Levitraretsept bilan

Tarkibi:

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: Faol modda: 10 mg yoki 20 mg vardenafil, bu muvofiq ravishda 11,852 mg yoki 23,705 mg vardenafil gidroxlorid trigidrati ko‘rinishidagi ta’sir etuvchi moddaga ekvivalentdir. Yordamchi moddalar: 6,250 mg yoki 8,850 mg krospovidon, 1,250 mg yoki 1,770 mg magniy stearati, 105,023 mg yoki 141,797 mg mikrokristallik tsellyuloza, 0,625 mg yoki 0,885 mg kolloid kremniy dioksidi, 0,797 mg yoki 1,128 mg makrogol 400, 2,391 mg yoki 3,385 mg gipromelloza, 0,653 mg yoki 0,952 mg titan dioksidi (Ye 171), 0,133 mg yoki 0,188 mg temir II oksidi bo‘yovchisi (Ye 172), 0,011 mg yoki 0,015 mg temir III oksidi bo‘yovchisi (Ye 172).

Preparatning savdo nomi:

Levitra

Farmakalogik guruhi:

erektil disfunktsiyani davolash uchun vosita, 5 turkum fosfodiesteraza (FDE-5) ingibitori.

Dori shakli:

qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

dumaloq, ikki yoqlama qavariq, biroz g‘adir-budir, och-zarg‘aldoqdan kulrang-zarg‘aldoq rangligacha bo‘lgan, bir tomonida bo‘rtib tushirilgan – Bayer firmasi xochi, boshqa tomonida – doza belgisi (muvofiq “10” yoki “20”) bo‘lgan qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

erektil disfunktsiyani davolash uchun vosita, 5 turkum fosfodiesteraza (FDE-5) ingibitori.

G04VЕ.

So‘rilishi Ichga qabul qilingandan keyin vardenafil tez so‘riladi. Och qoringa qabul qilinganda ilk maksimal kontsentratsiyasining (Smax) cho‘qqisiga 15 minutdan keyin erishiladi, biroq 90% hollarda cho‘qqi kontsentratsiyaga o‘rtacha 60 minutdan keyin (30 dan 120 minutgacha) erishiladi. Jigar orqali sezilarli birinchi o‘tish samarasi tufayli, mutloq biokirishaolishligi taxminan 15% ni tashkil qiladi. Tavsiya qilingan dozalar diapazonida (5-20 mg) “kontsentratsiya-vaqt nisbatining egri chiziq ostidagi maydoni” (ECHOM) ko‘rsatkichi va Smax kattaligi doza kattaligiga proportsional ravishda oshadi. Vardenafilni katta miqdorda yog‘ saqlovchi (57%) ovqat bilan bir vaqtda qabul qilinganida, so‘rilish tezligi maksimal kontsentratsiyaga erishish vaqtini (Tmax) oshishi bilan 60 minutgacha kamayadi, Smax esa, o‘rtacha 20% ga pasayadi, ECHOM ko‘rsatkichi sezilarli o‘zgarishlarga uchramaydi. 30% dan ko‘p bo‘lmagan yog‘ saqlovchi normal ovqat bilan qabul qilinganda, vardenafilning farmakokinetik parametrlari (Smax, Tmax, ECHOM) o‘zgarmaydi. Bu ma’lumotlarga asoslanib, vardenafilni ovqat qabul qilishdan qat’iy nazar buyurish mumkin. Taqsimlanishi Vardenafilning farmakokinetik parametrlarini turg‘un holatdagi o‘rtacha taqsimlanish hajmi 208 l ni tashkil qiladi, bu esa uni to‘qimalarda yaxshi taqsimlanishini namoyish etadi. Vardenafil va uning asosiy metaboliti (M1) qon plazmasi oqsillari bilan yaxshi (95% gacha) bog‘lanadi, lekin uning bu xususiyati qaytuvchan bo‘lib, preparatning umumiy kontsentratsiyasiga bog‘liq emas. Metabolizmi Vardenafil asosan tsitoxrom SYR3A4 tizimi jigar fermentlari, shuningdek SYR3A5 va SYR2S9 izoformalari ishtirokida metabolizmga uchraydi. Vardenafilning o‘rtacha yarim chiqarilish davri (T1/2) 4-5 soatni, asosiy metaboliti M1 (molekulaning piperaz qismini dezetillanish yo‘li bilan hosil bo‘ladigan) ning esa – taxminan 4 soatni tashkil qiladi. Qonda kon’yugat shaklidagi glyukuronid (glyukuron kislotasi) saqlanadi, u M1 metabolitini bir qismi bo‘lib hisoblanadi. M1 metabolitining qolgan (glyukuron bo‘lmagan) qismining kontsentratsiyasi faol moddaning kontsentratsiyasini 26% ni tashkil qiladi. Fosfodiesterazaga nisbatan M1 ni selektivlik (tanlab-ta’sir) profili vardenafildagi bilan bir xil; in vitro sharoitida FDE-5 ni bostirish qobiliyati vardenafil bilan qiyoslanganda 28% ni tashkil qiladi, bu preparatning 7% samaradorligiga muvofiq keladi. Chiqarilishi Vardenafilning umumiy klirensi 56l/soatni tashkil qiladi, yakuniy T1/2 – taxminan 4-5 soat. Ichga qabul qilinganidan keyin vardenafil metabolitlar ko‘rinishida asosan me’da-ichak yo‘llari (dozaning 91-95%), kamroq darajada buyrak (dozaning 2-6%) orqali chiqariladi.

Erektil disfunktsiyasi (jinsiy aloqani amalga oshirish uchun erektsiyaga erishmaslik va saqlay olmaslik).

Preparat ovqat qabul qilishdan qat’iy nazar, ichga qabul qilinadi. Davolanishni boshida (jinsiy aloqa qilishdan taxminan 25-60 minut oldin) tavsiya etiladigan doza 10 mg ni tashkil qiladi. Biroq, Levitra® preparatining jinsiy faollikdan 4-5 soat oldin qabul qilinganida ham samaradorligi ko‘rsatilgan. Preparatni qabul qilish maksimal tez-tezligi – sutkada 1 marta. Davolashning samaradorligi va o‘zlashtira olinishiga qarab, dozani sutkada 20 mg gacha oshirish yoki 5 mg gacha kamaytirish mumkin. Maksimal tavsiya qilinadigan doza sutkada 20 mg, 1 martani tashkil qiladi. Davolanishga adekvat reaktsiyani ta’minlash uchun seksual rag‘batlanish zarur. Keksa yoshdagi (65 yoshdan oshgan) patsiyentlar Keksa yoshdagi patsiyentlarda dozani to‘g‘rilash talab etilmaydi. Bolalar (18 yoshgacha bo‘lganlar) Levitra® preparatini ushbu yosh toifasidagi patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas. Jigar faoliyatini buzilishi Jigar faoliyatini biroz buzilishlari (Chayld-Pyu bo‘yicha A bosqichi) bo‘lgan patsiyentlarda dozalash tartibini o‘zgartirish talab qilinmaydi. Jigar faoliyatini o‘rtacha buzilishlari (Chayld-Pyu bo‘yicha B bosqichi) bo‘lgan patsiyentlarda boshlang‘ich doza sutkada 5 mg ni tashkil qiladi. Keyinchalik davolash samaradorligi va o‘zlashtira olinishiga qarab, dozani maksimal 10 mg gacha oshirish mumkin. Jigar faoliyatini og‘ir buzilishlari (Chayld-Pyu bo‘yicha V bosqichi) bo‘lgan patsiyentlarda vardenafilning farmakokinetikasi o‘rganilmagan. Buyrak faoliyatini buzilishi Buyrak faoliyatining biroz (KK > 50-80 ml/min), o‘rtacha (KK > 30-50 ml/min) va og‘ir (KK<30 ml/min) pasayishi bo‘lgan patsiyentlarda dozalash tartibini o‘zgartirish talab qilinmaydi. CYP3A4 ingibitorlarini yondosh qabul qilayotgan patsiyentlar Tsitoxrom R450 (CYP)3A4 ning o‘rtacha yoki kuchli ta’sirga ega bo‘lgan ma’lum ingibitorlarini, masalan, ketokonazol, itrakonazol, eritromitsin, klaritromitsin, ritonavir va indinavirni qabul qilayotgan patsiyentlarda plyonka qobiq bilan qoplangan Levitra tabletkalarining dozasini to‘g‘rilash talab etilishi mumkin («Maxsus ko‘rsatmalar» va «Dorilarning o‘zaro ta’siri» bo‘limlariga qarang). Levitrani CYP3A4 ingibitorlari ketokonazol yoki itrakonazol bilan birga qo‘llanganda ularning dozasi kuniga 200 mg dan oshmasligi kerak. Agar ketokonazol yoki itrakonazolning dozasi kuniga 200 mg dan yuqori bo‘lsa, Levitra qo‘llanmasligi kerak. CYP3A4 ingibitorlari eritromitsin yoki klaritromitsin bilan birga qo‘llanganda Levitraning dozasi 5 mg dan oshmasligi kerak. Indinavir va Ritonavir kabi OITV proteazasi ingibitorlari birga ishlatish mumkin emas («Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar», «Maxsus ko‘rsatmalar», «Dorilarning o‘zaro ta’siri» bo‘limlariga qarang). Alfa-adrenoblokatorlarni yondosh qabul qilayotgan patsiyentlar Alfa-blokatorlar va vardenafilning qon tomirlarini kengaytiruvchi ta’siri tufayli,  plyonka qobiq bilan qoplangan Levitra tabletkalarini alfa-blokatorlar bilan birga qabul qilish ayrim patsiyentlarda simptomatik gipotenziyaga olib kelishi mumkin. Birga qabul qilishni faqat, agar alfa-blokatorlar bilan davolanishda patsiyentda barqaror holat aniqlangandagina boshlash mumkin («Dorilarning o‘zaro ta’siri» bo‘limiga qarang). Levitrani alfuzozin yoki tamsulozin bilan birga istalgan paytda qabul qilish mumkin. Levitrani terazozin yoki boshqa alfa-blokatorlar bilan birga buyurilgan hollarda, Levitra va ushbu alfa-blokatorlarni qabul qilish orasidagi zarur intervalga amal qilinishi lozim («Dorilarning o‘zaro ta’siri» bo‘limiga qarang). Plyonka qobiq bilan qoplangan Levitra tabletkalarining optimal dozasini qabul qilayotgan patsiyentlar, alfa-blokatorlar bilan davolanishni eng kichik dozalarda boshlashlari kerak. Alfa-blokatorlarning dozasini asta-sekin oshirilishi, fofsodiesteraza (PDE5) ingibitorlarini, shu jumladan vardenafilni qabul qilayotgan patsiyentlarda arterial bosimni keyinchalik pasaytirilishi bilan kechishi mumkin.

Levitra® preparatini qo‘llash oqibatida yuz bergan nohush reaktsiyalar (NR) jadvalda keltirilgan. Har bir guruhda nohush samaralar ularning og‘irlik darajasini kamayish tartibida keltirilgan. Reaktsiyalar tez-tezligi quyidagicha belgilangan: “juda tez-tez (≥1/10)”, “tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha)”, “tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha)”, “kam (≥1/10000 dan <1/1000 gacha)”, “juda kam (<1/10000)”. Faqat postmarketing kuzatishlar paytida aniqlangan va ularning tez-tezligini aniqlashning iloji bo‘lmagan NR, «tez-tezligi noma’lum» sifatida belgilangan. Butun dunyo bo‘ylab barcha klinik sinovlarda ishtirok etgan patsiyentlarda aniqlangan, shu jumladan ≥0,1% patsiyentda aniqlangan va preparat bilan bog‘liq deb hisoblangan yoki kam uchraydigan va xarakteri bo‘yicha jiddiy bo‘lgan nohush reaktsiyalar.

preparatni har qanday komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik.nitratlar yoki azot oksidi donatorlari hisoblangan preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash.ketokonazol, itrakonazol, ritonavir, indinavir, eritromitsin va klaritromitsin kabi CYP3A4 fermentining faol va kuchli ingibitorlari bir vaqtda qo‘llash;erektil disfunktsiyani davolash uchun qo‘llanadigan dori preparatlarni seksual faollik mumkin bo‘lmagan erkaklarda (masalan, nostabil stenokardiya yoki o‘tkir yurak yetishmovchiligi [Nyu-York kardiologlar assotsiatsiyasining tasnifi bo‘yicha III yoki IV sinf] kabi yondosh yurak-qon tomr kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda) qo‘llash mumkin emas;Levitra® preparatning xavfsizligi tekshirilmagan, tegishli ma’lumotlar xali olinmagan, shuning uchun uni quyidagi holatlarda bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash tavsiya qilinmaydi:jigar faoliyatini og‘ir buzilishlari,gemodializni talab etuvchi terminal bosqichdagi buyrak kasalliklari,arterial gipotenziya (sistolik bosim tinch holatda <90 mm sim. ust.),yaqinda o‘tkazilgan (oxirgi 6 oy ichida) insult yoki miokard infarkti,nostabil stenokardiya, shuningdek ko‘zning to‘r pardasini nasliy degenerativ kasalliklari, masalan, pigmentli retinit. Preparatni jinsiy olatni anatomik deformatsiyasi (qiyshiq, kavernoz fibrozli, Peyroni kasalligi), priapizmga olib keluvchi kasalliklari (o‘roqsimon-hujayrali anemiya, ko‘pchilik miyeloma, leykemiya) bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Qon ketishlariga va yara kasalligini zo‘rayishiga moyilligi bo‘lgan patsiyentlarda, preparatni faqat foyda-xavf nisbati baholangandan keyingina buyurish kerak.

SYR ingibitorlari Vardenafil asosan jigar tsitoxrom R450 (SYR) tizimi fermentlari, ayniqsa 3A4 izoformalari, shuningdek ayrim SYR 3A5 va SYR2S izoformlari ishtirokida metabolizmga uchraydi. Bu fermentlarning ingibitorlari vardenafilning klirensini kamaytirish mumkin. Tsimetidin (400 mg sutkada 2 marta): tsitoxrom R450 bu nospetsifik ingibitori Levitra® preparatining (20 mg) ECHOM va Smax ko‘rsatkichlarini kattaligiga ular bir vaqtda qo‘llanganda ta’sir qilmaydi. Eritromitsin (500 mg, sutkada 3 marta): bu SYR3A4 ingibitori Levitra® preparatining (5 mg) ECHOM ko‘rsatkichini 4 marta va Smax ni 3 marta (200%) oshishini chaqiradi. Ketokonazol (200 mg): SYR3A4 ni kuchli ingibitori bo‘lib hisoblanadi, ketokonazol Levitra® preparatining (5 mg) ECHOM ni 10 marta (900%) va Smax ni 4 marta (300%) oshishini chaqiradi. Levitra® preparati (10 mg) va OITV proteazalari ingibitori indinavir (800 mg sutkada 3 marta) birga qo‘llanganida vardenafilning ECHOM ni 16 marta (1500%), Smax ni 7 marta (600%) oshishi aniqlangan. Qabul qilinganidan 24 soatdan keyin vardenafilni plazmadagi kontsentratsiyasi uni Smax ni taxminan 4% ni tashkil qiladi. Ritonavir (600 mg, sutkada 2 marta): Levitra® preparatining (5 mg) Smax ni 13 marta va uni ECHOM sutkalik ko‘rsatkichi yig‘indisini 49 martaga oshiradi. O‘zaro ta’siri, SYR3A4 va SYR2S9 ni kuchli ingibitori hisoblangan ritonavirni Levitra® preparatining jigardagi metabolizmini bloklash bilan bog‘liq. Ritonavir vardenafilning T1/2 ni sezilarli, 25,7 soatgacha uzaytiradi. Nikorandil kaliy kanallarining aktivatoridir va o‘zining tarkibida nitroguruhni saqlaydi. Nikorandilning tarkibida nitroguruhni borligi uni vardenafil bilan o‘zaro ta’sirini yuqori ehtimolini ta’minlaydi. Levitra® preparatini ketokonazol, intrakonazol, indinavir va ritonavir bilan (SYR3A4 ni kuchli ingibitorlari) birga qo‘llanganda vardenafilning plazmadagi kontsentratsiyasini sezilarli oshishini kutish mumkin. Nitratlar, azot oksidi donatorlari Levitra® preparatini (10 mg) nitroglitserinni (0,4 mg sublingval) qabul qilishdan 24-1 soat oldin qabul qilinganida uni gipotenziv samarasini kuchayishini chaqirmaydi. Nitratlarni (0,4 mg ni sublingval) qabul qilishdan 1-4 soat oldin, Levitra® preparati 20 mg dozada ularning gipotenziv ta’sirini kuchaytiradi, ammo agar u 24 soat oldin buyurilsa gipotenziv ta’sirni kuchayishi yuz bermaydi. Biroq nitratlar bilan bir vaqtda qo‘llanganda vardenafilning potentsial gipotenziv samaralari to‘g‘risida yetarli mavjudodlar mavjud emas. Shu boisdan ushbu majmuani qo‘llash mumkin emas. Boshqa preparatlar: Levitra® preparati (20 mg) glibenklamid (gliburid 3,5 m dozada) birga qo‘llanganida, glibenklamidning ECHOM va Smax ko‘rsatkichlarini o‘zgartirmaydi. Shuningdek, glibenklamid bilan bir vaqtda qo‘llanganda vardenafilning farmakodinamikasi o‘zgarmasligi ko‘rsatilgan. Levitra® preparatini (20 mg) varfarin (25 mg) bilan birga qo‘llanganida farmakokinetik va farmakodinamik o‘zaro ta’siri (protrombin vaqtiga va II, VII, X ivish omillariga ta’siri) aniqlanmaydi. Levitra® preparati (20 mg) va nifedipin (30 yoki 60 mg) o‘rtasida axamiyatli farmakokinetik o‘zaro ta’sir aniqlanmagan. Levitra® preparati va nifedipinni birga qabul qilish ahamiyatli farmakodinamik o‘zaro ta’sirga olib kelmagan: Levitra® preparati sistolik va diastolik arterial bosimni (AB) qo‘shimcha muvofiq ravishda o‘rtacha 5,9 mm  sim. ust. va 5,2 mm sim. ust. pasayishini chaqiradi. Alfa-blokatorlar AB ni pasayishini, ayniqsa postural gipotenziya va hushdan ketishni chaqirishi ma’lumligi tufayli, alfa-blokatorlar va Levitra® preparatining o‘zaro ta’siri masalasi ular birga qo‘llanganda sinchiklab o‘rganilgan. Normotenziv ko‘ngillilar tomonidan bir vaqtda 14 kun yoki undan kam vaqt davomida alfa-blokatorlar tamsulozin yoki terazozinning jadal yuqori bilan birga plyonka qobiq bilan qoplangan Levitra tabletkalarini bir vaqtda qabul qilingandan keyin tekshiriluvchilarning ancha qismida gipotenziya, ayrim hollarda simptomatik gipotenziya to‘g‘risida xabar berilgan. Tamsulozin bilan doimiy davolash fonida plyonka qobiq bilan qoplangan Levitra tabletkalarini 5, 10 va 20 mg dozalarda qabul qilinganda, maksimal arterial bosimni klinik ahamiyatli qo‘shimcha pasayishi kulatilmagan. Plyonka qobiq bilan qoplangan Levitra 5 mg tabletkalarini, 0,4 mg tamsulozin bilan bir vaqtda qo‘llanganda 21 patsiyentdan 2 nafarida turgan holatda 85 mm sim. ust. dan past sistolik bosim kuzatilgan. Plyonka qobiq bilan qoplangan Levitra 5 mg tabletkalarini, 0,4 mg tamsulozin qabul qilinganidan keyin 6 soatdan so‘ng 21 patsiyentdan 2 nafarida turgan holatda 85 mm sim. ust,. dan past sistolik bosim kuzatilgan. Plyonka qobiq bilan qoplangan Levitra 5 mg tabletkalarini 5 mg yoki 10 mg dozada alfuzozin qabul qilinganidan keyin 4 soatdan so‘ng buyurilgan. To‘rt soatlik interval maksimal potentsial o‘zaro ta’sirga erishish uchun tanlangan edi. Alfuzozin qabul qilinganidan keyin 4 soatdan so‘ng, vardenafilning dozasi qabul qilinganidan keyin,  vardenafil qabul qilinganidan keyin 10 soat davomida arterial bosimni klinik ahamiyatli qo‘shimcha pasayishi aniqlanmagan. Vardenafilni 5 mg dozada qabul qilinganidan keyin 30 mm simob ust. dan ortiq bo‘lgan dastlabki darajasiga nisbatan bir patsiyentda turgan holatda sistolik arterial bosimni pasayishi yuz bergan. Boshqa patsiyentda esa, vardenafilni 10 mg dozada qabul qilinganidan keyin 30 mm sim. ust. dan ortiq bo‘lgan dastlabki darajasiga nisbatan turgan holatda sistolik arterial bosimni pasayishi kuzatilgan. Bu tadqiqotda turgan holatda arterial bosimni 85 mm sim. ust. dan pastga pasayish holatlari aniqlanmagan. Ikki patsiyent vardenafilni 5 mg dozada qabul qilganlaridan keyin bosh aylanishi to‘g‘risida xabar berishgan. Bir patsiyent 10 mg vardenafilni qabul qilganidan keyin bosh aylanishini qayd etgan va bir patsiyent platsebo qabul qilganidan keyin bosh aylanishi to‘g‘risida xabar bergan. Ushbu tadqiqotning natijalariga asoslanib, alfuzozin va vardenafilni qabul qilish orasida intervalga amal qilish talab etilmaydi. Bu tadqiqotda va tamsulozin yoki terazozinni qo‘llash bilan ilgariroq o‘tkazilgan tadqiqotlarda hushdan ketish holatlari bo‘lmagan. Levitra® preparati va alfa-blokatorlarni faqat alfa-blokatorlarni qabul qilish fonida arterial bosimning barqaror ko‘rsatkichlari bo‘lgandagina birga buyurish mumkin, bunda Levitra® preparati 5 mg ni tashkil qiladigan minimal tavsiya qilingan dozada buyurish lozim. Levitra® preparatini, alfa-adrenoblokatorlar bilan, tamsulozindan tashqari, aynan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas, tamsulozinni qabul qilinishi Levitra® preparatini qabul qilish vaqti bilan to‘g‘ri  kelishi mumkin. Vardenafil va boshqa alfa-adrenoblokatorlarni qabul qilish orasida vaqt intervaliga amal qilish lozim. Terazozin va Levitra® preparatini bir vaqtda buyurilganda, preparatlar orasidagi 6-soatli intervalga amal qilish lozim. 14 kundan ortiq vaqt davomida digoksinni (0,375 mg) va Levitra® preparatini (20 mg) bir vaqtda kunora qo‘llanilishi ularning o‘zaro ta’sirlarisiz kechadi. Maaloks® preparatini (antatsid: magniya gidroksid/alyuminiy gidroksidi) bir marta qabul qilish vardenafilni ECHOM va Smax ko‘rsatkichlariga ta’sir ko‘rsatmaydi. Shuningdek Levitra® preparatining (20 mg) biokiraolishligi xam, uni N2-retseptorlarining antagonistlari ranitidin (150 mg dan sutkada 2 marta) va tsimetidin (400 mg dan sutkada 2 marta) bilan birga qo‘llanganida buzilmaydi. Levitra® preparati (10 mg va 20 mg) monoterapiya sifatida va atsetilsalitsil kislotasi bilan kichik dozalarda (82 mg dan 2 tabletka) qo‘llanganida qon ketishning davomiyligiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Levitra® preparati (20 mg) alkogolning gipotenziv samarasini (0,5 g/kg tana vazniga) potentsiyalamaydi, vardenafilning farmakokinetikasi buzilmaydi. Atsetilsalitsil kislotasi, AAF ingibitorlari, beta-adrenoblokatorlar, diuretiklar va diabetga qarshi preparatlar (sulfonilmochevina va metformin preparatlari), SYR3A4 ning kuchsiz ingibitorlari vardenafilning farmakokinetikasiga ta’sir ko‘rsatmaydi.

Preparat ichga qabul qilinadi. Levitra® preparatini ovqat qabul qilishdan qat’iy nazar qabul qilish mumkin. Davolash samaradorligiga erishish uchun yetarli darajadagi seksual rag‘batlanish bo‘lishi kerak. Erektil disfunktsiyasini davolash uchun qo‘llanadigan preparatlarni buyurishdan oldin shifokor, yurak-qon tomir tizimining holatini baholashi kerak, chunki seksual faollik vaqtida yurak tomonidan asoratlar rivojlanishni xavfi bor. Vardenafil qon tomirlarni kengaytiruvchi xususiyatlarga ega bo‘lib, u AB biroz yoki o‘rtacha pasayishi bilan birga kechishi mumkin. Yurakning chap qorinchasidan qon oqib chiqish yo‘llarining obstruktsiyasi, masalan, aortal stenoz, idiopatik gipertrofik subaortal stenozi bo‘lgan patsiyentlar vazodilatatorni, shu jumladan FDE-5 ingibitorlarining ta’siriga sezuvchan bo‘lishi mumkin. Levitra® preparatini terapevtik dozalarda (10 mg) va yuqori terapevtik dozalarda (80 mg) ishlatilganida QT intervalini uzayishi qayd etilgan. Shu boisdan Levitra® preparatini QT intervalini tug‘ma uzayishi bo‘lgan patsiyentlarda va antiaritmik preparatlarning IA sinfi (xinidin, prokainamid) yoki III-sinfi (amiodaron, sotalol) preparatlarini qabul qilayotgan patsiyentlarda buyurish mumkin emas. Erektil disfunktsiyani boshqa davolash usullari bilan majmuada Levitra® preparatining xavfsizligi va samaradorligi o‘rganilmagan, shuning uchun ularni birga qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Levitra® preparatini va boshqa FDE-5 ingibitorlarini qabul qilish fonida ko‘rishni o‘tkinchi yo‘qotilishi va ko‘ruv nervini noarterit ishemik neyropatiyasi hollari qayd etilgan. Ko‘rishni to‘satdan yo‘qolishi yuz berganida Levitra® preparatini qabul qilishni to‘xtatish va davolovchi shifokor bilan darxol maslahatlashish kerak. Levitra® preparatini va alfa-adrenoblokator bilan qo‘shib davolash, tegishli klinik manzara bilan birga arterial gipotenziyani rivojlanishi bilan kechishi mumkin, chunki bu preparatlar qon tomirlarni kengaytiruvchi samaraga ega. Vardenafilni va alfa-blokatorlarni birga buyurish, alfa-adrenoblokatorlarni qabul qilish fonidagi arterial bosim ko‘rsatkichlari barqaror bo‘lganidagina mumkin bo‘lib, ayni paytda Levitra® preparatini 5 mg ni tashkil qiluvchi minimal tavsiya qilinadigan dozalarda buyurish kerak. Levitra® preparatini, alfa-adrenoblokatorlar bilan, tamsulozindan tashqari, aynan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas, tamsulozinni qabul qilinishi Levitra® preparatini qabul qilish vaqti bilan to‘g‘ri kelishi mumkin. Vardenafil va boshqa alfa-adrenoblokatorlarni qabul qilish orasida vaqt intervaliga amal qilish lozim. Vardenafilni tanlangan dozalarni qabul qilish hollarida alfa-adrenoblokatorlar bilan davolashni minimal dozadan boshlash lozim. FDE-5 ingibitorlari guruhi preparatlarni olayotgan bemorlarda alfa-adrenoblokatorlar dozasini asta-sekin oshirib borish, keyinchalik arterial bosimni pasayishiga olib kelishi mumkin. Levitra® preparatining dozasi uni eritromitsin, klaritromitsin, ketokonazol, itrokonazol bilan birga qo‘llanganda 5 mg dan oshmasligi kerak. Bunda ketokonazol, itrokonazolning dozasi 200 mg dan oshmasligi kerak. Idinavir va ritonavir bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas. Levitra® preparati qon ketishlariga moyilligi bo‘lgan patsiyentlarda va me’da yara kasalligini zo‘rayishi bo‘lgan bemorlarda qo‘llanmasligi tufayli, uni bunday hollarda faqat foyda-xavf nisbati sinchkov baholangandan keyingina buyurish mumkin. Levitra® preparati qon ketish davomiyligiga ta’sir qilmaydi, shuningdek u bu ko‘rsatkichga atsetilsalitsil kislotasi bilan birga qo‘llanganda xam ta’sir qilmaydi. Vardenafil turli preparatlar chaqirgan trombotsitlar agregatsiyasini kuchaytirmaydi. Vardenafil terapevtik kontsentratsiyadan yuqori kontsentratsiyalarda, azot oksidi donatori bo‘lgan natriy nitroprussidning antiagregant ta’sirini biroz kuchayishini chaqiradi. Kalamushlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda vardenafil va geparin birga buyurilganida qon ketish vaqtiga ta’siri aniqlanmagan, biroq ushbu majmuani odamda qo‘llanishi o‘rganilmagan. Klinika oldi tadqiqotlaridan olingan xavfsizlik bo‘yicha ma’lumotlar Levitra® preparatining toksik (shu jumladan reproduktiv toksiklik), genotoksik va kantserogen ta’siri aniqlanmagan. Homiladorlikda va emizish davrida qo‘llanishi Preparatni ayollarda, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda va bolalarda qo‘llash mumkin emas. Transport vositalarini va harakatlanuvchi mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Transport vositalari va harakatlanuvchi mexanizmlarni boshqarishdan oldin, patsiyentlar Levitra® preparatini qabul qilishga ularda qanday reaktsiya bo‘lishini bilishlari kerak. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Quruq joyda, 30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Sog‘lom ko‘ngillilarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda kuniga 120 mg ga yetgan bir martalik dozalarda vardenafilning sinovi o‘tkazilgan. Vardenafilning 80 mg gacha bo‘lgan bir martalik dozalari va 4 hafta davomida kuniga bir marta buyuriladigan vardenafilning 40 mg gacha bo‘lgan ko‘p martalik dozalari patsiyentlar tomonidan jiddiy nohush nojo‘ya reaktsiyalarsiz o‘zlashtirilgan. Biroq Vardenafilni 40 mg dozada sutkada ikki marta qo‘llanganida mushak va nerv tizimiga zaxarli ta’siri belgilarisiz bel sohasidagi yaqqol og‘riqlar kuzatilgan. Doza oshirib yuborilgan xollarda standart tutib turuvchi davolashni buyurish lozim. Vardenafil qon plazmasi oqsillari bilan yaxshi bog‘lanishi va preparatning faqat oz miqdorigina buyraklar orqali chiqarilishi tufayli, gemodializning samardorligining ehtimoli kam.

Retsept bo‘yicha

Qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 10 mg, 20 mg. 1 yoki 4 tabletkadan Al/PP blisterda; 1 blisterdan qo‘llash yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

3 yil.