Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Preparatning savdo nomi:
Kukumazim® 350 PB
Farmakalogik guruhi:
Fermentlar.
Fermentlar.
Yuqori sezuvchanlikda qichishishni paydo bo‘lishi, tana haroratini oshishi, teri toshmalari bo‘lishi mumkin.
Preparatni vena ichiga va mushak ichiga qo‘llash mumkin emas.
To‘qimalardagi yiringsiz o‘tkir va nimo‘tkir yallig‘lanish jarayonlari; yo‘ldosh infektsion kasalliklar; tez avj oluvchi nevrologik buzilishlar, bosh miya o‘smalari, amavroz, disk churrasining sekvestratsiyasi va sekvestrni foromenal joylashishi, preparatga yuqori sezuvchanlik, 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar, homiladorlik.
Preparat qo‘llanganida boshqa preparatlar bilan dorilarning salbiy o‘zaro ta’siri aniqlanmagan.
Metallar bilan kontakda preparat tez faolsizlanadi, shuning uchun eritmani shprits ignasiga bilan uzoq tegib turishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
Tayyorlangan eritmalar faolligini 1-3 soat davomida saqlaydi.
Preparat 550S dan yuqori haroratda to‘liq faolsizlanadi.
Allergik reaktsiyalar paydo bo‘lganida allergiyaga qarshi davolash o‘tkaziladi (klemastin yoki boshqa antigistamin vositalar qo‘llanadi), keyingi yuborishlarda preparat eritmasiga 2% kaltsiy xloridi eritmasini qo‘shish mumkin.
Preparatni inaktivatori – EDTA dir.
Preparat so‘rilmaydi va laktatsiyada tizimli ta’sir ko‘rsatmaydi.
Kukumazim® 350 PB transport vositalarini yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi.
Preparatni bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 10ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Dozani oshirib yuborilishining ehtimoli minimal, chunki preparat faqat sirtga qo‘llanadi.
Retsept bo‘yicha
350 PB proteolitik faollikka ega liofillangan kukun, flakonlarda yoki ampulalarda.