shu jumladan ortostatik gipotoniya), miokard infarkti yoki arterial bosimni ahamiyatli darajada pasayishi oqibati sifatida ikkilamchi tserebrovaskulyar buzilishlar (insult), sinkope, palpitatsiya, taxikardiya, bradikardiya, stenokardiya, atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlikni buzilishi, ko‘krakda ezilish va og‘riq hissi, Reyno sindromi, nekrotik vaskulit.
Markaziy va perifenik nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, muvozanatni buzilishi, dezoriyentatsiya, xushdan ketish, kayfiyatni beqarorligi, depressiya simptomlari, ta’mni buzilishi va ta’m tuyg‘ularini buzilishi, ishtahani pasayishi yoki yo‘qolishi, hid sezishni buzilishi, anoreksiya, diqqatni jamlashni buzilishi, fikrlash jarayonini buzilishi, apatiya, kuchli toliqish, paresteziyalar, vertigo, umumiy holsizlik, qo‘l-oyoqlarni tirishishlari va lablarni tirishishli tortilishi, kam – astenik sindrom, ongni chalkashishi, qo‘zg‘algan xolat, bezovtalik, ta’sirchanlik, depressiya, uyquni buzilishi, shu jumladan uyqusizlik, ruxiyatni boshqa o‘zgarishlari.
Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan: ishtahani pasayishi, og‘izni qurishi, chanqoqlikni kuchayishi, jig‘ildon qaynashi, ko‘ngil aynishi, qusish, sialoreya, dispepsiya, qorinda og‘riqlar/spazmlar, qabziyat, diareya, stomatit/aftoz yaralar, glossit, sialoadenit, ichak angiodemasi, xolestitsit, pankreatit, gepatit, shu jumladan gepatotsellyulyar yoki xolestatik; sariqlik, jigar yetishmovchiligi, jigar entsefalopatiyasini yoki jigar komasini rivojlanishi.
Nafas tizimi tomonidan: quruq yo‘tal, nafas ritmini buzilishi, dispnoe, bronxospazm, bronxit, rinit, sinusit, allergik alveolit/eozinofil pnevmoniya, pnevmoniya va o‘pka shishini o‘z ichiga oluvchi respirator distress-sindrom.
Yuqori nafas yo‘llari infektsiyalari qayd qilingan.
Teri qoplamalari va teri osti to‘qimalari tomonidan: ko‘p terlash, teri giperemiyasi, sochlarni to‘kilishi, dermatologik ko‘rinishlar, shu jumladan psoriaz, pemfigoid reaktsiyalar, toksik epidermal nekroliz, Stivens-Djonson sindromi, ko‘p shaklli eritema, ekzema, majmuaviy teri reaktsiyalari (qichishish, isitma, mialgiya, artralgiya, vaskulit, antinuklear antitelolarga ijobiy sinama, yuqori ECHT, eozinofiliya, leykotsitoz bilan birga kechishi mumkin), purpura, eksfoliativ dermatit, tizimli qizil yugirikni zo‘rayishi, terining soxta limfomasi.
Qon va limfatik tizimi tomonidan: anemiya, shu jumladan gemolitik, aplastik, gemoglobinni, gemotokritni pasayishi, eritrotsitopeniya, leykopeniya/leykotsitoz, trombotsitopeniya, neytropeniya, agranulotsitoz, purpura, limfadenopatiya, miyelosupressiya.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: buyrak faoliyatini buzilishi, alohida hollarda – o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, uremiya, poliuriya, oliguriya/anuriya; glyukozuriya, interstitsial nefrit.
Reproduktiv tizimi va sut bezlari tomonidan: potentsiyani pasayishi/impotentsiya, ginekomastiya.
Immun tizimi tomonidan: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, shu jumladan anafilaktik reaktsiyalar (shu jumladan anafilaktik shok), autoimmun kasalliklar.
Allergik reaktsiyalar: yutish va nafas qiyinchiliklari, angionevrotik shish (lablar, yuz, ko‘zlar, og‘iz, til, halqum qopqog‘i va/yoki halqum, qo‘l-oyoqlarni), qichishish, eshakemi.
Laboratoriya ko‘rsatkichlarini o‘zgarishlari: juda kam – elektrolit muvozanatini buzilishi (gipokaliyemiya, gipomagniyemiya, giponatriyemiya, gipoxloremiya, giperkaltsiyemiya), giperglikemiya, giperurikemiya, giperkaliyemiya, mochevina va kreatinin darajasini oshishi, giperxolesterinemiya, gipertriglitseridemiya, giperbilirubinemiya, proteinuriya, “jigar” transaminazalari faolligini oshishi, glyukozaga tolerantlikni pasayishi, qon zardobida xolesterin va triglitseridlarning darajasini oshishi, antinuklear antitelolarga ijobiy sinama, ECHT oshishi.
Boshqalar: tana haroratini oshishi, artritlar, podagra, mushak spazmi yoki mushaklarda og‘riq, ko‘rish o‘tkirligini qisqa muddatli xiralashishi/pasayishi, ksantopsiya, kon’yunktivit, antidiuretik gormonini noadekvat sekretsiyasi, giperxloremik alkoloz, qandli diabet, quloqlarda shovqin, quloq og‘rig‘i.