Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Tarkibi:
1 ampula yoki flakon quyidagilarni saqlaydi:
Ta'sir etuvchi modda(XPN):
kokarboksilaza gidroxloridi
Preparatning savdo nomi:
Kokarboksilaz gidroxlorid
Farmakalogik guruhi:
metabolik jarayonlarni to‘g‘rilovchi vosita.
Dori shakli:
inyektsion eritma tayyorlash uchun liofilizat.
oq rangli, biroz o‘ziga xos hidli, gigroskopik, g‘ovak massa.
metabolik jarayonlarni to‘g‘rilovchi vosita.
A11DA.
Organizmda to‘planmaydi.
Siydik bilan chiqariladi.
Kelib chiqishi diabetik bo‘lgan atsidoz; jigar va diabetik koma, prekomatoz holatlar; jigar va buyrak yetishmovchiligi; o‘pka-yurak yetishmovchiligidagi nafas atsidozi, qon aylanishining surunkali yetishmovchiligi, ekstrosistoliya, paroksizmal taxikardiya, xilpillovchi aritmiya va ritmning boshqa buzilishlari bilan kechuvchi yurak kasalliklari, tarqoq sklerozning yengil shakllari, preeklampsik holatlar va eklampsiya, periferik nevritlar, uglevodlar almashinuvini yaxshilashni talab qiluvchi turli patologik jarayonlar.
Immun tizimi tomonidan: allergik reaktsiyalar, shu jumladan yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari bo‘lishi mumkin.
Simptomlari qichishishdan, teri toshmasidan, eshakemidan to anafilaktik shokkacha bo‘lishi mumkin; vena ichiga yuborilganda – inyektsiya joyida giperemiya, qichishish, shish bo‘lishi mumkin.
Kokarboksilazaga yuqori sezuvchanlik.
Kokarboksilaza yurak glikozidlarining kardiotonik ta’sirini kuchaytiradi va ularning o‘zlashtirilishini yaxshilaydi.
Majmuaviy davolashni o‘tkazishda kokarboksilazani yurak glikozidlarining kardiotonik ta’sirini kuchaytirish xususiyatini hisobga olish lozim.
Xilpillovchi aritmiyada preparatni vena ichiga yuborish mumkin emas.
Kokarboksilaza gidroxloridini homiladorlarni davolash uchun yoki emizish davrida qo‘llashning samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan, shuning uchun preparatni bu davrda buyurish tavsiya qilinmaydi.
Yorug‘lik ta’siri himoyalash uchun original o‘ramida, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Nojo‘ya reaktsiyalari yaqqolroq shaklda ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Preparatni qo‘llashni to‘xtatish, nafasni va yurak-tomir tizimining faoliyatini me’yorlashtirishga qaratilgan simptomatik davolash tavsiya qilinadi.
Retsept bo‘yicha
50 mg dan preparat ampulalarda.
2 ml dan erituvchi ampulalarda.
5 yoki 10 preparatli ampuladan qutida, yoki 5 yoki 10 preparatli ampulalar va 5 yoki 10 erituvchili ampulalar qutida.