Lamitor Artemisretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: lamotridjin – 100 mg yordamchi moddalar: mannitol, P.V.P.K, mikrokristall tsellyuloza, izopropil spirti, magniy stearati, talk, natriy kraxmal glikolyati, natriy kroskarmelloza, kiron T-314, kolloid kremniy oksidi, gidroksipropilmetiltsellyuloza, laktoza monogidrati, titan dioksidi, etiltsellyuloza, polietilenglikol 6000, dixlormetan.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

lamotridjin

Preparatning savdo nomi:

Lamitor-Artemis

Farmakalogik guruhi:

tirishishga qarshi vosita.

Dori shakli:

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq, ikki tomoni silliq, oqdan deyarli oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

tirishishga qarshi vosita.

N03AX09.

Lamotridjin ichga qabul qilingandan keyin me’da-ichak yo‘llaridan tez va to‘liq so‘riladi. Plazmadagi Smax ga taxminan 2,5 soatdan keyin erishiladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 55% ni tashkil qiladi. Asosiy metaboliti N-glyukuronid hosil bo‘lishi bilan jadal metabolizmga uchraydi. Kattalarda T1/2 o‘rtacha 29 soatni tashkil qiladi. Asosan metaboliti ko‘rinishida buyrak orqali chiqariladi; faol moddaning taxminan 8% o‘zgarmagan ko‘rinishda chiqariladi. T1/2 kattalarga nisbatan bolalarda pastroq.

Partsial va tarqalgan toniko-klonik tirishish xurujlarida (ko‘pincha tirishishga qarshi boshqa vositalar bilan davolashga rezistent holatlarda) qo‘llanadi.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar uchun ichga qabul qilganda boshlang‘ich bir martalik doza 25-50 mg, samarani bir maromda ushlab turuvchi doza sutkada 100-200 mg ni tashkil qiladi. Kam hollarda sutkada 500-700 mg dozalar talab etilishi mumkin. 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun boshlang‘ich doza sutkada 0,2-2 mg/kg, samarani bir maromda ushlab turuvchi doza sutkada 1-15 mg/kg ni tashkil qiladi. 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun minimal sutkalik doza qo‘llanilayotgan davolash sxemasiga qarab 200-400 mg ni tashkil qiladi. Qabul qilish tez-tezligi, qabul qilish orasidagi interval doza oshirilganda qo‘llanilayotgan davolash sxemasi, o‘tkazilayotgan davolashga patsiyentning reaktsiyasiga bog‘liq.

Teri tomonidan: teri toshmalari, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz. Qon yaratish tizimi tomonidan: neytropeniya, leykopeniya, anemiya, trombotsitopeniya, pantsitopeniya, aplastik anemiya, agranulotsitoz, limfadenopatiya. Immun tizimi tomonidan: o‘ta yuqori sezuvchanlik sindromi, shu jumladan isitma, limfadenopatiya, yuzni shishi, qon tomonidan va jigar funktsiyasini buzilishi, DVS-sindrom, ko‘p a’zolar tomonidan buzilishlar. Ruhiyat tomonidan: ta’sirchanlik, tajavuzkorlik, tiklar, gallyutsinatsiyalar, ongni chalkashishi. Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, uyqusizlik, bosh aylanishi, tremor, ataksiya, nistagm. Sezgi a’zolari tomonidan: diplopiya, ko‘rishni noaniqligi, kon’yunktivit. Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya. Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan: “jigar” fermentlari faolligini oshishi, jigar funktsiyasini buzilishi, jigar yetishmovchiligi. Mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan: yuguriksimon sindrom. Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, ajitatsiya, uyquchanlik, bosh aylanishi. Umumiy reaktsiyalar: og‘riq, belda og‘riq.

lamotridjin yoki preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik;2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Tirishishga qarshi vositalar – jigarda metabolizm induktorlari (shu jumladan fenitoin, karbamazepin, fenobarbital, primidon) bilan bir vaqtda qo‘llanilganda lamotridjinning metabolizmi tezlashadi. Lamotridjin va karbamazepin yoki fenitoinni bir vaqtda qo‘llaganda lamotrodjinning T1/2 kamayishi kuzatiladi. Lamotridjin bilan davolash boshlanganidan keyin karbamazepin qabul qilayotgan patsiyentlarda bosh aylanishi, ataksiya, diplopiya, ko‘rishni noaniqligi va ko‘ngil aynishi haqida xabarlar mavjud. Valtroat natriy ta’siri ostida jigarning mikrosomal fermentlarini ingibitsiyasi oqibatida, bir vaqtda qo‘llanilganda lamotridjinning metabolizmi sekinlashadi, lamotrodjinning T1/2 oshadi.

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Keksa yoshdagi patsiyentlarda lamotridjinni qo‘llash mumkin emas. Yaqqol teri allergik reaktsiyalari paydo bo‘lganda lamotridjinni qo‘llashni to‘xtatish kerak. Lamotridjinni to‘satdan bekor qilganda tutqanoq ko‘rinishlari kuchayishi mumkin, shuning uchun dozani 2 xafta davomida kamaytirib, davolashni asta-sekin bekor qilish kerak. Karbamazepin bilan bir vaqtda qo‘llanilganda bosh aylanishi, diplopiya, ataksiya, ko‘rishni buzilishi, ko‘ngil aynishi kuzatilishi mumkin. Bu ko‘rinishlar odatda karbamazepinning dozasi kamaytirilganda o‘tib ketadi. 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda lamotridjinni qo‘llash mumkin emas. Homiladorlik va laktatsiya davri Lamotridjinni homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llashning xavfsizligi yuzasidan klinik ma’lumotlar yetarli emas. Homiladorlikda qo‘llash zaruratini hal qilganda ona uchun davolashdan foyda va homila uchun potentsial xavfini solishtirish kerak. Dastlabki ma’lumotlar lamotridjin plazmadagi kontsentratsiyasining 40-45% ni tashkil qiluvchi kontsentratsiyalarda ko‘krak sutiga kirishini namoyish qilgan. Onalari lamotridjin qabul qilgan ko‘pgina emizikli bolalarda nojo‘ya ta’sirlar kuzatilmagan. Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Davolash davrida psixomotor reaktsiyalarning tezligini pasayishi kuzatiladi. Buni diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab etuvchi faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi shaxslarda e’tiborga olish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: nistagm, ataksiya, ongini chalkashishi,va koma. Davolash: gospitalizatsiya va klinik manzara yoki milliy toksikologik markaz tavsiyalariga muvofiq  tutib turuvchi davolashni o‘tkazish tavsiya etilagn.

Retsept bo‘yicha

10 tabletkadan alyumin folgali yoki alyumin folga va PVX plyonkali blisterda. 3, 10 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

3 yil.