Lidazaretsept bilan

Tarkibi:

Bitta ampula saqlaydi: Faol modda:  gialuronidaza – 64 SHB

Preparatning savdo nomi:

Lidaza

Farmakalogik guruhi:

Ferment vositasi.

Dori shakli:

inyektsiya uchun va mahalliy qo‘llash uchun eritma tayyorlash uchun liofilizat

oq rangli yoki sarg‘ish pushti yoki jigarrangroq tusli oq rangli liofilizatlangan kukun yoki g‘ovak massa yoki tabletka sifatida zichlangan g‘ovak massa.

Ferment vositasi.

[V03AX]

Kuyish, travmatik, operatsiyadan keyingi chandiqlar; uzoq vaqt bitmaydigan yaralar (shu jumladan, nurlanish), Dyupyuitren kontrakturasi; bo‘g‘imlarning kam harakatliligi, bo‘g‘imlarning kontrakturasi (jarohatlar, yallig‘lanish jarayonlaridan keyingi), osteoartroz, ankilozlovchi spondiloartrit, bel disklarining og‘ir kasalliklari; surunkali tendovaginit, sklerodermiya (teri ko‘rinishlari), yumshoq to‘qimalarning yuza joylashgan gematomasi, chandiqli tortishishlar yuzasidan teri-plastik operatsiyalariga tayyorlash. O‘pka tuberkulezi (bronxlarning nospetsifik shikastlanishlari bilan asoratlangan), yuqori nafas yo‘llarida va bronxlarda obstruktsiya ko‘rinishlari bilan kechuvchi yallig‘lanish jarayonlar. Nerv chigallari va periferik nervlarning travmatik shikastlanishlari (pleksit, nevrit). Gifema, gemoftalm, turli etiologiyali retinopatiyalarda qo‘llanadi.

Chandiqli shikastlanishlarda teri ostiga (chandiq oqibatida-o‘zgargan to‘qimalar ostiga) yoki mushak ichiga (shikastlangan joyning yoniga) 64 SHB (1 ml) dan har kuni yoki kunora yuboriladi (ja’mi 10-20 inyektsiya). Nerv chigallari va periferik nervlarning travmatik shikastlanishlarida zararlangan nerv sohasiga teri ostiga (64 SHB prokain eritmasida) kunora yuboriladi; kursga – 12-15 inyektsiya. Zarurati bo‘lganida davolash kursi takrorlanadi. Oftalmologiya amaliyotida ishlatilganida, preparat subkon’yunktival – 0,3 ml, parabulbar – 0,5 ml, shuningdek elektroforez usuli yordamida yuboriladi. Kelib chiqishi yallig‘lanishli xarakterga ega o‘pka tuberkulyozi bo‘lgan bemorlarga zararlanish o‘choqlarida antibakterial dori vositalarning kontsentratsiyasini oshirish uchun, majmuaviy davolashda inyektsiya va/yoki ingalyatsiya holida buyuriladi. Ingalyatsiyalar 5 ml eritmani (320 SHB) ishlatib, har kuni 1 marta o‘tkaziladi. Davolash kursi 20-25 ingalyatsiyadan iborat. Zarurati bo‘lganida, 1,5-2 oylik oraliqlar bilan takroriy kurslar o‘tkaziladi. Bog‘lov ko‘rinishida preparatning eritmasi shimdirilgan holda qo‘llanadi. Eritmani tayyorlash uchun har 64 SHB natriy xloridining steril 0,9% li eritmasida yoki 10 ml xona haroratidagi qaynagan suvda eritiladi. Bu eritma bilan 4-5 qavat qilib taxlangan steril bog‘lov materiali xo‘llanadi, u shikastlangan sohaga qo‘yiladi, yaltiroq qog‘oz bilan yopiladi va yumshoq bog‘lov bilan bog‘lanadi. Doza shikastlanish maydoniga bog‘liq (32-64 SHB/sm2) o‘rtacha – bir bog‘lovga 320 SHB qo‘llanadi. Bog‘lov har kuni 15-18 soatga 15-60 kun davomida qo‘yiladi. Uzoq muddat qo‘llanganida har 2 hafta o‘tgach 3-4 kunlik tanaffus qilinadi. Elektroforez usulida qo‘llanganida 320 SHB 64 ml distillangan suvda eritiladi, 2-3 tomchi 0,1% xlorid kislotasi qo‘shiladi va anod tomondan shikastlangan sohaga 20-30 minut davomida yuboriladi. Davolash kursi – 15-20 seansdan iborat. Applikatsion dozalash tartibini elektroforez bilan almashtirib turish mumkin. Tayyorlangan eritma 24 soat davomida ishlatilishi kerak.

Allergik reaktsiyalar; uzoq vaqt qo‘llanganida mahalliy qo‘zg‘atuvchi ta’siri kuzatilishi mumkin.

O‘ta yuqori sezuvchanlik, o‘tkir infektsion-yallig‘lanish kasalliklari, yaqinda yuz bergan qon quyilishlari. Ingalyatsion yuborish uchun – yaqqol nafas yetishmovchiligi bilan kechuvchi o‘pka tuberkulezida; o‘pkadan qon ketishi, qon tupurish; xavfli o‘smalar, shishasimon tanaga yangi qon quyilishlari. Estrogenlarni yo‘ldosh qabul qilishda qo‘llash mumkin emas. Ehtiyotkorlik bilan Homiladorlik, laktatsiya davri.

Teri ostiga yoki mushak ichiga yuboriladigan dori vositalarning so‘rilishini yaxshilaydi, mahalliy anestetiklarning samarasini kuchaytiradi.

Eritmani ilgari kationlar yuborilgan kateter orqali yuborish mumkin emas. Inyektsiya uchun eritmalarni 0,9% li natriy xloridi eritmasida, 0,5% li prokain eritmasida, ingalyatsiya uchun 0,9% li natriy xloridi eritmasida, elektroforez uchun – distillangan suvda tayyorlanadi. Davolashni boshlashdan oldin 20 mkl gialuronidazani teri ichiga yuborish bilan sinama o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Inyektsion yallig‘lanish sohasi va o‘smalarga yuborish mumkin emas. O‘tkir qon ketishlarda gialuronidaza qo‘llanmaydi. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan 150S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Simptomlari: et uvishishi, ko‘ngil aynishi, qusish, bosh aylanishi, taxikardiya, arterial bosimni pasayishi, mahalliy shish, eshakemi, eritema. Davolash: epinefrinni, glyukokortikosteroidlarni; antigistamin preparatlarni yuborish.

Retsept bo‘yicha

Inyektsiyalar va mahalliy qo‘llash uchun eritma tayyorlash uchun liofilizat 64 SHB dan ampulalar yoki flakonlarda. 10 ampula yoki flakondan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi, pichoqcha yoki ampula skarifikatori (zarurati bo‘lganida) bilan birga karton o‘ramda yoki qutida. 5 ampuladan kontur uyali o‘ramlarda. 2 kontur uyali o‘ramdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi, pichoqcha yoki  ampula skarifikatori (zarurati bo‘lganida) bilan birga karton qutida. Statsionarlar uchun 5, 10, 12, 20 kontur uyali o‘ramdan, konrur uyali o‘ramlari soniga teng miqdorda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va pichoqcha yoki  ampula skarifikatori (zarurati bo‘lganida) bilan birga karton yashikda. Komplekt holida: preparat bilan ampula yoki flakon va 5 ml dan 5 mg/ml inyektsiya uchun novokain eritmasi yoki inyektsiya uchun 2 ml dan 0,9% li  natriy xloridi eritmasi bo‘lgan ampula bilan bir komplektni tashkil qiladi. 5 komplektdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi, pichoqcha yoki ampula skarifikatori (zarurati bo‘lganida) bilan 10 joyli karton qutilarga joylanadi.

2 yil.