Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Tarkibi:
faol moddalar: propolis nastoykasi, askorbin kislotasi.
yordamchi moddalar: limon kislotasi, kakao, kaltsiy stearini, qand.
Ta'sir etuvchi modda(XPN):
propolis nastoykasi, askorbin kislotasi.
Preparatning savdo nomi:
L.Angisept
Farmakalogik guruhi:
LOR-a’zolarining kasalliklarida davolash uchun vosita.
Dori shakli:
tabletkalar.
och jigarrang rangli marmarsimon dog‘lari bo‘lgan, o‘ziga xos nordon shirin ta’mli va hidli tabletkalar.
LOR-a’zolarining kasalliklarida davolash uchun vosita.
R02AA
Yuqori nafas yo‘llarining infektsion-virusli va yallig‘lanish xarakterli kasalliklarini (o‘tkir respirator virusli infektsiyalar; laringit, faringit), og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining kasalliklarini (paradontopatiya), organizmning qarshiligini pasayishi hollarini oldini olish va davolashda qo‘llanadi.
Til ostiga (og‘izda to‘liq eriguncha) 1 tabletkadan kuniga 4-10 marta buyuriladi.
Davolash davomiyligi 5-15 kun tashkil qiladi.
Zarurati bo‘lganida bir oydan keyin davolash kursi takrorlanadi.
Allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Preparat komponentlarini shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik, qandli diabetda щllash mumkin emas.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanmasin.