Klotrimazol Akri rasmini ko'rish

Tarkibi:

100 g surtma quyidagilarni saqlaydi: faol modda: klotrimazol 100% moddaga qayta hisoblanganda – 1 g; yordamchi moddalar: propilenglikol – 12,5 g, metilparagidroksibenzoat (nipagin) – 0,2 g, qahrabo kislotasi – 0,5 g, natriy benzoati – 6 g, emulsion mum – 3 g, kanakunjut moyi – 14 g, metiltsellyuloza – 3 g, distillangan monoglitseridlar – 1,5 g, tozalangan suv – 100 g gacha.

Preparatning savdo nomi:

Klotrimazol-Akri

Farmakalogik guruhi:

zamburug‘larga qarshi vosita.

Dori shakli:

sirtga qo‘llash uchun surtma

oq yoki deyarli oq rangli, kuchsiz o‘ziga xos hidli surtma.

zamburug‘larga qarshi vosita.

D01AC01

Klotrimazol teri va shilliq qavatlar orqali yomon so‘riladi va deyarli tizimli ta’sir ko‘rsatmaydi. Epidermisning shox qavatida to‘planadi, tirnoqlarning keratiniga kiradi. Epidermisning chuqur qavatlaridagi kontsentratsiyasi dermatofitlar uchun minimal bostiruvchi kontsentratsiyasidan yuqoriroq.

terining, shu jumladan teri burmalari va oyoq panjasining dermatofitlar, achitqisimon (Candida spp.), mog‘or va boshqa zamburug‘lar va klotrimazolga sezgir bo‘lgan qo‘zg‘atuvchilar chaqirgan kasalliklari: dermatomikoz, dermatofitiya, trixofitiya, epidermofitiya, mikrosporiya, kandidomikoz, barmoqlar orasining zamburug‘li eroziyasi, zamburug‘li paronixiya;ikkilamchi piodermiyalar bilan asoratlangan mikozlar, majmuaviy davolash tarkibida;kepaksimon temiratki, rang-barang temiratki, eritrazmada qo‘llanadi.

Sirtga. Kattalarga boshqa tavsiyalar bo‘lmasa, surtmani bir kunda 2-3 marta oldindan tozalangan va terining quruq jarohatlangan sohalariga yupqa qilib surtish tavsiya qilinadi. Kaft o‘lchamiga teng yuzasi maydoniga bir martalik doza – 5 mm uzunlikdagi surtmaning ustunchasi. Muvaffaqiyatli davolash uchun surtmani muntazam qo‘llash lozim. Davolashning davomiyligi shaxsiy ravishda belgilanadi va kasallikning og‘irligi va joylashishiga bog‘liq. To‘liq sog‘ayishga erishish uchun surtma bilan davolashni yallig‘lanishning o‘tkir simptomlarini yo‘qolishi yoki subyektiv shikoyatlarni kamayishi bilan darrov to‘xtatish tavsiya etilmaydi. Davolashning davomiyligi o‘rtacha taxminan 4 haftani tashkil qilishi lozim. Kepaksimon temiratki asosan 1-3 hafta davomida, eritrazma esa 2-4 hafta davomida tuzaladi. Oyoq terisidagi zamburug‘li kasalliklarida davolashni kasallik simptomlari bartaraf qilingandan keyin taxminan 2 hafta davom ettirish tavsiya qilinadi. Bolalarda 2 yoshdan boshlab preparat yuqorida ko‘rsatilgan dozalarda qo‘llanadi.

Mahalliy reaktsiyalar: achishish, shish, terini ta’sirlanishi va qipiqlanishi, paresteziyalar, eritematoz toshmalar, qavariqlarni paydo bo‘lishi. Allergik reaktsiyalar: qichishish, eshakemi.

Klotrimazolga yoki yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik, homiladorlik (I uch oyligi), 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Amfoteritsin V, nistatin, natamitsin bir vaqtda qo‘llanganida klotrimazolning samaradorligini pasaytiradi.

Ko‘zning shilliq qavatiga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda jigarning funktsional holatini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish kerak. O‘ta yuqori sezuvchanlik yoki ta’sirlanishning belgilari paydo bo‘lganida davolash to‘xtatiladi. 4 hafta davomida samara bo‘lmasa tashhisni tasdiqlash kerak. Bolalarda katta yuzalarga surtishdan saqlanish kerak. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan, 15oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Sirtga qo‘llanganida preparatning faol komponentini past tizimli so‘rilishi deyarli dozani oshirib yuborilishini yo‘qqa chiqaradi.

Retseptsiz

Sirtga qo‘llash uchun surtma 1%. 20 g dan alyumin tubalarda. Har bir tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

2 yil.