Ksobiksretsept bilan

Tarkibi:

Bir 7,5 mg Ksobiks tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: meloksikam – 7,5 mg; yordamchi moddalar: laktoza, Avitsel RN 102 (mikrokristallik tsellyuloza), magniy stearati, kraxmal natriy glikolyati, Povidon K-30, Aerosil 200 (kolloid kremniy dioksidi), tozalangan suv. Bir 15 mg Ksobiks tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 15 mg meloksikam; yordamchi moddalar: laktoza, Avitsel RN 102 (mikrokristall tsellyuloza), magniy stearati, kraxmal natriy glikolyati, Povidon K-30, Aerosil 200 (kolloid kremniy dioksidi), FD va sariq № 6 bo‘yovchisi, tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

meloksikam

Preparatning savdo nomi:

Ksobiks

Farmakalogik guruhi:

nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar.

Dori shakli:

tabletkalar

Ksobiks 7,5 mg – dumaloq, och-sariq rangli, bir tomonida “XX” gravirovkali va boshqa tomonida bo‘luvchi riskasi bo‘lgan tabletkalar. Ksobiks 15 mg – dumaloq, och-to‘q sariq rangli, bir tomonida “XO” gravirovkali va boshqa tomonida bo‘luvchi riskasi bo‘lgan tabletkalar.

nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar.

M01AS06

Ichga 30 mg doza qabul qilinganidan keyin meloksikamning bioto‘planishi 89% ni tashkil qiladi. Ichga bir necha marta qo‘llash farmakokinetik ko‘rsatkichlarni 7,5 dan 15 mg gacha dozalarga proportsional o‘zgartiradi. O‘rtacha Smax ga meloksikamning 7,5 mg li tabletkasi qabul qilinganidan keyin 4-5 soat o‘tgach erishiladi, bu preparatning so‘rilishini uzaytirilishini ko‘rsatadi. Ko‘p sonli dozalashda turg‘un holatga 5-kuni erishiladi. Meloksikamning ikkinchi cho‘qqi kontsentratsiyasiga 12-14 soatdan keyin erishiladi.

osteoartroz,osteoartrit,bo‘g‘imlarning degenerativ kasalliklari,revmatik artrit,ankilozlovchi spondilit (Bexterev kasalligi),posttravmatik og‘riqlar,algodismenoreyada qo‘llanadi.

Preparat ichga revmatoid artrit va ankilozlovchi spondilitda sutkada 15 mg dan buyuriladi, ijobiy terapevtik samaraga erishilganida dozani sutkada 7,5 mg gacha kamaytirish mumkin. Osteoartrozda sutkalik doza 7,5 mg, zarurati bo‘lganida u sutkada 15 mg gacha oshiriladi. Maksimal sutkalik doza – 15 mg. Nojo‘ya samaralarining paydo bo‘lishini xavfi yuqori bo‘lgan shaxslarda davolashni sutkada 7,5 mg dozadan boshlash kerak. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan yoki gemodializda bo‘lgan patsiyentlarda preparat 7,5 mg sutkalik dozada buyuriladi. O‘rtacha ifodalangan buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda (kreatinin klirensi  minutiga 25 ml dan ko‘proq) dozani kamaytirish talab qilinmaydi. Tabletkalarni ovqat qabul qilishdan qat’iy nazar qo‘llash mumkin.

Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: dispepsiya, ko‘ngil aynishi, qusish, qorin og‘rig‘i, ezofagit, gastroduodenal yaralar, qabziyat yoki diareya, meteorizm. Nerv tizimi va sezgi a’zolari tomonidan: bosh aylanishi, quloqlarni shang‘illashi, uyquchanlik. Boshqalar: shishlar, AB oshishi, yurak urishi, qon zardobida kreatinin va/yoki mochevinani oshishi, anemiya, leykopeniya, trombotsitopeniya, fotosensibilizatsiya, allergik reaktsiyalar (toshma, qichishish, bronxospazm, eshakemi).

Meloksikamga o‘ta yuqori sezuvchanlik (shu jumladan boshqa NYAQV), zo‘rayish bosqichidagi me’daning yara kasalligi, og‘ir jigar yoki terminal buyrak yetishmovchiligi, homiladorlik, emizish, o‘smirlarda (18 yoshgacha) qo‘llash mumkin emas. Dorilarning o‘zaro ta’siri Bilvosita antikoagulyantlar, tiklopidin, geparin, trombolitlar fonida qon ketishning rivojlanishini xavfi oshadi. Litiyni qon plazmasidagi kontsentratsiyasini oshiradi. Metotreksat (tsitopeniya), tsiklosporinni (nefrotoksik) toksikligini kuchaytiradi. Antigipertenziv preparatlarning samaradorligini pasaytiradi.

Ksobiks kortikosteroidlarning o‘rnini almashtiraolmaydi yoki ularni yetishmovchiligini tiklayolmaydi. Ksobiksni ahamiyatli suvsizlangan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan ishlatilishi kerak. Bunday patsiyentlarda dastlab regidratatsion davolashni, keyin esa Ksobiks bilan davolashni o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. NYAQV, shu jumladan meloksikam qabul qilayotgan patsiyentlarda jigar sinamalarining ko‘rsatkichlari 15% ga oshishi mumkin. Meloksikam antikoagulyantlar bilan yondosh buyurilganida trombotsitlar faoliyatining buzilishlarini oldini olish uchun patsiyentlarni monitoring qilish kerak.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: nojo‘ya samaralarning kuchayishi. Davolash: me’dani yuvish va simptomatik davolash, chiqarilishni tezlashtirish uchun xolestiraminni yuborish.

Shifokor retsepti bo‘yicha

7,5 mg va 15 mg li 10 tabletkadan bir alyuminiy blisterda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

2 yil