Kukuruz stolbiki s rltsami rasmini ko'rish

Tarkibi:

sitosterol, stigmasterol, yog‘li moylar, efir moylari, saponinlar, achchiq glikozidli modda, S, K vitaminlari, kamedga o‘xshash va boshqa moddalarni saqlaydi.

Preparatning savdo nomi:

Kukuruz stolbiki s rltsami

Farmakalogik guruhi:

Safro xaydovchi vositalar.

Dori shakli:

Dorivor o‘simlik xom ashyosi

Safro xaydovchi vositalar.

Preparat xoletsistitlarda, xolangitlarda, safroni ajralib chiqarilishini sekinlashtirishda, gepatitlarda, safro xaydovchi va siydik xaydovchi vositasi sifatida, shuningdek K vitamini preparatlari bilan bir qatorda qonni to‘xtatuvchi vosita sifatida (asosan gipoprotrombinemiyada) qo‘llanadi.

Ichga, qaynatma ko‘rinishida ichish uchun qo‘llaniladi. Qaynatmani tayyorlash uchun 10 g maydalangan makkajo‘xori gullarining ustunchasi va og‘izchasi yoki xom ashyosi bo‘lgan 10 ta filtr-paket 1/2 stakan (300 ml) stakan sovuq suv quyiladi va 30 minut uncha baland bo‘lmagan olovda, qopqog‘i yopilgan sirlangan idishda qaynatiladi, sovutiladi va dokadan o‘tkazilib, qolgan xom ashyo siqiladi (filtr-paketlar olinadi va dokasiz siqiladi). Tayyorlangan qaynatmani salqin joyda 2 sutkagacha saqlash mumkin. Xar 3-4 soatda 1-3 qoshiqdan qabul qilinadi.

Aniqlanmagan.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Retseptsiz

Qutilar va paketlar; qutilarga joylashtirilgan paketlarda 25 g, 30 g, 40 g, 50 g, 100 g dan qutilarda №20 yoki 25 ta 1 g li filtr paketlar.