GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari guruhi dori preparatlari qo‘llangan vaqtda miopatiyani rivojlanish xavfi tsiklosporin, fibrat kislotasining hosilalari, makrolid antibiotiklar, shu jumladan eritromitsin, azollar guruhiga mansub zamburug‘larga qarshi dori preparatlari yoki niatsin bir vaqtda qo‘llanganida oshadi.
Kam hollarda bu mioglobinuriya chaqirgan buyraklar faoliyatini buzilishi bilan bir qatorda, skelet mushaklarini yemirilishi yuz berishiga olib kelgan.
Shu sababdan yuqorida sanab o‘tilgan dori preparatlarini atorvastatin dori preparati bilan bir vaqtda qo‘llashdan kutiladigan foydani, bunday qo‘llashning potentsial xavfi bilan qiyoslash kerak.
Izoferment tsitoxrom R450 CYP 3A4 ingibitorlari: Atorvastatin izoferment tsitoxrom R450 CYP 3A4 ishtirokida metabolizmga uchraydi.
Shuning uchun atorvastatin va izoferment tsitoxrom R450 CYP 3A4 ingibitorlari (masalan, tsiklosporin, makrolid antibiotiklar, shu jumladan eritromitsin va klaritromitsin, nefazodon, azollar guruhiga kiruvchi zamburug‘larga qarshi dori preparatlari, shu jumladan itrakonazol, shuningdek OITV virusi proteazasi ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida o‘zaro ta’siri yuz berishi mumkin.
Shuni hisobga olib, bu preparatlar atorvastatin bilan bir vaqtda qo‘llanganida alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki bu plazmada atorvastatinning darajasini oshishiga olib kelishi mumkin.
Eritromitsin, klaritromitsin: Atorvastatinni 10 mg dozada sutkada bir marta izoferment tsitoxrom R450 CYP 3A4 ning ma’lum ingibitorlari, eritromitsin (500 mg dan sutkada to‘rt marta) yoki klaritromitsin (500 mg dan sutkada ikki marta) bilan bir vaqtda qo‘llash plazmada atorvastatinning kontsentratsiyasini oshishini chaqirgan.
Klaritromitsin atorvastatinning Smax ni 56% ga, AUC ni esa – 80% ga oshishini chaqirgan.
R glikoproteinning ingibitorlari: Atorvastatin va uning metabolitlari R glikoproteinining substratlaridir.
R glikoproteinning ingibitorlari (masalan, tsiklosporin) atorvastatinning biologik kiraolishligini oshirishi mumkin.
Itrakonazol: Atorvastatinni 40 mg dozada va itrakonazolni sutkada 200 mg dozada bir vaqtda qo‘llash atorvastatinning AUC ni uch barobar oshishini chaqirgan.
Proteaza ingibitorlari: Atorvastatinni izoferment tsitoxrom R450 CYP 3A4 ingibitorlari sifatida ma’lum bo‘lgan proteaza ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llash, plazmada atorvastatinning kontsentratsiyasini oshishi bilan bog‘liq bo‘lgan.
Greypfrut sharbati: CYP3A4 ni bostiruvchi bir yoki bir necha ingrediyentlar saqlaydi va plazmada bu tsitoxrom yordamida metabolizmga uchraydigan dori preparatlarning kontsentratsiyasini oshirishi mumkin.
240 ml greypfrut sharbatini qabul qilish atorvastatinning AUC ni 37% ga oshishini va faol ortogidroksil metabolitning AUC ni 20,4% ga pasayishini chaqirgan.
Greypfrut sharbatining katta miqdorini (5 kun davomida sutkada 1,2 litrdan ortiq) iste’mol qilish, atorvastatinning AUC ni 2,5 marta va GMG-KoA reduktazaning faol ingibitorlarining (atorvastatin va uning faol metabolitlari) AUC ni 1,3 marta oshirgan.
Shu sababdan atorvastatin bilan davolash vaqtida greypfrut sharbatining katta miqdorini iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi.
Izoferment tsitoxrom R450 CYP 3A4 induktorlari: Izoferment tsitoxrom R450 CYP 3A4 ni induktsiyalovchi dori preparatlarning (masalan, rifampitsin, fenitoin) atorvastatinga ta’siri aniq emas.
Bu izofermentning boshqa substratlari bilan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘zaro ta’sirlarini, garchi ular aniq bo‘lmasada, tor terapevtik indeksiga ega boshqa dori preparatlari, masalan, amiodaron kabi, III sinf antiaritmik dori preparatlari qo‘llanganida e’tiborga olish kerak.
Gemfibrozil/fibratlar: Atorvastatin ingibitorlari fibratlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida miopatiyaning rivojlanishini xavfi oshishi mumkin.
In vitro tekshirishlar gemofibrozil atorvastatinning glyukuronlanishini susaytirishi va shuning uchun zardobda atorvastatinning darajasini oshishini chaqirishi mumkinligini ko‘rsatdi.
Digoksin: Digoksinning ko‘p martalik dozalari va 10 mg atorvastatin bir vaqtda yuborilganida, digoksinning kontsentratsiyasi muvozanatli holatda o‘zgarmaydi.
Ayni paytda digoksin va 80 mg atorvastatinni sutkada bir marta bir vaqtda qo‘llash digoksinning kontsentratsiyasini taxminan 20% ga oshishini chaqirgan.
Bu o‘zaro ta’sir, ehtimol, membrana oqsili R glikoprotein tomonidan amalga oshiriladigan transportning susayishi oqibatida yuz beradi.
Digoksin qabul qilayotgan patsiyentlarni sinchkovlab kuzatish kerak.
Peroral kontratseptivlar: Atorvastatin va peroral kontratseptivlarni bir vaqtda qo‘llash noretisteron va etinilestradiolning kontsentratsiyasini oshishini chaqiradi.
Kontsentratsiyaning oshishini peroral kontratseptivlarning dozalarini belgilayotgan vaqtda hisobga olish kerak.
Kolestipol: Atorvastatinni kolestipol bilan bir vaqtda olayotgan patsiyentlarda, plazmada atorvastatin va uning metabolitlarining kontsentratsiyasini (taxminan 25%) pasayishi yuz beradi.
Biroq gipolipidemik samara atorvastatin va kolestipol bir vaqtda yuborilganida, har bir dori preparati alohida qo‘llanganiga qaraganda yaqqolroq bo‘lgan.
Me’da shirasining kislotaliligini neytrallovchi dori preparatlari: Atorvastatin va alyuminiy gidroksidi va magniy gidroksidini saqlovchi dori preparatlarini bir vaqtda qo‘llash, atorvastatinning plazmadagi kontsentratsiyasini taxminan 35% ga pasaytirgan, shu bilan birga bu PZLP xolesterini fraktsiyasining kontsentratsiyasini pasayishiga ta’sir qilmagan.
Varfarin: Atorvastatin va varfarinni bir vaqtda qo‘llash, bu ikki dori preparatlarini qabul qilishni birinchi kunlari davomida protrombin vaqtini biroz qisqarishini chaqirgan, biroq bunday holat 15 kun davomida normaga qaytgan.
Biroq shunday bo‘lsada, varfarin qabul qilayotgan patsiyentlarni, agarda ularning davolanishiga atorvastatin qo‘shilsa, diqqat bilan kuzatish kerak.
Fenazon: Atorvastatinning ko‘p martalik dozalari va fenazonni bir vaqtda yuborilishi fenazonning klirensiga ta’sir ko‘rsatmagan yoki biroz ta’sir ko‘rsatgan.