Levostal LP qobiq bilan qoplangan tabletkalarretsept bilan

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

levofloksatsin

Preparatning savdo nomi:

Levostal-LP qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Farmakalogik guruhi:

Antibiotik (ftorxinolonlar guruhi).

Dori shakli:

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

oq rangli, uzunchoq shaklli, ikki tomoni qavariq, plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomonida riskali tabletkalar.

Antibiotik (ftorxinolonlar guruhi).

J01EE01

Ichga qabul qilinganda me’da-ichak yo‘llaridan tez va deyarli to‘liq so‘riladi. Ovqatni qabul qilish so‘rilishini tezligiga va to‘liqligiga kam ta’sir qiladi. Biokiraolishligi 99% ni tashkil qiladi. Smax ga 1-2 soatda keyin erishiladi va 250 mg va 500 mg qabul qilganda muvofiq ravishda 2,8 va 5,5 mkg/ml ni tashkil qiladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 30-40% ni tashkil qiladi. A’zo va to‘qimalarga: o‘pka, bronxlarni shilliq qavati, balg‘am, siydik-tanosil tizimi a’zolari, ko‘p shaklli yadroli leykotsitlar, alveolyar makrofaglarga yaxshi o‘tadi. Jigarda ko‘p bo‘lmagan qismi oksidlanadi va/yoki dezatsetillizatsiyaga uchraydi. Buyrak klirensi umumiy klirensining 70% ni tashkil qiladi. T1/2 – 6-8 soat. Organizmdan kalavalar filtratsiyasi va kanalchalar sekretsiya yo‘li bilan asosan buyrak orqali chiqariladi. Levofloksatsinning kamida 5% metabolitlar holida chiqariladi. Siydik bilan o‘zgarmagan holatda 24 soat davomida 70% va 48 soat – 87% chiqariladi; 72 soatda qabul qilingan dozaning 4% aniqlanadi. 500 mg ni v/i infuziyasidan keyin 60 minut davomida Smax – 6,2 mkg/ml ni tashkil qiladi. V/i bir marta va ko‘p marta yuborganda, Vd ushbu dozadagi kabi 89-112 l ni, Smax – 6,2 mg/ml ni, T1/2 – 6,4 soatni tashkil qiladi.

Quyi nafas yo‘llari (surunkali bronxit, pnevmoniya), LOR-a’zolari (sinusit, o‘rta otit), siydik chiqarish yo‘llari va buyrak (shu jumladan o‘tkir piyelonefrit), jinsiy a’zolar (shu jumladan urogenital xlamidioz), teri va yumshoq to‘qimalarning (yiringli ateromalar, abstsess, furunkulalar) infektsiyalarida qo‘llanadi.

Preparat kuniga bir yoki ikki marta qo‘llanadi. Dozalash infektsiyaning turi, og‘irlik darajasiga va taxmin qilinayotgan qo‘zg‘atuvchining sezgirligiga bog‘liq bo‘ladi. Davolash davomiyligi: Davolash davomiyligi kasallikni kechishiga bog‘liq (quyidagi jadvalga qarang). Umuman, antibakterial davolash sifatida, levofloksatsin tabletkasini qabul qilishni kamida patsiyentni tana harorati pasayishi bilan yoki bakterial eradikatsiya tasdig‘i oldingandan keyin 48-72 soat davomida davom ettirilishi lozim. Preparat uchun dozalar bo‘yicha quyidagi tavsiyalar berilgan:

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, anoreksiya, abdominal og‘riqlar, soxta membranoz enterokolit, “jigar” transaminazalari faolligini oshishi, giperbilirubinemiya, gepatit, disbakterioz. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: AB pasayishi, qon tomirli kollaps, taxikardiya. Moddalar almashinuvi tomonidan: gipoglikemiya (ishtahani oshishi, ko‘p terlash, qaltirash). Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, holsizlik, uyquchanlik, uyqusizlik, paresteziyalar, havotirlik, qo‘rquv, gallyutsinatsiyalar, ongni chalkashishi, depressiya, harakat buzilishlari, tirishishlar. Sezgi a’zolari tomonidan: ko‘rishni, eshitishni, his qilishni, ta’mni va taktil sezgirliklarni buzilishi. Suyak mushak tizimi tomonidan: artralgiya, mialgiya, paylarni uzilishi, mushak holsizligi, tendinit. Siydik-chiqarish tizimi tomonidan: giperkreatinemiya, interstitsial nefrit. Qon yaratish tizimi tomonidan: eozinofiliya, gemolitik anemiya, leykopeniya, agranulotsitoz, trombotsitopeniya, pantsitopeniya, gemorragiya. Dermatologik reaktsiyalar: fotosensibilizatsiya, qichishish, teri va shilliq qavatlarni shishi, havfli ekssudativ eritema (Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi). Allergik reaktsiyalar: eshakemi, bronxospazm, nafas yetishmovchiligi, anafilaktik shok, allergik pnevmonit, vaskulit. Boshqalar: porfiriya xuruji, rabdomioliz, turg‘un isitma, superinfektsiya rivojlanishi.

Levofloksatsin tsiklosporinni yarim chiqarilish davrini oshiradi. Ichak motorikasini susaytiruvchi preparatlar, sukralfat, magniy va alyuminiy saqlovchi antatsid vositalar va temir tuzlari levofloksatsinni samarasini kamaytiradi (qabul qilishlar orasida kamida 2 soat tanaffus bo‘lishi zarur). NYAQP, teofillin bilan bir vaqtda qo‘llanganda tirishishga tayyorlikni oshiradi, GKS – paylarni uzilishi havfini oshiradi. Tsimetidin va kanalchalar sekretsiyani bloklovchi dori vositalari, levofloksatsinni chiqarilishini sekinlashtiradi.

Keksa yoshdagi patsiyentlarda levofloksatsinni ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi (buyrak funktsiyasini pasayishi ehtimoli yuqori bo‘lgan uchun). Bolalarda va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda qo‘llash mumkin emas. Shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llansin. Homiladorlik va laktatsiya Preparatni homiladorlik va laktatsiya (emizish) davrida buyurish mumkin emas. Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Davolash vaqtida diqqatni yuqori jamlab psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab etuvchi potentsial havfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish lozim. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Retsept bo‘yicha

Birlamchi o‘ram: 3, 10 tabletkadan (250 mg li doza), 5, 7, 10 tabletkadan (500 mg li doza) kontur uyali o‘ramda. Ikkilamchi o‘rami: 1 ta kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

3 yil.