Preparat oldini olish maqsadlarida buyurilganida qon oquvchanligini oshishiga tendentsiya kuzatilmagan.
Preparat davolash maqsadlarida buyurilganida keksa yoshli patsiyentlarda (ayniqsa 80 yoshdan oshganlar) qon ketishlarini rivojlanish xavfi bor.
Patsiyentning holatini sinchiklab kuzatish tavsiya qilinadi.
Gemostazni buzish qobiliyatiga ega preparatlarni (salitsilatlar, atsetilsalitsil kislotasi, nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar, shu jumladan ketorolak; molekulyar massasi 40 kDa bo‘lgan dekstran, tiklopidin, klopidogrel; glyukokortikosteroid preparatlar, trombolitiklar, antikoagulyantlar, antiagregantlar, shu jumladan IIb/IIIa glyukoprotein retseptorlarining antagonistlari) qo‘llash, ularni qo‘llash qat’iy ko‘rsatilgan holatlardan tashqari hollarda enoksapain natriy bilan davolashni boshlashdan oldin to‘xtatilishi tavsiya qilinadi.
Agarda enoksaparin natriyni bu preparatlar bilan majmuada qo‘llash ko‘rsatilgan bo‘lsa, unda tegishli laborator ko‘rsatkichlarni sinchkov klinik kuzatuvi va monitoringini o‘tkazish kerak.
Buyraklar faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda anti-Xa faollikni oshishi natijasida qon ketishini rivojlanishini xavfi bor.
Bu oshish buyraklar faoliyatini og‘ir buzilishlari (kreatinin klirensi 30 ml/min dan kam) bo‘lgan patsiyentlarda ahamiyatli kuchayishi tufayli, preparat oldini olish uchun ham, davolash uchun ham buyurilganida dozani to‘g‘rilashni o‘tkazish tavsiya qilinadi.
Garchi buyraklar faoliyatini yengil va o‘rtacha buzilishi (kreatinin klirensi 30-50 ml/min yoki 50-80 ml/min) bo‘lgan patsiyentlarda dozani to‘g‘rilash talab qilinmasada, bunday patsiyentlarning holatini sinchkov nazoratini o‘tkazish tavsiya qilinadi.
Enoksaparin natriyning anti-Xa faolligini, uni tana vazni 45 kg dan kam ayollarga va tana vazni 57 kg dan kam erkaklarga oldini olish maqsadida buyurilishida oshishi, qon ketishlarini rivojlanish xavfini oshishiga olib kelishi mumkin.
Geparin chaqirgan autoimun trombotsitopeniyaning xavfi, quyimolekulyar geparinlar ishlatilganida ham mavjuddir.
Agarda trombotsitopeniya rivojlansa, unda u odatda enoksaparin natriy bilan davolash boshlanganidan keyin 5- va 21-chi kunlar orasida aniqlanadi.
Shuning uchun preparat bilan davolashni boshlashdan oldin va uni qo‘llash vaqtida trombotsitlar sonini muntazam nazorat qilish tavsiya qilinadi.
Trombotsitlarning sonini tasdiqlangan ahamiyatli pasayishida (dastlabki ko‘rsatkichga nisbatan 30-50% ga) enoksaparin natriyni darhol bekor qilish va bemorni boshqa davolashga o‘tkazish kerak.
Spinal/epidural anesteziya Boshqa antikoagulyantlar qo‘llanganida bo‘lgani kabi, Kleksan spinal/epidural anesteziyaning fonida ishlatilganida barqaror yoki qaytmas falajni rivojlanishi bilan, neyroaksial gematomalarni paydo bo‘lish hollari ta’riflangan.
Bu ko‘rinishlarni paydo bo‘lish xavfi preparat 40 mg yoki pastroq dozada qo‘llanganida pasayadi.
Xavf, preparatning dozasi oshirilganida, shuningdek operatsiyadan keyin kateterlar ishlatilganida yoki gemostazga xuddi shunday ta’sir ko‘rsatuvchi nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar kabi qo‘shimcha preparatlar yo‘ldash ishlatilganida oshadi (“Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri” ga qarang).
Xavf shuningdek jarohatli o‘tkazilgan yoki takroriy orqa-miya punktsiyada ham oshadi.
Epidural yoki spinal anesteziyada orqa miya kanalidan qon ketishi xavfini pasaytirish uchun preparatning farmakologik profilini hisobga olish lozim (“Farmakologik xususiyatlari”ga qarang).
Kateterni o‘rnatish yoki olib tashlashni enoksaparin natriyning past antikoagulyant samarasida o‘tkazgan afzal.
Kateterni o‘rnatish yoki olib tashlash, chuqur venalarning trombozini oldini olish uchun, Kleksanning oldini olish dozalari qo‘llanganidan keyin 10-12 soat o‘tgach o‘tkaziladi.
Patsiyentlar enoksaparin natriyning yuqori dozalarini (1 mg/kg sutkada 2 marta yoki 1,5 mg/kg sutkada 1 marta) olayotgan hollarda, ushbu muolajalarni uzoqroq vaqt oralig‘iga (24 soat) kechiktirish kerak.
Preparatni keyingi yuborishlari kateter olib tashlanganidan keyin kechi bilan 2 soatdan keyin amalga oshirilishi kerak.
Agarda shifokor epidural/spinal anesteziyani o‘tkazish vaqtida antikoagulyant davolashni buyursa, orqa og‘riqlari, sensor va motor funktsiyalarini buzilishi (oyoqlarda jimirlash yoki holsizlik), ichak va/yoki qovuqning faoliyatini buzilishi kabi har qanday nevrologik simptomlarni aniqlash uchun, patsiyentni o‘ta sinchkovlik bilan muntazam kuzatish kerak.
Patsiyentga yuqorida ta’riflangan simptomlar paydo bo‘lganida shifokorni darhol xabardor qilish kerakligi to‘g‘risida yo‘l-yo‘riq berish kerak.
Orqa miya gematomasi uchun xos bo‘lgan simptomlar aniqlanganida, zarurati bo‘lganida orqa miya dekompressiyasini o‘z ichiga oluvchi shoshilinch diagnostika va davolash zarur.
Geparin-induktsiyalangan trombotsitopeniya Anamnezida geparin chaqirgan, tromboz bilan yoki usiz trombotsitopeniya to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lgan bemorlarga Kleksanni maxsus ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Geparin chaqirgan trombotsitopeniyaning xavfi bir necha yillar davomida saqlanishi mumkin.
Agarda anamnez jihatidan, geparin chaqirgan trombopeniyani borligi taxmin qilinsa, unda in vitro sharoitida trombotsitlar agregatsiyasining testlari, uni rivojlanish xavfini bashorat qilishda cheklangan ahamiyatga ega.
Bunday hollarda Kleksanni buyurish to‘g‘risidagi qarorni faqat tegishli mutaxassis bilan maslahatlashgandan keyingina qabul qilish mumkin.
Teri orqali koronar angioplastikasi Nostabil stenokardiya va Q tishisiz miokard infarktini davolashda invaziv tomir muolajasi bilan bog‘liq qon ketishi xavfini kamaytirish maqsadida, son arteriyasining introdyuserini Kleksan teri ostiga yuborilganidan keyin 6-8 soat davomida olib tashlash mumkin emas.
Keyingi hisoblangan dozani, son arteriyasining introdyuseri olib tashlanganidan keyin kechi bilan 6-8 soatdan keyin yuborish kerak.
Qon ketishi va gematomalarni hosil bo‘lishi belgilarini o‘z vaqtida aniqlash uchun invaziya joyini kuzatish kerak.
Yurakning sun’iy klapanlari Yurakning sun’iy klapanlari bo‘lgan patsiyentlarda tromboembolik asoratlarni oldini olishda, Kleksanning samaradorligi va xavfsizligini ishonchli baholashga imkon beruvchi tekshirishlar o‘tkazilmagan.
Preparatni bu maqsadlarda qo‘llash uchun tavsiya qilib bo‘lmaydi (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang).
Laboratoriya testlari Tromboembolik asoratlarni oldini olish uchun ishlatiladigan dozalarda Kleksan qon ketish vaqtiga va umumiy koagulyatsion ko‘rsatkichlarga, shuningdek trombotsitlar agregatsiyasiga yoki ularni fibrinogen bilan bog‘lanishiga jiddiy ta’sir qilmaydi.
Doza oshirilganida ACHTV va qon ivish vaqti uzayishi mumkin.
ACHTV va qon ivish vaqtini oshishi preparatning antitrombolitik faolligini oshishi bilan to‘g‘ri chiziqli bog‘liqlikda bo‘ladi, shuning uchun ularning monitoringini zarurati yo‘q.
O‘tkir terapevtik kasalliklari bo‘lgan, yotoq tartibidagi bemorlarda venoz trombozlar va emboliyalarni oldini olish O‘tkir infektsiya, o‘tkir revmatik holatlar rivolangan hollarda, enoksaparinni profilaktik buyurilishi, faqat agarda yuqorida sanab o‘tilgan holatlar venoz tromb hosil bo‘lishini quyida sanab o‘tilgan xavf omillaridan biri qo‘shilib kelgandagina oqlangan: 75 yoshdan kattalarxavfli o‘smalaranamnezdagi trombozlar va emboliyalargormonal davolashyurak yetishmovchiligisurunkali nafas yetishmovchiligi Jarrohlik aralashuvlarida, ayniqsa ortopedik va umumjarrohlik operatsiyalarida venoz trombozlar va emboliyalarni oldini olish Tromboz va emboliyalarning rivojlanishini o‘rtacha xavfi (umumjarrohlik operatsiyalari) bo‘lgan bemorlarga Kleksanning tavsiya qilingan dozasi teri ostiga sutkada bir marta 20-40 mg ni tashkil qiladi.
Birinchi inyektsiya jarrohlik aralashuvidan 2 soat oldin o‘tkaziladi.
Tromboz va emboliyalarni rivojlanishini yuqori xavfi (ortopedik operatsiyalar) bo‘lgan bemorlarga preparat teri ostiga sutkada bir marta 40 mg dozada tavsiya qilinadi, birinchi doza jarrohlik aralashuvidan 12 soat oldin yoki operatsiyadan keyin 12-24 soat o‘tgach yuborishni boshlash bilan 30 mg dan sutkada ikki marta yuboriladi.
Kleksan bilan davolashning davomiyligi 7-10 kunni tashkil qiladi.
Zarurati bo‘lganida davolashni tromboz va emboliyani rivojlanish xavfi saqlanib turguncha davom ettirish mumkin (masalan, ortopediyada Kleksan 40 mg dozada sutkada bir marta 5 hafta davomida buyuriladi).
Kleksanni spinal/epidural anesteziyada, shuningdek koronar revaskulyarizatsiya muolajalarida buyurishning o‘ziga xos xususiyatlari “Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limida ta’riflangan.
O‘tkir terapevtik kasalliklar oqibatida yotoq tartibida bo‘lgan bemorlarda venoz tromboz va emboliyalarni oldini olish