Levotonretsept bilan

Tarkibi:

faol modda: levofloksatsin gemigidrati levofloksatsin ko‘rinishida – 0,5 g; yordamchi moddalar: natriy xloridi, inyektsiya uchun suv.

Preparatning savdo nomi:

Levoton

Farmakalogik guruhi:

Antibakterial sintetik vosita (ftorxinolonlar guruhi).

Dori shakli:

infuziya uchun eritma.

och sariq yoki sarg‘ish-yashil rangli tiniq yoki biroz tovlanuvchan suyuqlik.

Antibakterial sintetik vosita (ftorxinolonlar guruhi).

J01MA12

Levofloksatsinga sezgir mikroorganizmlarning shtammlari chaqirgan yengil, o‘rtacha va og‘ir infektsiyalarni davolash: – Streptococcus pneumoniae, Haemophilus influenzae, Moraxella catarrhalis chaqirgan o‘tkir sinusit; – Bakterial infektsiyalar (Staphylococcus aureus, Streptococcus pneumoniae, Haemophilus influenzae, Haemophilus parainfluenzae, Moraxella catarrhalis) bilan bog‘liq bo‘lgan surunkali bronxitni zo‘rayishi; – Staphylococcus aureus, Streptococcus pneumoniae (shu jumladan penitsillinga chidamli shtammlari, penitsillinni MBK si ≥2 mkg/ml), Haemophilus influenzae, Haemophilus parainfluenzae, Klebsiella pneumoniae, Legionella pneumophila, Moraxella catarrhalis, Chlamydia pneumoniae yoki Mycoplasma pneumoniae chaqirgan kasalxonadan tashqari pnevmoniya; – Staphylococcus aureus, Streptococcus pyogenes, Enterococcus faecalis, Proteus mirabolisning metitsillinga sezgir shtammlari chaqirgan teri va uning qo‘shimchalarini asoratlangan infektsiyalari; – Streptococcus aereus yoki Streptococcus pyogenes chaqirgan teri va yumshoq to‘qimalarning asoratlanmagan infektsiyalari (yengil va o‘rta og‘irlik darajasidagi), shu jumladan abstsess, flegmona, furunkul, impetigo, piodermiya, jarohat infektsiyasi; – Escherichia coli, Klebsiella pneumoniae, Strahilococcus saprophyticus chaqirgan siydik-chiqarish yo‘llarining asoratlanmagan (yengil va o‘rtacha og‘irlik darajadagi) infektsiyalari; – Enterococcus faecalis, Enterobacter cloacae, Escherichia coli, Klebsiella pneeumoniae, Proteus mirabilis, Pseudomonas aeruginosa chaqirgan siydik-chiqarish yo‘llarining va buyraklarning asoratlangan (yengil va o‘rta darajadagi) infektsiyalari; – Escherichia coli chaqirgan o‘tkir piyelonefritda (yengil va o‘rtacha og‘irlik darajadagi) qo‘llanadi.

Preparat vena ichiga tomchilab asta-sekin har 24 soatda 250-750 mg dan (250-500 mg doza 60 minut davomida, 750 mg – 90 minut davomida) yuboriladi. Keyinchalik xuddi shu dozada peroral qabulga o‘tish mumkin. Davolanish davomiyligi qo‘llashga ko‘rsatmalar, shuningdek taxmin qilingan qo‘zg‘atuvchining sezgirligiga bog‘liq. Tavsiya qilingan dozalash tartibiga qat’iy rioya qilish lozim. Tana harorati me’yorlashganidan keyin 2-3 kun davomida preparatni qo‘llashni davom ettirish tavsiya qilinadi. Preparat bilan davolashni mustaqil uzish yoki muddatidan oldin to‘xtatishga yo‘l qo‘yilmaydi. Pnevmoniyada vena ichga 500 mg dan sutkada 1-2 marta 7-14 kun davomida yuboriladi. Siydik-chiqarish yo‘llarining asoratlanmagan infektsiyalarida – vena ichiga 250 mg dan sutkada 1 marta 3 kun davomida. Siydik-chiqarish yo‘llarining va buyraklarning og‘ir infektsiyalarida vena ichiga yuborish uchun doza va davolanish muddati oshirilishi mumkin. Teri va yumshoq to‘qimalarining infektsiyalarida – vena ichiga 500 mg dan sutkada 2 marta 7-14 kun davomida qo‘llanadi. Pnevmokokklar va gospital infektsiya chaqirgan, Pseudomonas aeruginosa qo‘zg‘atuvchisi chaqirgan og‘ir pnevmoniyada, preparatni qo‘llash yetarli darajada samarali bo‘lmasligi mumkin va majmuaviy davolash talab qilinishi mumkin.

Allergik reaktsiyalar: ba’zida – terini qichishishi va qizarishi; kam hollarda – anafilaktik yoki anafilaktoid reaktsiyalar (eshakemi, yuzni shishi kabi belgilar bilan namoyon bo‘ladigan), juda kam hollarda – AB ni to‘satdan pasayishi va shok; ayrim hollarda – Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi) va eksudativ ko‘p shaklli eritema. Mahalliy reaktsiyalar: vena ichiga yuborilganida – yuborish joyida og‘riq va yallig‘lanishi, belda va ko‘krakda og‘riq, ko‘p terlash. Nerv tizimi tomonidan: ba’zida – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, toliqish, ta’m sezishni buzilishi; kam hollarda – qo‘l-barmoqlarda paresteziyalar, qaltirash, bezovtalik, qo‘rquv hissi, tirishish xurujlari va ongni chalkashishi; juda kam hollarda – ko‘rishni va eshitishni buzilishi, ta’m sezish va hid bilishni buzilishi, taktil sezuvchanlikni pasayishi, diqqatni jamlashni pasayishi, gallyutsinatsiyalar va depressiyalar kabi psixotik reaktsiyalar, koordinatsiyani buzilishi (shu jumladan yurishdagi). Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – ko‘ngil aynishi, diareya (juda kam hollarda qon bilan, bu ichakni yallig‘lanishi yoki soxtamembranoz kolitning belgilari bo‘lishi mumkin), ba’zida – ishtahani yo‘qolishi, qusish, qorin og‘riqlari, ovqatni hazm bo‘lishini buzilishi, kam hollarda – og‘izni qurishi, me’da-ichak qon ketishlari; juda kam hollarda – jigar faoliyatini buzilishi (gepatit, xolelitiaz). Qon-yaratish a’zolari tomonidan: ba’zida – eozinofiliya, leykopeniya; kam – neytropeniya, trombotsitopeniya (qon quyilishlariga yoki qon ketishiga moyillikda); juda kam – yaqqol agranulotsitoz (tana haroratini turg‘un yoki qaytalanuvchi oshishi; bodomsimon bezlarni yallig‘lanishi va holatni turg‘un yomonlashishi bilan birga kechuvchi); alohida hollarda – gemolitik anemiya, pantsitopeniya. Yurak-tomir tizimi tomonidan: kam hollarda – taxikardiya, gipotenziya va gipertenziya; juda kam hollarda – kardiogrammada QT intervalni uzayishi, tomirli kollaps, yurak qorinchalarini titrashi – lipillashi. Suyak-mushak tizimi tomonidan: kam hollarda – paylarni shikastlanishi (shu jumladan tendinit), bo‘g‘im va mushak og‘riqlari; juda kam hollarda – axillov payini uzilishi (ikki tomonlama xarakterga ega va davolash boshlanganidan keyin 48 soat davomida namoyon bo‘ladi), mushak zaifligi (miasteniyali bemorlar uchun muhim ahamiyatga ega); alohida hollarda – rabdomioliz. Siydik-chiqarish tizimi tomonidan: ba’zida – vaginit, juda kam hollarda – buyrak faoliyatini o‘tkir buyrak yetishmovchiligigacha yomonlashishi (masalan, allergik reaktsiyalar oqibatidagi – interstitsial nefrit). Boshqalar: ba’zida – asteniya; juda kam hollarda – gipoglikemiya, isitma, allergik pnevmonit, vaskulit. Laboratoriya ko‘rsatkichlari: ba’zida – ALT, AST faolligini oshishi, qon zardobida kreatininning darajasini oshishi; kam hollarda – LDG oshishi, glyukozaning miqdorini oshishi yoki kamayishi.

Levofloksatsinga yoki boshqa xinolonlarga o‘ta yuqori sezuvchanlik; tutqanoq, anamnezdagi xinolonlarni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan paylarni shikastlanishi; homiladorlik, laktatsiya davri, bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda qo‘llash mumkin emas.

Fenbufen bilan va unga o‘xshash nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar, teofillin bilan majmuaviy davolashda, preparat tirishishga tayyorlik pog‘onasini kamaytirishi mumkin. Sukralfat temir tuzlari va alyuminiy saqlovchi antatsid vositalari levofloksatsinning samarasini kamaytiradi (preparatlarni qabul qilish orasidagi interval 2 soatdan kam bo‘lmasligi kerak). Varfarin bilan bir vaqtda qo‘llanganida protrombin vaqti va qon ketishining xavfi (MNO, protrombin vaqti va koagulyatsiyaning boshqa ko‘rsatkichlarini sinchkov chuqur monitoringi, shuningdek qon ketishini mumkin bo‘lgan belgilarini  monitoringi zarur) oshadi. Tsimetidin va probentsid ta’siri ostida Levofloksatsinni chaqirlishi biroz sekinlashadi. Levofloksatsin qon plazmasidan tsiklosporinning T1/2 biroz oshishini chaqiradi. Glyukokortikoidlar paylarni uzilish xavfini oshiradi (ayniqsa keksalarda). Alkogol markaziy nerv tizimi tomonidan nojo‘ya samaralarini (bosh aylanishi, karaxtlik, uyquchanlik) kuchaytirishi mumkin. Diabeti bo‘lgan, peroral gipoglikemik vositalarni yoki insulinni qabul qilayotgan bemorlarda, levofloksatsinning fonida gipo- yoki giperglikemik holatlar bo‘lishi mumkin (glyukozaning qondagi darajasini sinchiklab monitoring qilish tavsiya qilinadi).

Preparatning infuzion eritmasi quyidagi eritmalar bilan mutanosib: fiziologik eritma, 5% li dektroza eritmasi, 2,5% li Ringerning dektroza bilan eritmasi, parenteral yuborish uchun majmuaviy eritmalar (aminokislotalar, uglevodlar, elektrolitlar). Preparatning infuzion eritmasini geparin va ishqoriy reaktsiyali eritmalar bilan aralashtirish mumkin emas. Avtomobilni va potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri: davolash davrida bosh aylanishi, uyquchanlik, tanglik va ko‘rishni buzilishini paydo bo‘lishi mumkinligi tufayli, avtomobil va potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarishdan saqlanish kerak, chunki psixomotor reaktsiyalarning tezligini sekinlashishi va diqqatni jamlashni pasayishi mumkin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, +10 dan +25oS gacha yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatishga yo‘l qo‘yilmasin.

Simptomlari: ongni chalkashishi, bosh aylanishi va tirishish xurujlari, ko‘ngil aynishi, shilliq qavatlarini eroziv shikastlanishi. Davolash: simptomatik davolash (maxsus antidoti yo‘q), dializ orqali chiqarilmaydi.

Retsept bo‘yicha

100 ml dan butilkalarda. Infuziya uchun eritma 5 mg/ml.

2 yil.