Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Tarkibi:
Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi: Faol moddalar:
Preparatning savdo nomi:
Liponil
Farmakalogik guruhi:
gipolipidemik vosita.
Dori shakli:
kapsulalar 500 mg
o‘ziga xos hidli jigarrang kukun saqlovchi, qizil rangli kapsulalar.
gipolipidemik vosita.
O‘simlikdan olingan komponentlarning majmuasi mahsulotning aniq farmakokinetikasi noma’lum/aniqlanmagan yoki uni aniqlashda qiyinchiliklar mavjud.
Plazmada umumiy xolesterin, triglitseridlar va past zichlikdagi xolesterin darajasini oshishi bilan kechuvchi giperxolesterinemik status, giperlipidemiyani simptomatik davolash.
Giperxolesterinemiya oqibatidagi ateroskleroz, revmatizm, o‘tkir va surunkali bronxit, surunkali qabziyat, bosh og‘rig‘i, jigar tsirrozida yordamchi vosita sifatida qo‘llanadi.
1-2 kapsula kuniga ikki yoki uch marta ovqatdan keyin suv bilan qabul qilinadi.
Maksimal sutkalik doza – kuniga 6 kapsulani tashkil etadi.
Allergik reaktsiyalar rivojlanishi mumkin.
12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas (klinik ma’lumotlarni yo‘qligi tufayli).
Statin preparatlari bilan majmuada qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Agar preparatning yaroqlilik muddati o‘tgan bo‘lsa, uni mahalliy qoidalarga muvofiq utilizatsiya qilish kerak.
Bunday choralar atrof-muhitni himoya qilishga yordam beradi.
Preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi (klinik ma’lumot cheklanganligi tufayli).
30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda, quruq joyda saqlansin.
Hozirgi vaqtgacha preparatning dozasini oshirib yuborilishi haqida xabar berilmagan.
Shifokor retsepti bo‘yicha
50 kapsula “bolalardan himoya” yopish tizimli YUZPE flakonda.
Bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.