Lidokain gidroxloridretsept bilan

Tarkibi:

Faol modda: lidokain gidroxloridi – 40 mg/2 ml Yordamchi moddalar: natriy xloridi, inyektsiya uchun suv.

Preparatning savdo nomi:

Lidokain gidroxlorid

Farmakalogik guruhi:

Mahalliy anestetik vosita.

Dori shakli:

inyektsiya uchun eritma

Tiniq, rangsiz, yoki biroz bo‘yalgan suyuqlik.

Mahalliy anestetik vosita.

Infiltratsiya yo‘li bilan (teri ostiga va vena ichiga regionar anesteziya), periferik nerv blokadasi yo‘li (yelka chigali blokadasi va qovurg‘alararo blokada) va markaziy nerv blokadasi (lyumbal va kaudal epidural blokada) yo‘li bilan mahalliy yoki regionar anesteziyada qo‘llanadi.

Dozaga jarrohlik muolajasining hajmi, anesteziyaning chuqurligi va mushak relaksatsiyasining tegishli darajasi, og‘riqsizlantirish uchun kerakli vaqt, bemorning holati ta’sir qiladi. Barcha hollarda kerakli samaraga erishish uchun minimal hajmlar va kontsentratsiyalarni buyurish kerak. Doza bolalar, keksa patsiyentlar, holsizlangan bemorlar va yurak va/yoki jigar kasalliklari bo‘lgan bemorlarda pasaytirilishi kerak. Vena ichiga regionar anesteziya uchun faqat flakondagi 0,5% li Ksilokain (lidokain gidroxloridi) eritmasini saqlovchi 50 ml li bir martalik dozasi ishlatilishi kerak. Epidural anesteziya: Epidural anesteziya uchun lidokainning quyidagi dozalari tavsiya qilinadi: 1% adrenalinsiz10 ml Polyamp DuoFitIM1% adrenalinsiz20 ml Polyamp DuoFit™1% adrenalinsiz30 ml bir martalik doza1% adrenalin bilan 1:200,00030 ml bir martalik doza1.5% adrenalin bilan10 ml Polyamp DuoFit™1.5% adrenalin bilan20 ml Polyamp DuoFit™1.5% adrenalin bilanampulalar 20 ml, 20 ml bir martalik doza1.5% adrenalin bilan 1:200,000ampulalar 30 ml, 30 ml bir martalik doza2% adrenalinsiz10 ml Polyamp DuoFit™2% adrenalinsizampulalar 10 ml, 10 ml bir martalik doza2% adrenalin bilan 1:200,000ampulalar 20 ml, 20 ml bir martalik doza Kaudal va lyumbal epidural blokada: Subaraxnoidal bo‘shliqqa behosdan tushishi natijasida yuz bergan nojo‘ya reaktsiyalarni oldini olish uchun, eritmaning to‘liq hajmini yuborishdan oldin 1,5% li lidokain eritmasining 2-3 ml nazorat dozasini buyurish lozim. Agar kateter siljigan bo‘lsa, nazorat dozasini takror yuborish kerak. Agar nazorat dozasida adrenalin (10-15 mkg) saqlansa, eritmani qon tomir ichiga behosdan yuborilganida u indikator sifatida xizmat qiladi.

Tizimli buzilishlar: lidokainning nojo‘ya ta’sirlari xarakteri jihatidan amid qatoriga mansub boshqa mahalliy anestetiklarnikiga o‘xshash. Nojo‘ya reaktsiyalar, asosan, dozalarga va katta dozada yuborilganda qonda moddaning yuqori darajasiga, tez o‘zlashtirilishi yoki qon tomiriga behosdan tushishi, shuningdek o‘ta yuqori sezuvchanlik, idiosinkraziya yoki organizmni qarshiligini susayishi bilan bog‘liqdir. Og‘ir reaktsiyalar asosan tizimli bo‘ladi. Eng umumiy nojo‘ya reaktsiyalar quyidagilardir: Markaziy nerv tizimi: qo‘zg‘alishi va/yoki susayishi – bosh aylanishi, asabiylik, qo‘rquv, eyforiya, ongni chalkashishi, uyquchanlik, quloqlarni shang‘illashi, noaniq yoki ikkita ko‘rish, qusish, qizib ketish, sovuq qotish yoki et jimirlash hissi, mushak tortishishlari, tremor, tirishishlar, hushdan ketish, nafasni susayishi yoki to‘xtab qolishi. Lidokain yuborilganidan keyingi uyquchanlik qonda preparatning yuqori darajasini ilk belgisi bo‘lib xizmat qiladi. Yurak-qon tomir tizimi: bradikardiya, gipotoniya, kollaps, bular yurakni to‘xtab qolishiga olib kelishi mumkin. Allergik reaktsiyalar: terini shikastlanishi, eshakemi, shish yoki anafilaktoid reaktsiyalar. Allergik reaktsiyalar mahalliy anestetiklarga, xamda flakonlarda konservant sifatida ishlatiladigan metilparabenga o‘ta yuqori sezuvchanlik natijasida yuz berishi mumkin. Lidokainga o‘ta yuqori sezuvchanlik natijasidagi allergik reaktsiyalar juda kam yuz beradi. Sezuvchanlik teri sinamasi yordamida aniqlanadi.

Yaqqol bradikardiya, arterial gipotoniya, kardiogen shok, surunkali yurak yetishmovchiligining og‘ir shakli, keksa yoshdagi patsiyentlarda sinus tuguni kuchsizligi sindromi, 2 va 3 darajali AV blokada, jigar faoliyatini og‘ir buzilishlari, lidokainga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Adrenalin yoki noradrenalin saqlovchi mahalliy anestetiklarning eritmalarini monoaminooksidaza ingibitorlari yoki tritsiklik antidepressantlarni qabul qilayotgan bemorlarga buyurilishi og‘ir gipertoniyani chaqirishi mumkin. Fenotiazinlar va butirofenonlar adrenalinning pressor ta’sirini kamaytirishi yoki bartaraf etishi mumkin. Qon tomirlarni toraytiruvchi preparatlarni (akusherlik anesteziyasi natijasidagi gipotoniyani davolash uchun) va ergotaminlarni birga qo‘llanishi og‘ir barqaror gipertoniyani yoki insultlarni chaqirishi mumkin.

Umumiy: qo‘l ostida reanimatsion jihozlar, kislorod va shoshilinch muolajalarni o‘tkazish uchun tegishli preparatlar bo‘lishi lozim. Og‘ir nojo‘ya reaktsiyalarni oldini olish uchun minimal samarali dozani qo‘llash kerak. Doimiy kateter bo‘lgan hollarda preparatni yuborishdan oldin va yuborish vaqtida qon aspiratsiyasini o‘tkazish lozim. Epidural anesteziyani o‘tkazish vaqtida avval nazorat dozasini yuborish va markaziy nerv tizimi va yurak-qon tomir tizimini faoliyatini, shuningdek eritmani parda osti bo‘shlig‘iga behosdan yuborish belgilarini kuzatish tavsiya qilinadi. Lidokainning takroriy dozalari, har bir doza yuborilganda qonda preparatning darajasini oshishiga olib kelishi mumkin, bu preparat yoki uning metabolitlarini qonda asta-sekin to‘planishi bilan bog‘liqdir. Qondagi maksimal xavfsiz darajasi bemorning holatiga bog‘liq. Holsizlangan, keksa yoshdagi bemorlarda, o‘tkir kasalliklari bo‘lgan bemorlarda, bolalarda doza yosh va jismoniy holatga muvofiq pasaytirilishi lozim. Shuningdek lidokainni og‘ir shok holatidagi va yurak blokadasi bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim. Lyumbal va kaudal epidural anesteziyani nevrologik kasalliklari mavjud bo‘lgan, umurtqa pog‘onasining deformatsiyasi, septitsemiyasi va og‘ir gipertoniyasi bo‘lgan bemorlarda o‘ziga xos ehtiyotkorlik bilan o‘tkazish kerak. Tananing arteriyalarning oxiri va boshqa qon bilan ta’minlanish bo‘lgan sohalarida qon tomirlarini toraytiruvchi moddalarni saqlovchi mahalliy anestetiklarning eritmalarini ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Periferik qon aylanishini buzilishi yoki qon tomir gipertenziyasi bo‘lgan bemorlarda xaddan tashqari qon tomir torayishi reatsiyasi namoyon bo‘lishi mumkin. Ishemiya yoki nekroz rivojlanishi mumkin. Bemorlarda qon tomirlarini toraytiruvchi moddalarni saqlovchi preparatlarni kuchli ta’sir qiluvchi umumiy og‘riqsizlantirish vositalarini qabul qilish vaqtida yoki undan keyin ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki yurak aritmiyalari yuz berishi mumkin. Og‘ir jigar kasalliklari bo‘lgan bemorlarda, anestetikning metabolizmi buzilgani tufayli, intoksikatsiyani rivojlanishining yuqori xavfi bo‘ladi. Lidokainni shuningdek yurak-qon tomir tizimini buzilishlari bo‘lgan bemorlarga xam ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim, chunki bu preparatlar ta’sirida AV-o‘tkazuvchanlikni oshishi tufayli ularda kompensator imkoniyatlar pasaygan bo‘ladi. Lidokainni o‘ta yuqori sezuvchanlik bo‘lgan hollarda ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim. Bosh va bo‘yin sohasida qo‘llanishi: bosh va bo‘yin sohasida mahalliy anestetiklarning kichik dozalari qo‘llash, shu jumladan retrobulbar, dental blokada va yulduzchasimon tugun blokadasi, bosh miyada qon aylanishi uchun qo‘llanganda yuqoriroq dozalarni qon tomir ichiga behosdan yuborilganda yuz beradigan reaktsiyalarga o‘xshash nojo‘ya reaktsiyalarni chaqirishi mumkin. Ushbu blokada turlari o‘tkazilgan bemorlar doimiy kuzatuv ostida bo‘lishlari lozim. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi Teratogen ta’siri: Homiladorlik V toifa. Buni lidokainni tug‘ruq yoshidagi ayollarga, ayniqsa homiladorlikning ilk muddatlarida, organogenezni maksimal rivojlanishi yuz berayotgan paytda buyurishdan oldin hisobga olish lozim. Ushbu preparat ko‘krak suti bilan chiqarilishi ma’lum emas. Lidokainni emizikli ayollarga ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

2 yil.

O‘tkir ko‘rinishlar odatda preparatni terapevtik qo‘llanganda qonda anestetikning yuqori darajasi yoki eritmani subaraxnoidal bo‘shliqqa behosdan tushishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Davolash: birinchi profilaktik chora – bu anestetikning har bir inyektsiyasidan keyin yurak-qon tomir tizimi va nafas tizimlari faoliyatining hayotiy muhim ko‘rsatkichlarini va bemorning es-hushini diqqat bilan va doimiy kuzatish hisoblanadi. Birinchi nojo‘ya ko‘rinishlarda oksigenoterapiyani o‘tkazish lozim. Preparatni subaraxnoidal bo‘shliqqa behosdan tushishi natijasidagi nafasni susayishi yoki to‘xtab qolishi bilan bog‘liq tirishishlarda, birinchi qadam bo‘lib, nafas yo‘llarini o‘tkazuvchanligini zudlik bilan ta’minlash va niqob yordamida nafas yo‘llarida musbat bosimni ta’minlagan holda, kislorod bilan yordamchi ventilyatsiyani o‘tkazish hisoblanadi. Bu chora-tadbirlarni o‘tkazgandan keyinoq, tirishishga qarshi preparatlar vena ichiga yuborilganda ba’zan qon aylanishini susaytirishini hisobga olib, darhol qon aylanishi tizimi faoliyatini baholash lozim. Agar, adekvat ventilyatsiyaga qaramasdan, tirishishlan davom etsa, va shuningdek qon aylanishining holati imkon bersa, vena ichiga ultra qisqa ta’sirga ega barbituratlar (masalan, tiopental yoki tiamilal) yoki benzodiazepinlar (masalan, diazepam) ning katta bo‘lmagan dozalarini yuborish mumkin. Shifokor tirishishga qarshi bu preparatlarni yaxshi bilishi lozim. Qon aylanishini tutuib turish uchun, klinik holatga qarab, vena ichiga suyuqliklar va qon tomirlarni toraytiruvchi vositalarni (masalan, adrenalinni) yuborish lozim bo‘lishi mumkin. Agar shoshilinch choralar ko‘rilmasa, tirishishlar va yurak-qon tomir tizimi faoliyatini susayishi gipoksiyaga, atsidozga, bradikardiyaga, aritmiyaga va yurakni to‘xtab qolishiga olib kelishi mumkin. Anestetikni behosdan subaraxnoidal bo‘shliqqa tushishi natijasidagi nafasni susayishi yoki to‘xtab qolishi xam, agar ventilyatsiya ta’minlanmagan bo‘lsa, yurakni to‘xtab qolishiga olib kelishi mumkin. Yurak to‘xtab qolganida standart yurak-o‘pka reanimatsion choralarni o‘tkazish lozim. Agar nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligini ta’minlash qiyinchilik tug‘dirsa yoki uzoq muddatli sun’iy ventilyatsiya tayinlangan bo‘lsa, endotraxeal intubatsiyani o‘tkazish zarur bo‘lishi mumkin.

Retsept bo‘yicha

Lidokain gidroxloridi, inyektsiya uchun eritma – 2% – 2 ml (40 mg/2 ml); 10 ampuladan lotokda

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, steril, germetik berkitilgan, tamper tarada xona haroratida saqlansin.