Nojo‘ya samaralari paydo bo‘lish tez-tezligi bo‘yicha quyidagi toifalarga tasniflanadi: tez-tez (>1/100 va <1/10), ba’zida (>1/1000 va <1/100), kam hollarda (>1/10000 va <1/1000); juda kam hollarda (<1/10000).
Nerv tizimi tomonidan: tez-tez hollarda – bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, paresteziyalar, bosh miya ichki qon quyilishlari (ayrim hollarda o‘lim bilan yakunlanuvchi); juda kam hollarda – gallyutsinatsiyalar, ongni chalkashishi, ta’m sezishni o‘zgarishi.
Ko‘rish a’zosi tomonidan: ba’zi hollarda – qon ketishlar (kon’yunktival, okulyar, retinal).
Eshitish a’zosi tomonidan: kam hollarda – bosh aylanishi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez hollarda – gematoma; juda kam hollarda– og‘ir qon quyilishlari, operatsiya jarohatidan qon ketishi, vaskulit, arterial gipotenziya.
Nafas tizimi tomonidan: tez-tez hollarda – burundan qon ketishi; juda kam hollarda – qon tuflash, o‘pkadan qon ketishi, bronxospazm, interstitsial pnevmonit.
Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: tez-tez hollarda – me’da-ichakdan qon ketishlar, diareya, abdominal og‘riq, dispepsiya; ba’zida – me’da va o‘n ikki barmoq ichak yarasi, gastrit, qusish, ko‘ngil aynishi, qabziyat, meteorizm; kam hollarda – retroparatoneal qon quyilishlar; juda kam hollarda – o‘lim bilan yakunlanuvchi me’da-ichakdan va retroperitoneal qon ketishlar, pankreatit, kolit (yarali va limfotsitar), stomatit.
Gepatobiliar tizimi tomonidan: juda kam hollarda – o‘tkir jigar yetishmovchiligi, gepatit, jigar faoliyati ko‘rsatkichlarining anomal natijalari.
Teri va suyak-mushak tizimi tomonidan: tez-tez hollarda – teri ostiga qon quyilishlar; ba’zida – toshma, qichishish, teri ichiga qon quyilishlari (purpura); juda kam hollarda – bullyoz dermatit (toksik epidermal nekroz, Stivens-Djonson sindromi, ko‘p shaklli eritema), angionevrotik shish, eritematoz toshma, eshakemi, ekzema, yassi temiratki, suyak-mushak qon quyilishlari, artrit, artralgiya, mialgiya.
Qon va limfatik tizimi tomonidan: ba’zi hollarda – trombotsitopeniya, leykopeniya, eozinofiliya; kam hollarda – neytropeniya, shu jumladan og‘ir neytropeniya; juda kam hollarda – trombotik trombotsitopenik purpura, aplastik anemiya, pantsitopeniya, agranulotsitoz, og‘ir trombotsitopeniya, granulotsitopeniya, anemiya.
Immun tizimi: juda kam hollarda – zardob kasalligi, anafilaktoid reaktsiyalar.
Siydik-jinsiy tizimi tomonidan: ba’zida – gematuriya; juda kam – glomerulonefrit, qonda kreatinin darajasini oshishi.
Umumiy buzilishlar va mahalliy reaktsiyalar: juda kam – isitma.
Laborator ko‘rsatkichlar: ba’zida – qon ketishi vaqtini uzayishi, neytrofillar va trombotsitlar sonini kamayishi.